К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY RIVOJLANISHI: MUHIM YONDASHUVLAR VA INNOVATSION METODLAR

YONDASHUVLARVA INNOVATSIONMETODLAR · Aliyeva GavharoyAbdumutalipovna

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion metodlar yoritiladi. Harakat faolligi, sport mashg‘ulotlari, sog‘lom ovqatlanish va chiniqtirish usullari bolalarning jismoniy rivojlanishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Shuningdek, maqolada jismoniy mashqlarni individual yondashuv asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: Maktabgacha yosh, jismoniy rivojlanish, sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, chiniqtirish,harakatli o‘yinlar, massaj, nafas mashqlari. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi – ularning umumiy salomatligi, harakat faolligi va kelajakdagi rivojlanishi uchun asosiy omillardan biridir. Bolalik davrida jismoniy faollik organizmning normal o‘sishi va shakllanishi uchun muhim sanaladi. Bu davrda bolaning muskullari, suyak tizimi va harakat koordinatsiyasi tez rivojlanadi. Shuning uchun ham bolalar bog‘chalari, oilaviy tarbiya va maxsus sport mashg‘ulotlarida jismoniy faollikka katta e’tibor qaratish lozim. Jismoniy tarbiya nafaqat jismoniy o‘sish uchun, balki bolaning ruhiy va ijtimoiy rivojlanishi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Harakatli o‘yinlar, gimnastika, sport mashg‘ulotlari bolaning nafaqat mushaklarini, balki irodaviy sifatlarini ham rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday mashg‘ulotlar bolaning stressga chidamliligini oshiradi, diqqatini jamlash qobiliyatini rivojlantiradi vaijtimoiy moslashuvchanliginikuchaytiradi. Ota-onalar va tarbiyachilar bolalar jismoniy rivojlanishini rag‘batlantirish uchun ilmiy asoslangan metodikalardan foydalanishlari muhim. Shu sababli, ushbu qo‘llanmada bolalarning jismoniy rivojlanish bosqichlari, jismoniy faollikning sog‘liq bilan bog‘liqligi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish yo‘llari va individual yondashuv bo‘yicha tavsiyalar keng yoritilgan. Ushbu ilmiy-amaliy tavsiyalar ota-onalar, tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘ladi. Harakatli o‘yinlar va sport mashg‘ulotlari. Yugurish, sakrash va muvozanat mashqlari harakat koordinatsiyasini rivojlantiradi. To‘p bilan o‘yinlar reflekslarni va jismoniy harakatchanlikni oshiradi. Gimnastika bolalarning bo‘g‘imlari va umurtqasining sog‘lom shakllanishini qo‘llab- quvvatlaydi. Massaj va nafas mashqlari. Massaj qon aylanishini yaxshilaydi va mushaklarni bo‘shashtiradi. Nafas mashqlari o‘pkani mustahkamlash vanafas olishtizimini rivojlantirishuchun muhimdir. 55 Jismoniy rivojlanish jarayonini nazorat qilish muhim bosqich hisoblanadi. Jismoniy rivojlanishni baholash mezonlari quyidagilar. Bolaning bo‘yi va vaznining yoshiga mosligi, muskullar va suyak tizimining rivojlanish darajasi, harakat koordinatsiyasi vamuvozanat qobiliyatilari. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Jismoniy faollik monitoringi kuzatuv va statistik usullar yordamida bolaning harakat faolligi nazorat qilinadan iborat. Sport mashg‘ulotlari natijalari yozib boriladi. To‘g‘ri ovqatlanish va rejimni tashkil etish. Sog‘lom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish. Vitaminlarga boymahsulotlariste’mol qilish.Uyqu va dam olish rejiminisaqlash. Tashqi muhit va gigiyenaning ahamiyati shundaki, xonani doimiy shamollatish, shaxsiy gigiyena qoidalarigarioya qilishbolalar salomatligining asosidir. Xulosa. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi ularning umumiy sog‘lig‘i va kelajakdagi hayot sifati uchun muhim omildir. Jismoniy tarbiya bolalarning harakat koordinatsiyasini rivojlantirish, immunitetni mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirish bilan birga, ularning psixologik barqarorligiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ertalabki badantarbiya, chiniqtirish mashqlari, to‘g‘ri ovqatlanish va gigiyenaga rioya qilish orqali bolalarda sog‘lom hayot tarzishakllanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bolalik davrida jismoniy faollik yetarli darajada rivojlanmagan taqdirda, kelajakda mushak-skelet tizimi kasalliklari, ortiqcha vazn, jismoniy zaiflik va yurak- qon tomir tizimi muammolari paydo bo‘lishi mumkin. Shu sababli, ota-onalar va tarbiyachilar jismoniy tarbiyagajiddiy e’tiborqaratishlari lozim. Shuningdek jismoniy mashqlar va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar keltirilgan. Unda harakatli o‘yinlar, sport mashg‘ulotlari, to‘g‘ri ovqatlanish va chiniqtirish usullari bo‘yicha tavsiyalar berilgan bo‘lib, ular amaliyotda qo‘llanilishi mumkin. Ota-onalar vatarbiyachilarga quyidagi tavsiyalarni berish mumkin: -Bolalarning jismoniy faolligini oshirish uchun har kuni badantarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish. -Harakatli o‘yinlar va sport mashg‘ulotlari orqali bolalarda harakat koordinatsiyasini rivojlantirish. -Sog‘lom ovqatlanish tartibini yo‘lga qo‘yish, bolalarni vitaminlarga boy mahsulotlar bila

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion metodlar yoritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash bo‘yicha ilmiy yondashuvlar hamda innovatsion metodlar yoritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maktabgacha yosh, jismoniy faollik, harakatli o‘yinlar, nafas mashqlari., jismoniy rivojlanish, massaj, chiniqtirish, sog‘lom ovqatlanish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники