Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Правовые основы выплаты пособий по беременности и родам женщинам, работающим в частном секторе на основе государственного социального страхования: предложения по совершенствованию практики и законодательства
Adolat SETTIEVA
Общество и инновации · 5 · 112-118 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматриваются вопросы организации социальная защита, выплаты пособий по беременности и родам женщинам, социальное страхование работающим в частном секторе на основе в государстве, государственного социального страхования на территории механизмы защиты, бюджетная организация, Узбекистана. Особое внимание уделяется существующим работник юридического проблемам в этой сфере и сложившейся практике. лица, пособие по Выделены практические трудности, возникающие при инвалидности, пособие по выплате пособий женщинам, работающим по трудовым беременности и родам, договорам с субъектами хозяйствования, не пособия, предоставляемые при финансируемыми из государственного бюджета. Также рождении ребенка, обсуждаются правовые и научные аспекты, связанные с возрастные пособия, этими проблемами. предоставляемые В результате проведённых исследований были государством, предложены научно-теоретические рекомендации по пенсии по инвалидности и по случаю потери совершенствованию системы выплаты пособий в будущем. кормильца. 113 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasining 25-moddasiga ko‘ra, har bir inson o‘zining hamda oilasining salomatligi va farovonligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan turmush darajasiga ega bo‘lish, jumladan kiyim-kechak, oziq-ovqat, tibbiy xizmat va zarur ijtimoiy xizmatga ega bo‘lishga hamda ishsizlik, kasallik, nogironlik, bevalik, qarilik yoki unga bog‘liq bo‘lmagan sharoitlarga ko‘ra tirikchilik uchun mablag‘ bo‘lmay qolgan boshqa hollarda ta’minlanish huquqiga ega. Har qanday davlatda ijtimoiy sug‘urta davlat ijtimoiy siyosatining asosiy qismi hisoblanadi. Rivojlangan ijtimoiy sug‘urta tizimi fuqarolarga samarali himoya mexanizmlarini taqdim etadi va shu bilan birgalikda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi hamda jamiyatda ijtimoiy birdamlik muhitini yaratadi. Shu jumladan, O‘zbekistonda ham ijtimoiy sug‘urta tizimi joriy etilgan bo‘lib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar. Shuningdek, davlat ijtimoiy sug‘urtasi hisobidan yuqoriroq darajada ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan shaxslar hisoblangan homilador ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi berilishi belgilangan. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ma’lumotiga asosan 2023-yil holatiga respublika bo‘yicha jami 89 078 nafar ayollar homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqqan, shundan 76 618 nafari davlat sektoriga, 12 460 nafari esa nodavlat sektorga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirda mamlakatimizda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishini borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lishiga qaramasdan, amaliyotda ushbu sohada tizimli muammolar saqlanib qolmoqda. Quyida sohaning joriy holati hamda mazkur yo‘nalishda qo‘llaniladigan normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish masalalari borasida so‘z yuritamiz. Barchamizga ma’lum, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF–87-son Farmoniga muvofiq, byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga Davlat byudjeti hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi (keyingi o‘rinlarda – nafaqa) to‘lanishi belgilangan. Shuningdek, byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga nafaqalar Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda – Nizom deb yuritiladi) asosida tayinlanadi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha 2022-yilning sentyabr-dekabr oylarida byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarning 4 671 nafariga nafaqa ajratilib, Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan jami 9.3 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Shuningdek, 2023-yilning yanvar-iyul oylarida esa, 9 523 nafariga nafaqa ajratilgan va Jamg‘arma hisobidan jami 18.9 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Bundan tashqari amaliyotda, soha faoliyatida quyidagi kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotganini ham qayd etish joiz. 114 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 07 (2024) / ISSN 2181-1415 Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini t
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматриваются вопросы организации социальная защита, выплаты пособий по беременности и родам женщинам, социальное страхование работающим в частном секторе на основе в государстве, государств…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматриваются вопросы организации социальная защита, выплаты пособий по беременности и родам женщинам, социальное страхование работающим в частном секторе на основе в государстве, государств… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social protection, problems are also discussed, disability benefit, социальная защита, social insurance in the state, механизмы защиты, возрастные пособия, bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari, age benefits provided by the state, предоставляемые при рождении ребенка, предоставляемые государством, davlatda ijtimoiy sug‘urtasi, пособие по беременности и родам, социальное страхование в государстве, работник юридического лица, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari, пособия, byudjet tashkiloti, disability pensions and survivor's pensions, employee of a legal entity, бюджетная организация, budgetary organization, пенсии по инвалидности и по случаю потери кормильца, himoya mexanizmlari, davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, protection mechanisms, yuridik shaxsda ishlovchi xodim, maternity benefit, mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ijtimoiy himoya, пособие по инвалидности, benefits provided at the birth of a child
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024