Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNING NUTQIY RIVOJLANISHIDA VOKAL SAN’ATINING O’RNI
Ikromova Farangiz Yigitali qizi
Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026
Аннотация
In this article, the role of vocal art and its importance in the speech development of children with mental disabilities is discussed in detail. With this, detailed information about the methods and means of working with these children is given. Key words: speech defect, autism, child psychology, vocal, melody, rhythm, theater, song. Аннотация: В данной статье подробно рассматривается роль вокального искусства и его значение в речевом развитии детей с нарушениями психического развития. При этом дается подробная информация о методах и средствах работы с этими детьми. Ключевые слова: дефект речи, аутизм, детская психология, вокал, мелодия, ритм, театр, песня. Bugungi kunda jamiyat hayotida aqlan imkoniyati cheklangan bolalarning safi tobora kengayib bormoqda. Yurtboshimiz tomonidan bunday bolalar uchun keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan, ular uchun maxsus maktab hamda bog’chalar mavjud. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning jamiyatda o’z o’rnini topishi va ta’lim olishida yechimini kutayotgan muammolar talaygina. Hozirgi davrda imkoniyati cheklangan bolalarning ruhiy psixologik hamda aqliy rivojlanishi uchun ta’lim berishning turli usul va vositalari mavjud. Imkoniyati cheklangan bolalarning atrof muhit bilan kommunikatsiya o’rnatishida san’at turlaridan biri hisoblangan vokal janrining o’rni alohida ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, ruhan imkoniyati cheklangan yohud autism tashxisi bilan aziyat chekadigan bolalarda ko’pincha nutq nuqsoni mavjudligi xohishlarini ifodalay olmasligi o’z qobig’iga o’ralib olishi ularning asosiy belgilaridan biridir. Mutaxasislarning fikricha, maktabgacha yosh - musiqiy qobilyatlarni 11 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference shakllantirish uchun asosiy davr hisoblanadi. Ayniqsa nutqida nuqsoni mavjud bolalarda nutqni rivojlantirish eng asosiy vazifadir. Nutq tovushlari nafas olish, fonatsiya ya’ni tovush ishlab chiqarish va artikulyatsiya tomoq, tanglay, til va lablar harakati o’z ichiga olgan bir qator aniq muvofiqlashtirilgan mushak harakatlaridan kelib chiqadi. Mushaklar harakati miya tomonidan boshqariladi. Nutq eshitish bilan birga keladi. Nogiron bolalarning muammolari orasida quyidagi beixtiyor harakatlar mavjud. Masalan, yangi joydan qo’rqish, begonalar bilan muloqot qilishdan qochish, oyoq uchida harakatlanish, beixtiyor stimulyar harakatlar, o’z o’qi atrofida aylanish, nutqning buzilishi, bee’tiborlik, o’z ismiga reaksiya yo’qligi, ko’z qiri bilan qarashi va hokazolar. Bunday bolalarda onomatopiya, bo’g’inli kuylash va eng oddiy ohanglarning intonatsiyasi bo’yicha ijro etish ko’nikmasi yetishmaydi. Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ishlash jarayoni birmuncha murakkab bo’ladi. Imkoniyati cheklangan bolalarda nutq nuqsonini bartaraf etish ko’proq vaqt talab qiladi. Quyida ular bilan ishlash jarayonining bosqichma bosqich tavsifi keltirilgan: Nafas mashqlari: bunda bolaning holati inobatga olingan holda u bilan bir qancha nafas mashqlari olib borish mumkin. Dastlab bolaning yoshi va xulqidan kelib chiqib ushbu jarayonni qiziqarli olib borish mumkin. Xususan, qog’ozlarni mayda bo’laklarga bo’lgan holda tarelkaga solinadi va bolaga puflatiladi. Bola qog’oz bo’laklarining atrofga yoyilganidan quvonib bu mashqni qayta-qayta takrorlaydi. Shuni unutmaslik kerakki, nafaqat aqlan zaif balki sog’lom bolalarning ham nutqini rivojlantirishda aynan nafas mashqlari katta ahamiyatga ega. Ushbu jarayonning yana bir turi maxsus puflagichlardan foydalanishdir. Misol uchun musiqa cholg’u asboblaridan nay, kselofon, saksafon va hokazolar. Bola puflaganda chiqqan tovushdan zavqlanadi. Keyingi jarayon til mashqlari; bunda bola tilini tashqariga chiqargan holda uni ikki yonga tepaga pastga aylantirish orqali turli mashqlar bajaradi. Albatta aqlan imkoniyati cheklangan bola bilan bunday mashqlar bajarish birmuncha murakkab bo’lishi mumkin, ammo uni bu jarayonga qiziqtirish pedagogning mahoratidan kelib chiqib o’tkaziladi. Navbatdagi bosqich bu ovoz sozlash mashqlari: bunda bolaning nutqidagi mavjud tovushlardan foydalangan holda shunga mos ravishda turli xil ko’rinishdagi ovoz sozlash mashlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Albatta bu jarayonda ham bolaning yosh xususiyati va xulqi inobatga olinishi zarur. Yuqorida keltirib o’tilgan tavsiyalar nafaqat aqlan zaif balki sog’lom ammo duduqlanish kabi nutqiy muammosi mavjud bolalar uchun nutq terapiyasi ya’ni 12 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference bu muolaja bilan nutqni sekinlashtirishi va duduqlanishini tushunishi nutqni ravonligini oshirish uchun foydalanish ham mumkin. Albatta qisqa vaqt ichida bunday muammoni bartaraf etish mushkul. Ammo turli xil mashqlar davomida shunday muammolarga korreksiyalanish hamda, moslashish mumkin. O’z navbatida hammani bir savol qiynaydi. Nega bugungi kunda jamiyatda bolalarning nutqi chiqishi sekinlashib bormoqda yoki umuman rivojlanmay qoladi? Buning asosiy
Доказательный фрагмент
«In this article, the role of vocal art and its importance in the speech development of children with mental disabilities is discussed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the role of vocal art and its importance in the speech development of children with mental disabilities is discussed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- speech defect, autism, child psychology, vocal, melody, rhythm, teatr, bola psixologiyasi, nutqiy nuqson, ritm, autizm, qo’shiq., vokal, ohang
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024