К содержанию
РецензированоRU2024

Инновационные и эффективные формы организации образовательного процесса в высших учебных заведениях

Mokhinur KUVONDIKOVA (educational process in higher education institutions) · Keywords: -/© in Science LLC. (Andijan State Pedagogical Institute)

Общество и инновации · 5 · 133-138 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматривается использование современных инновационные формы, инновационных форм организации образовательного обучение, процесса. Основное внимание уделяется анализу смешанное обучение, различных инновационных методик и технологий, практические игры. направленных на повышение качества образования. Обсуждается их влияние на эффективность обучения студентов и достижения более высоких образовательных результатов. Авторы приходят к выводу о важности применения инноваций в образовательном процессе. Zamonaviy sharoitda tinglovchilarning o‘quv-bilish faolliklarini kuchaytirish, o‘qitish sifatini oshirish va samaradorligini yaxshilash maqsadida innovatsion xarakterga ega ta’lim shakllaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modul-kredit tizimi, masofali o‘qitish, blended learning (aralash o‘qitish) va mahorat darslari ta’limning innovatsion shakllari sifatida e’tirof etilmoqda. Ayni o‘rinda ta’limning innovatsion xarakterga ega ushbu shakllari to‘g‘risida so‘z yuritiladi. I. Trening – (ingliz tilidan training-train –o‘qitmoq, tarbiyalamoq) interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning asosiy shakli bo‘lib, u o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish, mashqlar davomida o‘zlashtirish, muloqot almashish imkonini beruvchi tashkiliy tadbir hisoblanadi. Trening bu nafaqat ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga balki, mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Trening mobaynida o‘qituvchilar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari rivojlanib boradi. Tahsil oluvchi faoliyatiga mo‘ljallangan ta’lim shakli bo‘lib, nazariy ma’lumotlarni amaliy mashqlar orqali o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. U ta’lim beruvchi tomonidan o‘qitishni emas, balki tahsil oluvchi tomonidan mustaqil va faol o‘rganishni ko‘zda tutadi. Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va qatnashchilardagi o‘zaro hamkorlikni, samarali muloqot ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Har qanday trening quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: 1. Izyuminka (joziba – qatnashchilar bilan ishlashning o‘ziga hos ajoyib tomoni) qatnashchilarning treningga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa bahs boshlash, savollar berish, qatnashchilar fikrini chalg‘ituvchi (provakatsion) ta’kidlarni ilgari surish yoki qandaydir faoliyat turini faraz qilish. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarining dastlabki bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qilish. Trening ahamiyati nimadan iborat ekanligi sabablarini tushuntirish. Odatda trening qatnashchilari birinchi mashg‘ulotda o‘zini noqulay sezishi, Sizga nisbatan ishonchsizlik holatlari kuzatiladi. Unutmang, Sizning har bir harakatingiz va e’tiboringiz qatnashchilar ishonchini qozonishigizga asos bo‘ladi. 2. Qatnashchilar uchun natijalarni ta’kidlash. Qatnashchilarga treningdan qanday maqsad kutilayotganini auditoriyaga tushuntiring. Qatnashchilar trening natijasida: «Bu 134 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 treningdan keyin nimalarni bilishim va nimalarni qilishim lozim?» degan savolga javob berishlari kerak. 3. Trenerning hissasi. Trening uchun zarur dastlabki ma’lumotlar, zarur bilimlar (matn, ma’ruza, hujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun fan mazmunini namoyish qilish. 4. Interfaol strategiya – treningning yuragidir. Interfaol uslubiyotda foydalanadigan ish tartibini qisqacha bayon qilish. Interfaol uslub-bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqish. Guruxda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib borish. Qatnashchilar tushunganlik darajasini muntazam nazorat qilib borish. Treningni yakunlashga vaqt yetishi uchun, uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qilish. Bu yerda treningni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan savollar muhim ahamiyatga egaligini e’tibordan chetda qoldirmaslik. Trener mashqlarni qatnashchilar tomonidan bajarish jarayonida topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib borishi lozim. 5. Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashchilar o‘zlari yod olgan va o‘zlashtirgan bilim(yo‘nalish)lari bo‘yicha xulosa qiladilar, o‘zlashtirgan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, talabalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar. Bu – treningni baholash qismidan iborat bo‘lib, bunda “Qatnashchilar nimani o‘rgandilar?” savoliga javob olinadi. Trening davomida qatnashchilar o‘rgangan yoki ko‘rsatgan bilimlari natijalar bilan mos kelishini tekshiriladi. Treninglar an’anaviy o‘quv mashg‘ulotlaridan quyidagi jihatlari bilan farqlanadi: • bunda ta’lim oluvchilar yoki ishtirokchilar guruhi yoshi v

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматривается использование современных инновационные формы, инновационных форм организации образовательного обучение, процесса.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматривается использование современных инновационные формы, инновационных форм организации образовательного обучение, процесса. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
2181-1415/© 2024 in Science LLC, обучение, innovative forms, training, смешанное обучение, practical games, treninglar, инновационные формы, amaliy o'yinlar., blended learning, практические игры, aralash ta'lim, innovatsion shakllar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники