Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASB TANLASH JARAYONIDA OILA TA’SIRINING MAKTAB O‘QUVCHILARI MISOLIDA IJTIMOIY VA PSIXOLOGIK JIHATDAN TAHLIL ETILISHI
YusupovaSharofat Xayrullayevna
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada kasb tanlash jarayonida oila omilining maktab o‘quvchilari hayotiga ta’siri ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Tadqiqotda oila muhiti, ota- onalarning kasbga yo‘naltirishdagi roli, bolalarning kasbiy qiziqish va moyilliklariga ta’sir etuvchi asosiy omillar yoritilgan. Shuningdek, kasb tanlashdagi psixologik jarayonlar, oilaviy qadriyatlar va ota-onalarning kasbiy ideal tasavvurlari o‘quvchilarning kasb tanlash qarorlariga qanday ta’sir qilishi o‘rganilgan. Maqola maktab o‘quvchilari misolida amaliy kuzatuvlar va tahlillarga tayangan holda yozilgan bo‘lib, yoshlarning kasbga yo‘naltirilishida oilaning ahamiyatinichuqurroq anglashgayordam beradi. Kalit so’zlar: Kasb tanlash, oila ta’siri, maktab o‘quvchilari, ijtimoiy tahlil, psixologik jarayonlar, otaonaroli, kasbiy qiziqish, oilaviy qadriyatlar, kasbiy yo‘naltirish Juda ko’p kasblar ichida qaysi birini tanlash, unga shaxs moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish shaxs istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa o'quvchi-yoshlarni kasbga yo'naltirish umumta'lim maktabi ishining tarkibiy qismidir. Ma'lumki, agar kasb to'g'ri tanlangan bo'lsa,inson uchun mehnat quvonch,ijodiy ilhom manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham,jamiyat uchun ham foydalidir. Shu o'rinda psixologlarimiz ta'kidlaganidek,insonning o'zi xohlagan erkin tanlashi nihoyatda katta ahamiyatga ega. Inson sevgan ishi bilan shug'ullansa, u bu ishdan xursand bo'lishi, qanoat hosil qilishi, ko'p tashabbus ko'rsatishi, charg’amay g'ayrat bilan ishlashi mumkin. Yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb- hunarini o'z qobiliyatlariga yarasha to'g'ri tanlashlariga erishish uchun maktab o'qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik qobiliyatlar yuksak bo'lishi, fan asoslarini turmush bilan bog'lab o'rganilishi, to'garak va qo'shimcha, yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, maktablarda kasb- hunar to'g'risida ma'ruzalar o'qilishi, suhbatlar, munozaralar o'qilishi, sayohatlar, uchrashuvlar, kasb- hunar fotoko'rgazmalari tashkil qilishlari zarur. Kasbga nisbatan qiziqishni vujudga keltirish o'qituvchining pedagogikfaoliyati bilan bevosita bog'liqdir. Mehnat ta'limini turmush bilan bog'lash, uyg'unlashtirish, o'quvchilarning individual- tipologik, yosh davrlari xususiyatlari, texnik qobiliyatlari, intellektual darajalari va imkoniyatlarini hisobga olish ijobiy samara beradi. Chunki har bir kasb- hunar shaxsdan irodaviy zo'r berishni , aqliy jiddiylikni va sinovlarga bardosh bera oladigan yig'it- qizlarnigina mazkur tanlangan kasbga nisbatan yaroqli deb topiladi. O'quvchini u yoki bu kasbga maqsadli yo'naltirishdan avval uning shaxsini o'rganish lozim. Buning uchun uni kuzatish o'quvchining maktabdagi, jamoat joylaridagi, oila va mehnatdagi amaliy harakatlarini tahlil qilish, so'rovnoma o'tkazish, suhbat, test, olish mumkin. Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muhtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o'quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, 891 imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatlariga qarab, hamda u yoki bu kasbga yaroqligini aniqlab, so'ng kasbga yo'llash kerak. Kasbga yo'naltirishda turli kasblar, ularga qo'yiladigan talablar, bu kasbni qayerda egallashlari mumkinligi to'g'risida o'quvchilarga ma'lumot berish katta ahamiyatga ega. Kasb mahorati va insoniy tafakkurning rivojlanishi, fandagi mavjud Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. muammolarni va ularni hal etish yo'llarini ko'ra bilish qobiliyati, bularning hammasi muammoli- evristik saviyadir. Shu o'rinda o'quvchilarning kasbga yo'naltirishning nazariy va amaliy aspektlarini ko'rib chiqamiz: -kasbga yo'naltirishning nazariy aspekti kasb faoliyatining barcha tomonlari to'g'rsidagi chuqur bilimlarning shakllanishi, shu bilimlarga tayangan holda ta'lim olishni, nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish va buning aksi bo'lgan amaliyotning nazariyaga ko'chiriy yo'llarini o'rganishni nazarda tutadi. -kasbga yo'naltirishning amaliy aspekti esa egallagan bilimlarni hayotiy faoliyatning ma'lum bir sohasida qo'llashni o'rganishdan iboratdir. Bu esa yoshlarni biror kasbni tanlashga ongli munosabatda bo'lishga tayyorlaydi. O'quvchilar kasblar to'g'risidagi ma'lumotlarni, bilimlarni faqat maktabda emas, balki ommaviy axborot vositalaridan, tanishlari, qarindoshlardan ham bilib oladilar. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda yoshlarni kasbga yo'naltrishda quyidagilarga e'tiborberish lozim bo'ladi. -o'quvchilarning faolligi, havaslari, intilishlari, xohishlari,motivlari, ezgu- niyatlari xusuan kasbkorga bo'lgan qiziqishlarinivaqtida aniqlash. -o'quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kasb tanlash jarayonida oila omilining maktab o‘quvchilari hayotiga ta’siri ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kasb tanlash jarayonida oila omilining maktab o‘quvchilari hayotiga ta’siri ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil etilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kasb tanlash, psixologik jarayonlar, maktab o‘quvchilari, oilaviy qadriyatlar, kasbiy yo‘naltirish, kasbiy qiziqish, ijtimoiy tahlil, oila ta’siri, ota ona roli
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025