К содержанию
РецензированоRU2024

Понятие санкций и экономических ограничений в международном праве

Mukhammadjon TURSUNOV · Keywords: -/© in Science LLC. (Tashkent State University of Law) · League of Nations (Tashkent State University of Law)

Общество и инновации · 5 · 190-195 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: Данная статья анализирует применение санкций и санкции, экономических ограничений в международном праве, их экономические основные цели и влияние на международные отношения. ограничения, Автор подробно рассматривает правовые основы санкций международное право, международные и их применение в рамках международного права. отношения, В статье также представлены различные подходы Лига Наций, к терминологической интерпретации санкций, ООН, предложенные научными деятелями. государство-нарушитель, международная ответственность. Sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar bir yoki bir nechta davlatlar, xalqaro tashkilotlar yoki koalitsiyalar tomonidan boshqa davlat yoki xalqaro huquq subyektiga o‘z xatti-harakatlarini o‘zgartirish uchun bosim o‘tkazish maqsadida ko‘riladigan choralardir. Ushbu choralar turli sabablarga ko‘ra, masalan, xalqaro huquq normalarining buzilishi, inson huquqlarining buzilishi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdidlarni bartaraf etish uchun qo‘llanilishi mumkin. Sanksiyalar va iqtisodiy cheklovlar turli shakllarda bo‘lishi mumkin, jumladan, savdo embargolari, aktivlarni muzlatish, sayohatlarni taqiqlash va moliyaviy cheklov kabilardir. Ular muayyan shaxslar, yuridik shaxslar yoki sektorlarga mo‘ljallangan yoki ular butun mamlakatga ta’sir qiluvchi kengroq chora-tadbirlar ham bo‘lishi mumkin. Huquqiy lug‘atda “sanksiya” atamasi xalqaro shartnomalarni buzgan davlatga nisbatan qo‘llaniladigan harbiy, iqtisodiy va siyosiy xarakterdagi majburlov choralari tizimini anglatadi [1]. Sanksiyalar instituti xalqaro huquqing bir bo‘g‘ini sifatida xalqaro huquq bilan bir vaqtda rivojlandi. Shuningdek, xalqaro huquqda iqtisodiy sanksiyalaring roli kuchayishiga 1920-yil 10-yanvarda tashkil topgan Millatlar Ligasining ham o‘rni beqiyos, chunki Millatlar Ligasi tashkil etilgunga qadar “sanksiyalar” birinchi navbatda iqtisodiy ta’sir choralarini nazarda tutgan. 1920-yilda qabul qilingan Millatlar Ligasi Nizomining 16-moddasida xalqaro huquqda sanksiyaning tutgan o‘rniga alohida e’tibor berilgan va quyidagicha belgilab qo‘yilgan “harbiy, dengiz yoki havo kuchlari”ga zarurat tug‘ilganida Liga a’zolari bir birlarini xurmat qilgan holda hamda qo‘llab quvvatlash maqsadida o‘z xarbiy kuchlari bilan bir birlariga yordam qilishi shuningdek, Liga a’zolariga nisbatan cheklov choralarini qo‘llagan davlatlarga nisbatan birgalikda xarakat qilish nazarda tutilgan [2]. Millatlar Ligasi nizomida belgilangan qoidalar BMT o‘z faoliyatini boshlaganidan so‘ng ancha kengroq tushunila boshladi va BMTning keyingi faoliyati bu tendentsiyani faqat kuchaytirdi. Bundan tashqari, XX asrda xalqaro munosabatlarda xalqaro huquq subyektlari o‘rtasida turli xil ziddiyatlarni paydo bo‘lishi zamonaviy sanksiyalarning javobgarlik shakllariga emas, balki mohiyatiga ko‘ra majburlash choralariga yaqinroq bo‘lishiga olib keldi. Misol uchun, ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniya va Yaponiyaning qurolli kuchlarga ega bo‘lish huquqidan mahrum qilinishi ham BMTning majburlov choralarini qo‘llash huquqi asosida qabul qilingan sanksiyalarning yana bir yangi turi edi. 191 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 Bundan tashqari, shuni ta’kidlash joizki, BMT tomonidan xalqaro huquq normalarini buzuvchi yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan davlat fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladigan choralar ham xalqaro-huquqiy adabiyotlarda sanksiya deb ataladi. Bunga misol qiladigan bo‘lsak, ayrim davlatlar tomonidan boshqa bir davlat fuqarolariga nisbatan davlat hududiga kirishni cheklash va yoki ularga tegishli bo‘lgan aktivlarni muzlatib qo‘yilishini olishimiz mumkin. Hozirgi kunda fuqarolarga nisbatan qo‘llanilgan bir qancha sanksiyalarni ko‘rishimiz mumkin, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga nisbatan olib borayotgan siyosati tufayli Rossiyalik tadbirkorlar va davlat amaldorlariga nisbatan Yevropa va AQSh tomonidan bir qancha iqtisodiy hamda siyosiy cheklov choralari qo‘llanilmoqda. Xususan, Buyuk Britaniya tomonidan 2023-yilda e’lon qilingan sanksiyalar ro‘yxatidan asli O‘zbekistonlik bo‘lgan biznesmen A. Usmonov va unga tegishli bo‘lgan “USM” xolding va A. Usmonovga aloqador deb topilgan “Curzon Square” va “Hanleu”lar joy olgan. “USM”, “Curzon Square” va “Hanleu”lar nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar natijasida Buyuk Britaniyada joylashgan barcha A. Usmonovga aloqador aktivlar muzlatilgan [3]. Xalqaro huquq nazariyasida “sanksiyalar” tushunchasini terminologik talqin qilishda yagona yondashuv mavjud emas. Xalqaro huquqda bir qancha olimlar sanksiya bo‘yicha turlicha fikrlar mavjud bo‘lib, ulardan bir nechtasini quyida keltirib o‘tamiz. Huquqshunos olim V.A. Vasilenkoning fikricha sanksiyalar davlat yoki xalqaro tashkilot tomonidan qo‘llangan bo‘lishidan qat’iy nazar ularning barchasi qonuniy majburlov choralarini nazarda tutadi. Olimning fikricha, xalqaro huquqiy sanksiyalarning asosiy elementlari bu: retorsiyalar; repressiyalar (faqat qurolsiz); o‘zini him

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: Данная статья анализирует применение санкций и санкции, экономических ограничений в международном праве, их экономические основные цели и влияние на международные отношения.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: Данная статья анализирует применение санкций и санкции, экономических ограничений в международном праве, их экономические основные цели и влияние на международные отношения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, экономические ограничения, BMT, международные отношения, санкции, violator state, ООН, xalqaro huquq, xalqaro munosabatlar, economic restrictions, международное право, UN, Лига Наций, League of Nations, Millatlar Ligasi, международная ответственность, государство-нарушитель, xalqaro javobgarlik, international law, sanksiyalar, huquqbuzar davlat, international relations, iqtisodiy cheklovlar, international responsibility, sanctions
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники