Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PEYAMI SAFO ASARLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Kalitso’zlar: Peyami Safo, roman, modernizm,roman-kundalik. · ОСОБЕННОСТИПРОИЗВЕДЕНИЙ ПЕЯМИСАФО
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Предметом написания статьи является роман турецкого писателя Пеями Сафа «Палата в девятой хирургии». Данное произведение содержит как реалистические, так и модернистские элементы. В противостоянии главного героя остальным персонажам романа прослеживается главный мотив двойственности турецкой культуры, который занимал основноеместо впозднемтворчестве Пеями Сафа. Ключевые слова: Пеями Сафа,роман,модернизм,роман-дневник. FEATURES OFPEYAMI SAFHA'S WORKS Annotation: The subject of this article is the novel "Ninth Surgery Ward" by the Turkish writer Peyami Safo. This work contains both realistic and modernist elements. In the main character's conflict with other characters in the novel, it is possible to observe the main motif of the Eastern and Western way of life typical of the Turkish culture, which occupies a key place in theartist's subsequent work. Key words:Peyami Safa, novel, modernism, novel-diary. Kirish qismi: Peyami Safо yigirmanchi asrning birinchi yarmida yashagan turk yozuvchisi bo‘lib, uning nomi asarlari kabi ko‘pchilik kitobxonlar uchun deyarli noma'lum. Sho‘rolar davrida turkologlar olimlar uningijodini bir qancha sabablarga ko‘ra o‘rganmaganlar. Avvalo, P. Safo “g‘oyaviy jihatdan noto‘g’ri” yozuvchi edi, chunki SSSRda hurmatga sazovor bo‘lgan yana bir turk yozuvchisi Nozim Hikmat bilan ikkisi o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan, bu ziddiyat natijasida ular asarlarini o‘zaro tanqid qilishdan tortib bir-birini qarama-qarshi mafkuralarga xayrixohlikda ayblashgacha borishgan. Turkolog olim N.A. Eyzenshteyn shunday yozadi: “30- yillardagi Peyami Safo dekadent mafkurasining g‘ayratli targ‘ibotchilaridan biri edi. U o‘zini realist deb atasa ham realizmga qarshi kampaniyaga qo‘shildi. Uning asarlariga "individual shaxsga "ongsiz ta'sirko‘rsatadigan" elita uchun adabiyot" debbaho berilgan. [1.33-b] Bugungi kunda adabiy tanqidchilik realizmning “progressivligi”, modernizmning 82 “begonaligi” kabi iboralardan qochishga harakat qilmoqda. P. Safo asarlarini o‘qish bizga 20- asrning birinchi yarmida Turkiya adabiy jarayonidagi chuqur oʻzgarishlarni tushunishga imkon beradi, buning natijasida esa ancha keyin, 1980-yillarga kelib turk adabiyotida burilish yuz berdi. Boshqa bir turkolog olim S.N. Uturgaurining fikricha: “... klassik tipdagi roman tuzilishi ularni Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. (yozuvchilarni) kamroq qiziqtiradi” [2.58-b] va shu sababli, masalan, adabiyotda Orxan Pamuk kabi yozuvchilar paydo bo‘ldi. N.A Eyzenshteynning fikricha, P.Safaning ijodi qandaydir ikkiyoqlamalik bilan ajralib turadi, uning romanlarida ham realistik, ham modernistik unsurlar mavjud. Bu uning asarlari 19-asr oxiri - 20-asr boshlarida yozilganligi bilan izohlanadi. Bu davr turk yozuvchilari Yevropa badiiy va falsafiy tafakkuri bir necha asrlar davomida erishgan narsalarini qisqa muddatda o'zlashtirishlari kerak bo‘ldi. Bu esa asarlarga xos ma'lum bir kollektivlik va eklektizm jihatini keltirib chiqardi, ularda davrga xoz tendensiyalar va yo‘nalishlarelementlari o‘z aksinitopdi. Bundan tashqari, bu davrda G'arb va Sharq madaniyati va an'analari o'rtasidagi farq bu madaniyatining tashuvchisi sifatida turklarning ichki ziddiyatlarida keskin namoyon bo'ldi, chunki Turkiya Respublikasi tashkil etilishidan oldin turk jamiyatida (1923) hayotning ikkita modeli amalda edi. Mamlakatda parallel ravishda, arab-musulmon falsafiy va madaniy an'analariga asoslangan- an'anaviy va Evropa tajribasini namuna sifatida olgan yangicha yashash modeli ko‘zga tashlanardi. Turk madaniyatida yuzaga kelgan bu ikkilik muammosi ham P.Safo ijodidaasosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Peyami Safo (1899-1961) 19-asr oxirida Istanbulda mashhur usmonli shoiri Ismoil Safo oilasida tugʻilgan. O‘g'li tug‘ilgandan ko‘p o‘tmay Sulton Abdulhamid II Ismoil Safoni surgun qilgan va ikki yildan so‘ng u surgunda vafot etadi. Shoir vafotidan keyin oilasi boquvchisiz qolganidan tashqari, Peyami Safo kasallikka ham chalindi: to‘qqiz yoshida unga suyak sili tashxisi qo‘yildi. Kasallik va oilasini boqish zarurati unga tizimli ta'lim olish imkoniyatini bermadi. Biroq u bo'sh qolguncha o‘qidi. O‘n uch yoshida Peyami pochta va telegraflar vazirligiga xodim bo‘lib ishga kirdi, u erda fransuz tilini o'rganishni boshladi va Birinchi jahon urushi paytida u o‘qituvchi bo'lib ishladi. 1926-yildan boshlab jurnalist sifatida faoliyat yuritdi. Ukasi Ilhomiy bilan birgalikda “Yigirmanchi asr” (turkcha “Yirminci Asir”) gazetasini nashr etib, unda hikoyalarini chop etdi. Uning asarlari tez orada shuhrat qozondi. Ayniqsa, onasi Server Bedia ismidan kelib chiqqan Server Bedi taxallusi bilan yozilgan bir qator detektiv hikoyalari undagi qahramon Cingöz Recai sababli mashhur bo‘lib ketdi. U bir qator ilmiy maqolalar ham yozdi. Bundan tashqari, P. Safo “Madaniyat haftaligi
Доказательный фрагмент
«Предметом написания статьи является роман турецкого писателя Пеями Сафа «Палата в девятой хирургии».»
Образец извлечения
Демо-превьюПредметом написания статьи является роман турецкого писателя Пеями Сафа «Палата в девятой хирургии». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Peyami Safa, novel, modernism, novel-diary, roman-kundalik., modernizm, Peyami Safo, roman
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025