Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AKVARELNING BADIIY IFODA IMKONIYATLARI
AKVARELNING BADIIYIFODA IMKONIYATLARI · Fayzullayeva Dilnavoz Jahongirqizi
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada akvarel texnikasi haqida umumiy tushunchalar, shuningdek, uning tasviriy san’atdagi badiiy ifoda imkoniyatlari keng yoritilgan. Akvarel san’atining o‘quvchilarda estetik did, sabr-toqat, kuzatuvchanlik va hissiy ifodani shakllantirishdagi roli alohidata’kidlanadi. Kalitso‘zlar: akvarel, rangtasvir, alla prima, lessirovka, mozaikausuli,effekt, rang, tus. Tasviriy san’at yo‘nalishi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun akvarel texnikasida ishlashni o‘rganish jarayoni muhim bosqich hisoblanadi. Akvarel rangtasviri yordamida rangtasvir qonunlarini amaliy o‘rganishning dastlabki bosqichlari amalga oshiriladi. Akvarel bilan ishlash murakkab, xilma-xil, qiziqarli vao‘quvchilarni o‘qitishdamuhim vositahisoblanadi. Bo‘yoqlarning shaffofligi akvarelning o‘ziga xos xususiyati va afzalligidir, bu texnika bilan oq bo‘yoqdan foydalanmasdan ham ishlash mumkin. Oq qog‘ozning sofligining o‘zi bo‘yoq qatlamlari orasidan o‘tadigan ajoyib nurdir. Kerakli rangni palitradagi bo‘yoqlarni aralashtirib ham, ularni qog‘ozda ustma-ust qo‘yib ham hosil qilish mumkin. Akvarel bo‘yoqlarining asosiy afzalligi shundaki, ular bilan ishlash orqali rangning nihoyatda tiniq va toza bo‘lishiga erishish mumkin. Akvarel bo‘yoqlarining o‘ziga xosligi shundaki, ularda rang bilan ishlashning boy imkoniyatlari mavjud, rangni qo‘yish mumkin va u orqali qog‘oz yorishadi, lessirovkalar bilan ishlash mumkin va bir rang ikkinchisi orqali yorishadi, rangni bir necha marta qo‘yib, uni qayta qoplash orqali kuchaytirish mumkin. Akvarel ko‘zning o‘tkirligini, qo‘lning dadilligi va jasoratini, go‘zallik tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi. Biroq, akvarel texnikasi juda ehtiyotkorlik, sabr-toqat va chidamni talab qiladi, chunki akvarel bo‘yog‘ining noto‘g‘ri qo‘yilgan izini tuzatish nihoyatda mushkul. Rassom ishni boshlashdan avval nafaqat to‘g‘ri chizilgan rasmni tayyorlashi, balki bo‘yoqlarni qanday qo‘yishni, butun varag‘ini, ish jarayonining barcha bosqichlarini puxta o‘ylab olishi lozim. Ishlash paytida yorug‘likni saqlab qolish juda muhim, aks holda asar o‘zining akvarelga xos yengilligi va havoyiligini yo‘qotadi. Shuni yodda tutish kerakki, har bir, hatto eng nozik bo‘yoq qatlami ham butun rangtasvir asarining mohiyatiga ta’sirko‘rsatadi. Akvarelda ishlashning uch xil usuli mavjud. Birinchisi, ko‘p qatlamli usul bo‘lib, bunda dastlab bo‘yoqlar bilan juda yengil, asl nusxaga qaraganda ancha kuchsiz va shaffofroq umumiy qatlam yaratiladi. So‘ngra, oldingi qurigan qatlamga lessirovka usulida keyingi bo‘yoq qatlamlarini qo‘shib, asta-sekin rangni kuchaytirish mumkin.Ikkinchisi, alla primausuli bo‘lib, bundabo‘yoq qog‘ozga bir qatlamda surtiladi va kerakli miqdordagi bo‘yoq birdaniga mo‘yqalamga olinadi. Uchinchisi esa nam qog‘ozda ishlash usuli bo‘lib, bunda surtmalar biroz yoyilib ketadi va bir- biriga qo‘shilib,aniq chegaralarini yo‘qotadi. 32 Ko‘pincha ular aralash texnikada birgalikda ishlatiladi. Mozaika usulida yozish usuli ham mavjud bo‘lib, unda rassom mayda bo‘yoqlar bilan naturadagi narsalarning shaklini quradi, har bir bo‘yoqda rangni aniqlashtiradi va boyitadi. Akvarel texnikasidagi mozaika usuli ijodiy nuqtayi nazardan juda qiziqarli, ammo uni faqat rangtasvirda ishlashda katta tajribaga ega Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. bo‘lgandagina mukammal egallash mumkin, chunki shaklning turli qismlari ustida mayda bo‘yoqlar bilan ishlaganda, rassom doimo naturadagi katta rang va tus munosabatlarini e’tiborda tutadi,ya’ni yaxlit ko‘rishnimukammal egallaydi. Agar ketma-ket yozish usulida rassom asta-sekin ketma-ket bir necha bo‘yoq qatlamini surtsa, texnika quruq yuza bo‘ylab bir qatlamda ishni bir seansda, birinchi surtishdan tugatish imkonini beradi. Tabiatning tez o‘zgaruvchan hodisalarini ifodalash uchun akvarel bilan bir qatlamda yozish usuli eng mos keladi. Lekin u butun ishning borishini ayniqsa ustalik bilan taqsimlashni, mo‘yqalamni bexato ishlatishni talab qiladi. Bir qatlamli yozuvda akvarel rangtasviri rassomdan akvarel dog‘ini tushirishdaishonchli qo‘l mahoratini talab qiladi. Nam holatda ishlash ijodiy va qiziqarli yozish usullaridan biridir. Bunday usulda ishlash orqali rassom akvarel bo‘yoqlarining harakatchanligi sehriga g‘arq bo‘ladi, asarda tuman, yomg‘ir, rejalarning silliq o‘tishlariniifodalash imkoniniberadi. Akvarel ikki xil usulga bo‘linadi: 1. Ingliz usuli (texnikasi)- namlangan qog‘ozga rangtasvir chiziq qismlarini umumiy quyuq tus berib bo‘yaladi va yorug‘liklar mo‘yqalam yordamida yuviladi. 2. Italyancha usul – quruq qog‘ozga bo‘yoqning ustma-ust ko‘p qatlamli ishlash oqrali erishiladi.1 Nam va quruq usullarni birlashtirish ko‘p yillar oldin ingliz akvarelchilari va rus ustalari tomonidan keng qo‘llanilgan. Ular tasvirning eng katta yaxlitligiga erishish uchun nam yuzabo‘yl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada akvarel texnikasi haqida umumiy tushunchalar, shuningdek, uning tasviriy san’atdagi badiiy ifoda imkoniyatlari keng yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada akvarel texnikasi haqida umumiy tushunchalar, shuningdek, uning tasviriy san’atdagi badiiy ifoda imkoniyatlari keng yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- alla prima, tus., mozaika usuli, effekt, lessirovka, rang, rangtasvir, akvarel
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025