Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Инновационные технологии в судебно-экспертной деятельности
Zulfukorov ABDUVAKHOB
Общество и инновации · 5 · 62-68 · 2024
Аннотация
Ключевые слова: В статье рассматривается влияние инновационных судебная экспертиза, технологий на процесс проведения судебных экспертиз. судебная экспертология, Особое внимание уделено перспективным направлениям в судебно-экспертная судебно-экспертной деятельности, среди которых особо деятельность, инновации, выделяются 3D-технологии, нанотехнологии и инновационные использование искусственных нейронных сетей. Внесены технологии, предложения по расширению возможностей судебной искусственный интеллект. экспертизы, которые позволят решать задачи, ранее считавшиеся невыполнимыми, что качественно изменит работу судебных экспертов под воздействием инновационных технологий. Innovatsion jarayonlar sud-ekspertlik faoliyati sohasiga tobora ko‘proq kirib bormoqda. Huquqni muhofaza qilish amaliyotiga shaxs, jamiyat va davlatning turli tahdidlarga qarshi kurashishda muvaffaqiyatli yordam berish uchun sud ekspertizasi o‘zining ilmiy-texnik arsenalini doimiy ravishda takomillashtirishi va boyitib borishi kerak. Sud-ekspertlik faoliyati rivojlanishining tarixiga nazar solinsa, innovatsion texnologiyalar ushbu faoliyatni to‘lig‘icha qamrab olganligini ko‘rish mumkin. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida: “Innovatsiya (ing. innovatsion – kiritilgan yangilik, ixtiro) – 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta’minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag‘lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg‘or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo‘llanilishi” deb ta’kidlangan [1, B.199]. Sud ekspertizasining paydo bo‘lishi nafaqat huquqiy fanlar, balki fan va texnikaning ayrim tarmoqlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq, chunki sud ekspertizasining turkumlari va turlarining, shuningdek, yangi tadqiqot uslublarining shakllanishi fan va texnologiyalar kashfiyotlariga asoslanadi. Bir qator yangi sud ekspertizalari, birinchi navbatda ekspertiza obyektiga aylangan texnik vositalar va ikkinchidan, ularni tadqiq qilish uchun mo‘ljallagan texnik vositalarni yaratishga imkon bergan texnologik taraqqiyot natijasida yaratilgan turli asbob-uskunalar va qurilmalar yordamidagina shakllanishi mumkin edi [2, S.27]. Ammo innovatsion texnologiyalar nafaqat sud-ekspertlik faoliyatini, balki sud ekspertiza nazariyasini (sud ekspertshunosligi) fan sifatida shakllantirish va rivojlantirishda katta rol o‘ynadi. Sud ekspertshunosligi ilmiy kashfiyotlar va yangi texnologiyalarga tayanib va ularni o‘ziga singdirib, ilmiy g‘oyalarni aniq bir sud ekspertining faoliyatida amaliy qo‘llaniladigan natijalarga aylantiradi. Innovatsion texnologiyalarning sud ekspertshunosligining butun tuzilishiga va uning har bir alohida elementiga ta’sirini tahlil qilib, quyidagilarni ta’kidlash mumkin: Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida ilgari mavjud bo‘lmagan yangi hamda mavjud bo‘lsa-da, endilikda tegishli o‘zgarishlarga uchragan obyektlarning paydo bo‘lishi yangi xususiyatlarni kashf etishga va ushbu xususiyatlarning yangi belgilarini namoyon bo‘lishiga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida sud ekspertizasining yangi turkumlari va turlarining paydo bo‘lishi va rivojlanishiga olib keladi. 63 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Issue – 5 № 4 (2024) / ISSN 2181-1415 Umuman olganda, fan, texnika va texnologiyaning rivojlanish darajasi, ilmiy ma’lumotlarning doimiy o‘sishi va takomillashishi, ilmiy bilimlarni o‘zaro integratsiyasi (uyg‘unlashuvi) va farqlanish jarayonlari sud ekspertshunosligi, sud ekspertizasining turkumlari va turlarini shakllantirish hamda rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. XX asrning oxiridan boshlab, fuqarolik muomalasida masofadan boshqariladigan modellar tobora keng tarqaldi, ular orasida foydalanish darajasi kundan-kunga ortib borayotgan uchuvchi qurilmalar ayniqsa keng tarqalgan: vertolyotlar, kvadrokopterlar va boshq. XXI asrning boshlariga kelib esa uchuvchisiz uchadigan apparatlari (dronlar) bolalar uchun o‘yinchoqlarga aylanmoqda. Ular operatorlar, jurnalistlar, blogerlar tomonidan video tasvirga olishda keng foydalanilmoqda. Qutqaruvchilar bu kabi apparatlardan favqulodda vaziyatlarda yordam berish uchun, olimlar esa ilmiy tadqiqotlarda ma’lumotlarni to‘plash va qayd etish uchun foydalanadilar. Ammo dronlar qo‘llanilayotgan shaxsiy va ijtimoiy foydali sohalarning kengayishi bilan bir vaqtda ularga qonuniy chora qo‘llash holatlari ham uchrashi mumkin. Jumladan: “Har bir insonning o‘z huquqlari bor: so‘z erkinligi, saylash va boshqalar. Lekin o‘zgalarning ham huquqlari borda. Odam o‘zining huquqlarini amalga oshirayotgan paytda o‘zgalarning huquqlariga daxl qilmasligi kerak. Hozirgi sharoitda tinchlikni saqlash – pirovard masala. Dunyodagi geosiyosiy vaziyat, notinchlikni hammamiz ko‘rib turibmiz, bu hech kimga sir emas. Dronlarni taqiqlab qo‘yish yoki qandaydir cheklov qo‘yish bu – ularning huquqlariga daxl qilish, degan masalaning o‘zi sal noto‘
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В статье рассматривается влияние инновационных судебная экспертиза, технологий на процесс проведения судебных экспертиз.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В статье рассматривается влияние инновационных судебная экспертиза, технологий на процесс проведения судебных экспертиз. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- forensic expertise, activities of forensic experts under the influence of innovations, судебная экспертология, forensic expert science, судебно-экспертная деятельность, forensic activity, sud ekspertizasi, судебная экспертиза, инновационные технологии, инновации, sud-ekspertlik faoliyati, innovatsiyalar, искусственный интеллект, innovations, sun’iy intellekt, artificial intelligence, innovative technologies, sud ekspertshunosligi, innovatsion texnologiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024