К содержанию
РецензированоRU2024

Теоретические аспекты формирования стратегии и техники обучения студентов высшего образования

Aropat NEGMATOVA

Общество и инновации · 5 · 76-85 · 2024

Аннотация

Ключевые слова: В статье рассматриваются теоретические основы обучение, стратегий и приемов обучения студентов. Особое внимание стратегия, уделено состоянию образовательного процесса в техника, учреждениях республики, его историческим предпосылкам технология, содержание обучения, и подходам зарубежных исследователей к данной теме. В место обучения, рамках работы обсуждаются три типа обучения: научно обучающийся, обоснованное обучение (поверхностный подход), тип обучения. развивающий подход и глубокий подход. Respublikada keyingi yillarda barqaror rivojlanishning ustuvor jihatlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarni faoliyatlarini mazmunli tashkil qilinishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Hususan maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrovi darajasini oshirish nuqtai nazaridan qator oliygohlarni ochilishi, pedagog kadrlarni tayyorlash uchun pedagogika oliygohlarini faoliyatlarini mustaqil yolga qo‘yilishi fikrimizning yorqin dalilidir. “Talaba” so‘zining o‘zagi “ilmi tolib” ya’ni, “ilmni katta ishtiyoq bilan talab qiluvchi, fanga qattiq qiziquvchi” ma’nosini anglatadi.Mazkur so‘z “istovchi“ emas, “qattiq turib talab qiluvchi” ma’nosini anglatadi [1]. Lug‘aviy jihatdan mazkur so‘z “o‘ziga berilgan imtiyoz va erkinliklarni katta ishtiyoq va maroq bilan ‘talab’ qiladi” degan ma’noni anglatadi. Leksiologik jihatdan ingliz tilidagi “student” lotin tilidagi “stadium” so‘ziga borib taqaladi. O‘z o‘rnida “studium” so‘zi “qattiq qiziqish, yuksak ishtiyoq” ma’nosini bildirib, undan kelib chiqqan “student” so‘zi esa “fanga qattiq berilish, ilmga to‘liq bog‘lanish” ma’nolarini anglatadi. “Student” so‘zining bir ma’nosi sifatida “ma’lum bir sohaga qiziqishi bor inson, tadqiqotchi” o‘laroq ta’riflanadi (a person who takes an interest in a particular subject:a student of the free market) [2]. Shunday ekan, talabani ilm-fanga oldindan qiziqqan holda uni yanada chuqurroq o‘rganib, teran anglash maqsadida oliy ta’lim muassasasiga kelgan inson sifatida qarash o‘rinli. Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni boshlanishi talabalarda yangi o‘quv muhitiga moslashishni, ko‘nikishni va o‘quv jarayonining umumta’lim maktabi, akademik litseyi yoki kasb-hunar kollejidan tubdan farq qiluvchi talablarini bajarishni taqozo etadi. Har bir talabada oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv muhitini anglashi, moslashishi va qabul qilishi turlicha kechadi. Ba’zi talabalarda oliy ta’limning dastlabki kunlaridan boshlab o‘zini ta’lim muhiti uchun “begona” his qilishi, davlat ta’lim standartlarida berilgan talablar darajasida o‘rganishi murakkabliklar keltirib chiqaradi. Bunda talabalarda o‘z o‘quv faoliyatini rejalashtirish, tizimlashtirish borasida tushunmovchiliklarga duch keladi. Ayrim oliy ta’lim muassasalarida “0 hafataligi”, “tanishuv haftaligi” tashkil etiladi. Bu esa oliy ta’limda o‘qishni endi boshlagan talablar uchun oliy ta’lim o‘quv jarayonining barcha tarkibiy qismlarini tushunishiga va bu orqali o‘zlarining savollariga javob berishga imkon beradi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar ta’lim olishi jarayonida o‘zlarida turli o‘rganish strategiya va texnikalarini rivojlantirib boradi. Ta’limni axborotlashtirish sharoitida buning ahamiyati yanada dolzarb bo‘lib bormoqda. Talabaning o‘z mutaxassisligini 77 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 mukammal o‘rganishi, davlat ta’lim standartlarida belgilangan malaka talablarini bajara olishi ko‘p jihatdan o‘rganish strategiya va texnikalariga bog‘liq. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga kredit-modul tizimini tatbiq etilishi talabaning mustaqilligini ta’minlasa, boshqa tomondan o‘quv jarayonini rejalashtirishda tashkilotchilik qobiliyati bo‘lishini taqozo etadi. Oliy ta’lim tizimidagi islohotlarning pirovard maqsadi ham talabalarning innovatsion ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallari hamda metodlar yordamida yetuk mutaxassis qilib tayyorlashdan iborat. Talabaning o‘rganish uchun sarflagan vaqti va o‘rganish samaradorligi hamisha ham qoniqarli darajada bo‘lmaydi. Bu esa talabalarning o‘rganish strategiya va texnikalarini to‘g‘ri tanlay olmagani, boshqa tomondan professor- o‘qituvchilarning bu xususida yetarli ma’lumot bermagani bilan izohlanadi. Talabalarda o‘quv jarayonida metodik kompetentsiya rivojlanib boradi. O‘rganish strategiya va texnikasi mazkur kompetentsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘rganish jarayoni pedagogik, psixologik, sotsiologik, neyrobiologik jihatdan tadqiq qilinadi. Ahamiyatli jihati shundan iboratki, ta’lim tizimidagi transformatsiya jarayonlari, fan va texnika taraqqiyoti natijasida ma’lumotlar hajmining kengayishi talabalarning intensiv o‘rganishini talab etadi. “Avlodlar almashinuvi [3]” nazariyasiga binoan turli davrda yoshlar turlicha o‘rganish strategiyalari bilan tavsiflanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish lozimki, tanlangan tadqiqot muammosi dolzarb bo‘lib, hozirgi yoshlarning o‘qishga bo‘lgan munosabati, ularning o‘rganishi uchu

Доказательный фрагмент

«Ключевые слова: В статье рассматриваются теоретические основы обучение, стратегий и приемов обучения студентов.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ключевые слова: В статье рассматриваются теоретические основы обучение, стратегий и приемов обучения студентов. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, content of education, place of education, технология, содержание обучения, обучение, strategy, стратегия, texnika, тип обучения, o’rganish mazmuni, место обучения, техника, technology, o’rganish joyi, type of education, methodology, o’rganish, o’rganuvchi, обучающийся, strategiya, o’rganish turi, texnologiya, student
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники