Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IBN SINONING AXLOQIY QARASHLARI
IBNSINONING AXLOQIYQARASHLARI
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
This article provides information about the educational and moral views of Abu Ali ibn Sina, who made a great contribution to the development of Eastern and Western science, was a philosopher, scientist, thinker and played a great role in the emergence of the Eastern Renaissance. Key words: morality, education, spiritual upbringing, perfect man, maturity, thinker, scientist, philosopher. Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy- falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus risolalarda talqin etgan. Abu Ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga еtkazishi kerak. Bu maqsadga еtishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. “Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir”. Zero, ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchunharakat qiladigan bo‘ladi, deydi ufikrini davom ettirib1. Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni еtuk bo‘lmagan kishilar qatoriga qo‘shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini ta’kidlaydi. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo‘lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini o‘qtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiytafakkurga, shaxsiy kuzatish vatajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi. Ibn Sino ta’lim-tarbiya va axloqqa oid bir necha asarlar yaratgan: “Tadbir al-manozil” (“Turar joyni boshqarish choralari”), “Risola fi ilm al-axloq” (“Axloqqa oid risola”), “Risola fi al-ahd” 51 (“Burch haqida risola”), “Risola fi tazkiyat an-nafs” (“Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola”), 1Jonmatova X. AbuAliIbnSinota’limtarbiyato‘g‘risida.-T.:O‘zbekiston,1980.8-b. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. (Siyosat al-badan”), (“Badanni boshqarish”), (“Kitob al-ansof (“Adolat haqida kitob”). “Al- urjuza fit-tibb” (“Tibbiy urjuza”). Mazkur asarlarning bugunga qadar barkamol avlodlarimizni ta’lim va tarbiyasida, ularni zamon talablariga javob bera oladigan dono, bilimli va kuchli bo‘lishlarida ahamiyati beqiyos. Chunonchi, olim “Tadbir al-manozil” (“Turar joyni boshqarish choralari”) degan asarida odamlarning oila qurishi to‘g‘risidagi masalaga oid o‘z mulohazalarini bayon etadi. Bundan tashqari, Ibn Sino axloqqa tegishli “Yaxshilik va yomonlik” degan asar ham yozgan. Bu asar haqida olim o‘z tarjimai holida eslab o‘tadi. Lekin bu kitob bizgacha yetib kelmagan bo‘lsa kerak, chunki bu kitob olim tomonidan taqdim qilingan kishining o‘zidagina bo‘lishi ta’kidlangan edi. Ibn Sinoning o‘zi ham o‘sha paytda uning asrlar osha olmasligini payqagan shekilli, bu haqda tarjimai holida shunday deb yozadi: “Abu Bakr al-Barqiy degan Xorazmda tug‘ilgan bir qo‘shnim bor edi, o‘z tabiati bilan u kishi faqih – qonunshunos bo‘lib, tafsir va porsolikdayagona edi2. Shu kishi mendan kitoblarga sharh yozib berishimni so‘radi. Menunga yigirma jildcha keladigan “Hosil va mahsul” degan kitob yozib berdim. Bundan tashqari, unga axloqqa tegishli bir kitob ham yozib taqdim etdim. Kitobning nomini “Kitob al-birr va – l-ism” (“Yaxshilik va yomonlik kitobi”) deb qo‘ydim.Bu ikki kitob undan boshqada yo‘q.U ikkovidan nusxa olish uchun hech kimgabermagan ham”. Ibn Sinoning axloqqa doir yana bir risolasi “Tibbiy poemasi” she’riy tarzda yozilgan bo‘lib, uning bir qo‘lyozma nusxasi Toshkentda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida (inv №300816) mavjud bo‘lib, bu asar dastlab 1936 - yili turk olimi Sharofiddin Yaltkaya tomonidan turk tiliga tarjima etilgan. 1956- yilda esa Jazoir universitetining professori Nuriddin Abdulqodir bilan fransuz olimi Henri Jae tomonidan Parijda fransuz tiliga o‘girilgan tarjimasi bilan arabcha matni – teksti chop etildi. Olim A.E.Shlionskiy Dushanbeda bu asar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, uni ruschaga tarjima qilib, ba’zi qismlarini jurnal va to‘plamlarda nashretdi. 1972- yilda, o‘zbek sharqshunos olimi Shoikrom Shoislomov uni tahlil va nasriy tarjima qilib, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyotida o‘zbek tilida chop etdi hamda bu asar asosida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. Asar 1326 baytdan iborat bo‘lib, bunda Ibn Sino tibbiyotning turli-tuman sohalariga to‘xtaladi va insonga eng zarur bo‘lgan tibbiy maslahat va yo‘riqnomalarni bayon etadi3. Asarda muallif ovqatlanish va uxlash gigienasi, nafsoniy kayfiyatlar, sog‘liqni saqlash haqida inson organizmi uchun iste’mol qilinishi lozim bo‘lgan narsalar haqida, ichimlik s
Доказательный фрагмент
«This article provides information about the educational and moral views of Abu Ali ibn Sina, who made a great contribution to the development of Eastern and Western science, was a philosopher, scientist, thinker and p…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides information about the educational and moral views of Abu Ali ibn Sina, who made a great contribution to the development of Eastern and Western science, was a philosopher, scientist, thinker and p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morality, education, spiritual upbringing, perfect man, maturity, thinker, scientist, ruhiy tarbiya, faylasuf., komil inson, mutafakkir, axloq, alloma, kamolot, ta’lim-tarbiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025