К содержанию
РецензированоRU2024

Деятельность человека и глобальные проблемы

Yashin NARZULLAEV

Общество и инновации · 5 · 128-132 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В этой статье рассматриваются экологические производство, изменения, происходящие в мире, их причины, а также окружающая среда, меры, предпринимаемые для решения этих проблем. альтернативная энергетика, экология, конференция, твердые бытовые отходы, специальные места.социальное влияние, языковой опыт, социально-экономическая среда, структура семьи. Insoniyat tarixida tabiat ne’matlarini o‘zlashtirish qadimdan, ya’ni ibtidoiy jamoa davridan boshlanib, u qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lsa, keyinchalik, ya’ni O‘rta asrlarda manufaktura ishlab chiqarishiga asos solindi. Bu esa kishilik jamiyatida yangi ijtimoiy qatlamlarni vujudga kelishiga va bu qatlamlar dunyo xaritasini hamda undagi siyosiy jarayonlarni o‘zgarib ketishida ma’lum bir ma’noda ahamiyat kasb etdi. Sanoat ishlab chiqarishining rivojlanishi, o‘z navbatida fabrika - zavodlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Keyingi paytlarda ushbu zavod fabrikalar takomillashdi va soni ko‘paydi. Sanoat ishlab chiqarish turlari ortdi va keng ko‘rinish ola boshladi. Ayniqsa, kimyoviy moddalar, harbiy qurol-yarog‘lar ishlab chiqarish muhim o‘rin tuta boshladi. Biroq, o‘tgan asrning boshlarida sanoat ishlab chiqarishi oqibatida chiqayotgan chiqindilar, ifloslangan gazlar hamda sanoat oqava suvlarini atrof-muhitga ta’siririning salbiy oqibatlari kishilik jamiyatiga solinayotgan eng yirik xavflardan biri sifatida o‘zini ko‘rsata boshladi. Buni insoniyat o‘zining kelajakdagi hayotiga solinayotgan xavf sifatida anglagan bo‘lsa-da, o‘z vaqtida turli sabablarga ko‘ra, yetarlicha chora ko‘ra olmadi. Ekologik o‘zgarishlarni oldini olish bo‘yicha 1913-yilda Shveysariyaning Bern shahrida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi, konferensiya doirasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik muammolarni oldini olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Ammo bu paytda dunyo davlatlarining ikkita siyosiy lagerga bo‘linib ketishi hamda birinchi va ikkinchi jahon urushlari natijasida bu shartnomalar amal qilmay qoldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin, aniqrog‘i o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, atrof-muhit holatiga, ya’ni ekologiyaga alohida e’tibor berila boshladi. 1967-yilda “Rim klubi” nomli xalqaro tashkilotga asos solindi. Tashkilotning asosiy maqsadlari insoniyat oldida turgan muhim masalalarni aniqlash, ularni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqishdan iborat. Klubga jahonning 30 dan ortiq mamlakatlaridan yig‘ilgan olimlar, mutafakkirlar, jamoat arboblari, iqlimshunoslar, hokimlar, o‘qituvchilar a’zo bo‘ldi. Shu bilan birga, dunyoda eng yirik xalqaro tashkilot hisoblangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ham atrof-muhit bo‘yicha dastur yaratdi. Bu dastur UNEP (United Nations Environment Programme) deb nomlandi. Ushbu dasturdan butun tizim darajasida tabiatni muhofaza qilishni muvofiqlashtirishni amalga oshirish belgilandi. Dastur BMT Bosh Assambleyasining 1972-yil 15-dekabrdagi 2997-sonli rezolyutsiyasi asosida tashkil etilgan. UNEPning shtab kvartirasi Kenyaning Nayrobi shahrida joylashgan. Dasturning 129 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 08 (2024) / ISSN 2181-1415 asosiy maqsadi hozirgi va kelajak avlod uchun atrof-muhitni muhofaza qilish hamda yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishdir. XX asrda inson faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yana bir muammo – bu iqlim o‘zgarishi hisoblanadi. Tarixda turli tabiiy ofatlar va boshqa sabablarga ko‘ra, iqlim o‘zgarishlari yuz bergani ma’lum. Hozirgi kunda yuz berayotgan iqlim o‘zgarishi insoniyat olamiga juda katta ta’sir etayotgani hech kimga sir emas. Uning natijasi sifatida bugun jahon miqyosida iqlim migrantlarining paydo bo‘lishiga ham inson faoliyati sababchi, deb aytish mumkin. Ushbu muammoning kishilik olamiga juda katta salbiy ta’sirini e’tiborga olgan holda Butunjahon meteorologiya tashkilotiga asos solingani bejiz emas. Ushbu xalqaro tashkilot UNEP bilan birgalikda 1988-yilda Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo panelni (IPCC) tashkil etdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1992-yilning 3-14-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Bu konferensiya “Rio konferensiyasi” yoki “Yer sammiti” deb nomlandi. Sammit a’zolari “sovuq urushdan” keyin rivojlanish masalalari bo‘yicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish maqsadida strategik yo‘llar vazifasida o‘tkazilgan. Bunda ekologiya va atrof-muhit bo‘yicha bir qancha masalalar ko‘rib chiqildi. Bugun, dunyo miqyosida energiya ta’minoti masalasi eng asosiy muammolardan biriga aylanib ulgurdi. Chunki, Yer qa’ridan qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni muqobil energiya manbalari bilan almashtirish, barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi o‘z isbotini topdi. Biroq, bu birdaniga o‘zgartirib bo‘ladi, degani emas. Bu bir necha o‘n yillarni talab qiladi. Yer qa’ridagi tabiiy resurslar ham cheklanganini unutmaslik lozim. Shu o‘rinda muqobil energiya yaratishni qanday hayotiy omillar talab qil

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В этой статье рассматриваются экологические производство, изменения, происходящие в мире, их причины, а также окружающая среда, меры, предпринимаемые для решения этих проблем.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В этой статье рассматриваются экологические производство, изменения, происходящие в мире, их причины, а также окружающая среда, меры, предпринимаемые для решения этих проблем. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
manufacturing, production, solid household waste, atrof-muhit, окружающая среда, maxsus joylarga, qattiq maishiy chiqindilar, manufaktura, конференция, ishlab chiqarish, специальные места, экология, альтернативная энергетика, alternative energy, ecology, special places, твердые бытовые отходы, muqobil energiya, environment, производство, conference, ekologiya, konferensiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники