Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Совершенствование преподавания тем по полупроводникам с использованием интерактивных методов обучения
Bakhrikhon TULANOVA · Case Study technology (Andijan State University)
Общество и инновации · 5 · 10-17 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье основное внимание уделено интерактивный метод, возможностям целенаправленного и эффективного метод диаграммы Венна, проведения организованных учебных занятий по метод Т-схемы, полупроводникам, электричеству и магнетизму в высшем технология Case Study, метод SWOT-анализа, образовании с использованием интерактивных методов. К кластерный метод, таким методам относятся: метод диаграммы Венна, метод метод FSMU. T-схемы, технология Case Study, метод SWOT-анализа, кластерный метод и метод FSMU. Применение данных методик способствует углублению знаний студентов и повышению их вовлеченности в учебный процесс. Zamonaviy o‘qitish tizimida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlaridan foydalanish talabalarning qobiliyatlarini to‘la namoyon etishga va ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi [1]. Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim turlari innovatsion xarakterga ega bo‘lib, o‘qitish jarayoni noan’anaviy va nostandart tashkil etiladi. Shu bilan birga ta’lim jarayonida talabalarning erkinligi ta’minlanadi, bu esa o‘qitish jarayonini qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Erkinligi ta’minlangan sharoitda esa talabalarning o‘quv-bilish faolligi ortadi [1]. Oliy ta’limda interfaol metodlardan foydalanish talabalarda “mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat va boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil hamda tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoni yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga” yordam beradi [9]. Interfaol ta’limda ixtiyoriylik va ijodiy yondashuv tamoyillarining ustuvorligi pedagogga interfaol metodlarni erkin tanlash imkonini beradi. Lekin interfaol metodlarni tanlashda ham muayyan talablar inobatga olinadi va bu borada qanday yo‘l tutilganligiga e’tibor qaratsak. A.V. Pavlovning fikriga ko‘ra, o‘qitishda samarali bo‘lgan interfaol metodlarning asosiy belgisi-pedagogning ish tartibi bo‘lib, bunda u ta’lim oluvchilarga tayyor bilimlarni bermaydi, balki buning uchun zarur darajada kuch ishlatish orqali o‘quv materialining o‘zlashtirilishi uchun sharoit yaratadi [7]. N.S. Maleskaya o‘qitish metodlarini tanlash maqsadida pedagog tomonidan tashkil etilayotgan harakat quyidagi mezonlarga mos kelishi kerak, deb hisoblaydi: dars bosqichining didaktik maqsadi; o‘quv materiali mazmuning murakkabligi; talabalarning o‘quv-bilish imkoniyatlari; talabalar bilish faoliyatining darajasi; ta’lim metodlarining afzallik va kamchiliklari; hamkorlik munosabatlari; ta’lim olish motivlari; ehtiyoj- motivatsion muhit [6]. G.S. Xarxanova tomonidan olib borilgan tadqiqotda ta’limning interfaol metodlari ta’lim oluvchilarni muammoni hal qilishga bo‘lgan motivatsiyani shakllantirish borasidagi imkoniyatlariga ko‘ra uch guruhga ajratiladi. Ular: keng, o‘rta va tor imkoniyatga ega bo‘lgan interfaol metodlar [10]. 11 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 08 (2024) / ISSN 2181-1415 L.N. Vavilova, O.A. Golubkova va T.S. Paninalar esa ta’limning interfaol metodlarini ularning kommunikatsion vazifalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratgan [2]: 1) bahs-munozaraga asoslanuvchi metodlar (dialog, guruhli bahs-munozara, hayotiy vaziyatlarni tanlash va tahlil qilish); 2) o‘yin xarakteridagi metodlar (didaktik o‘yinlar, ijodiy, ishchanlik va rolli o‘yinlar, tashkiliy-faoliyatli o‘yinlar); 3) psixologik xarakterga ega interfaol metodlar (sensitiv va kommunikativ trening, empatiya) [2]. I.V. Kurisheva esa interfaol metodlarni guruhlashtirishda ularni qo‘llash vaqtida ishtirok etuvchi subyektlar hamda foydalaniladigan vositalar nuqtai nazaridan yondashadi. Buning natijasida interfaol metodlar quyidagicha guruhlanadi: 1) “talaba- talaba-o‘qituvchi” o‘rtasida qo‘llaniladigan interfaol metodlar; 2) “talaba-kompyuter- o‘qituvchi” o‘rtasida qo‘llaniladigan interfaol metodlar; 3) “talaba-o‘quv darsligi-o‘quv qo‘llanma” o‘rtasida qo‘llaniladigan interfaol metodlar [8]. Hozirgi kunda interfaol metodlarning juda ko‘plab turlari mavjud [1, 2, 4]. Lekin yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishda qo‘llash mumkin bo‘lganlarini ajratib olish kerak. Har bir metod yarimo‘tkazgichlarga doir mavzulariga tushishini aniq bilish va qo‘llay olish kerak. Quyida tadqiqot doirasida yarimo‘tkazgichlarga doir mavzularni o‘qitishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan interfaol metodlar keltirilgan: “Venn diagrammasi” metodi asosida yarimo‘tkazgich moddalar va ularning turlariga doir ma’lumotlarni o‘qitish Zamonaviy ta’lim metodlaridan “Venn diagrammasi” metodidan foydalanishni quyida keltirib o‘tamiz. Yarimo‘tkazgich moddalarning kristall panjarasining tuzilishi, tarkibi va elektr o‘tkazuvchanligiga ko‘ra turlarini Venn diagrammasiga joylashishini ko‘ramiz. 1-rasm. Yarimo‘tkazgichl
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье основное внимание уделено интерактивный метод, возможностям целенаправленного и эффективного метод диаграммы Венна, проведения организованных учебных занятий по метод Т-схемы, полупрово…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье основное внимание уделено интерактивный метод, возможностям целенаправленного и эффективного метод диаграммы Венна, проведения организованных учебных занятий по метод Т-схемы, полупрово… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interactive method, learning process, cluster method, Venn diagrammasi metodi, технология Case Study, Klaster metodi, метод SWOT-анализа, FSMU method, T-sxema metodi, Keys stady texnologiyasi, T-scheme method, метод FSMU, Venn diagram method, FSMU metodi, Case Study technology, метод Т-схемы, кластерный метод, метод диаграммы Венна, интерактивный метод, interfaol metod, SWOT-tahlil metodi, SWOT analysis method
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024