Цифровая экономикаMARKETING STRATEGIES, Shadieva Madina Djaloliddin kizi2026
VOKAL IJROCHILIK KO’NIKMALARINING NAZARIY VA TARIXIY ASOSLARI
MANAGEMENT AND ECONOMY · Ikromova Faramgiz
Решение социальных проблем в управлении и экономике · 5 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi. Shu bilan birga vokal san’atining nazariy asoslari haqida fikr yuritilgan. Kalit so’zlar: vokal, opera, libretto, diapazon, oratoriya, kantata O‘zbek musiqa madaniyati qadim davrlardan buyon boy va serjilodir. Vokal san’ati o‘zbek musiqa san‘atida muhim ahamiyat kasb etib ko’p asrlardan buyon xalqimiz qalbidan chuqur o‘rin olib, rivoj topib kelmoqda. Musiqani ovoz bilan ijro etish, musiqiy asarning mazmunini qo‘shiq ovozi orqali yetkazish bu vokal san‘atidir. Shuni ham aytib o‘tish joziki, ushbu san‘at eng qadimgi san‘at turlaridan biridir. Vokal bu qo’shiq, romans akapella cholg‘u jo‘rligida yoki jo‘rsiz kuylash uchun mo‘ljallangan musiqadir. Vokal mukammalligi o’z navbatida diapazonning eng quyi notadan tortib eng avj qismigacha bo'lgan notalar uyg'unligi bilan qiyoslanadi. “Vokal” so‘zining asl ma’nosi bizda qadimdan mavjud bo’lgan qo’shiq, ashula degan musiqiy atamalarga to‘g‘ri keladi. Shunga ko‘ra “vokal” tarixiy ijtimoiy, madaniy-marifiy jarayonlarning ajralmas bir bo‘lagi sifatida qadim zamonlardan beri yashab kelyapti. O‘zbek xalqi madaniy hayotiga XIX asrning ikkinchi yarmidan kirib kelib, san‘at janrini ifodalay boshlagan vokal tushunchasi Yevropada uzoq tarixga ega bo‘lib, uning negizi antik davr diniy marosimlari ijro jarayoniga borib bog‘lanadi . Vokal musiqasi tarixi quyidagi muhim bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1. Qadimiy davrlar: Vokal musiqasi qadimiy davrlarda, xususan, Mesopotamiya, Misr va Gretsiyada paydo bo'lgan. Ushbu davrlarda diniy marosimlar va xalq bayramlarida vokal ijrochiligi keng tarqalgan. 2. O'rta asrlar: Bu davrda cherkov musiqasi, xususan, Gregorian xonandalari ijodi rivojlandi. Vokal musiqasi diniy marosimlarda asosiy rol o'ynagan va polifonik vokal asarlar paydo bo'la boshlagan. 3.Renessans davri: XV asrlarda vokal san’ati yanada rivojlandi. Polifonik uslublar keng tarqaldi, kompozitorlar, masalan, Josquin des Prez va Giovanni Palestrina kabi ijodkorlar, murakkab vokal asarlarni yaratdilar. 4.Barokko davri: XVII asrda vokal musiqasi opera va oratoriya shaklida yangi bosqichga o'tdi. Kompozitorlar, masalan, Claudio Monteverdi va Jon 57 SOLUTION OF SOCIAL PROBLEMS IN MANAGEMENT AND ECONOMY International scientific-online conference Sebastian Bax, vokal musiqaning yangi shakllarini yaratdilar, bu esa vokal ijro san'atining rivojlanishiga olib keldi. 5.Klassik davr: XVIII asrda Yozef Gaydn, Volfgang Amadey Mozart va Lyudvig van Betxoven kabi kompozitorlar vokal san’atini yanada rivojlantirdilar. Opera va kantata janrlari kengayib ularda vokal musiqasi ohangining xilma- xilligi oshdi. 6.Romantik davr: XIX asrda vokal musiqasi yangi ifoda shakllarini qabul qildi. Kompozitorlar, Shubert, Vagner va Verdi, vokal musiqaga chuqur hissiyotlar va dramatik elementlar kiritdilar. 7.XX asr va zamonaviy davr: Bu davrda vokal musiqasi turli janrlarga, jumladan, jazz, pop va rok kabi yangi uslublarga bo'linib ketdi . Vokal tarixiga nazariy adabiyotlarning guvohlik berishicha, Yevropa mamlakatlarida vokalning markazi va tarixiy jihatdan eng qadimiysi Italiya hisoblanadi. Milodiy birinchi asrdan boshlab Yevropaning madaniyat markazlaridan biri bo‘lgan Italiyada ilk bor masihiylik e‘tiqodi, shu asosda masihiylik cherkovlari va diniy marosimlar tizimi paydo bo‘ldi. Ushbu tizimda ham, asosan, so‘z ritmi uyg‘unligida ijro etilgandagina diniy marosim to‘laqonli amalga oshadi, degan an‘ana davom ettirildi. Diniy marosim shakllariga qarab yunonlar dastlab ibodatlarini musiqa jo’rligida yoki akapella tarzida ijro etganlar. Eng muhimi, ibodat marosimlari qay tarzda ijro etilishidan qat‘iy nazar so‘z ritm bilan uyg‘unlashib kelganki, bu keyinchalik biz bugungi kunda vokal deb nomlayotgan janrga poydevor vazifasini bajargan. Bu dalil vokal san‘atining asosi diniy marosimlarda kuylangan musiqalar, qo’shiqlar ekani haqida yuqoridagi fikrlarni asoslashi bilan bir qatorda, zamonaviy vokal san‘atining o‘chog‘i nima uchun Italiya bo‘lganligi tog‘risidagi savollarga ham javob beradi. Shuning uchun ham, vokal tarixining umumiy tasnif etganimizda ro‘yxatning boshida Italiya vokal maktabi keladi. Yevropa vokal san‘atining shakllanishi va taraqqiyotida qadimgi Italyan vokal maktabi asoschilari Petrov Tozi, Jiambattista Manchini, Jo‘zeffo Sarlino, L.Yudoviko Sakkoni, Juliyo Kachchini (XVI-XVII asr) xizmatlari katta. Chunki vokal san‘ati tarixida vokal nazariyasi va amaliyotini uyg‘un holatda olib borgan shaxslar ham talaygina. Bunga misol sifatida Manuel Garsia, M.I.Glinka, F.I.Shalyapinlarni keltirish mumkin. Oʻzbekistonda vokal musiqasi san’atining asoslarini oʻrganar ekanmiz jahon xonandalik maktablari tarixiga nazar tashlashimiz lozim. O’zbekistonga vokal san’atining kirib kelishi. Yurtimizda dastlab vokal san’ati rus xonandalik maktabiga tayangan holda shakllana boshladi. O’ziga xosligi bilan ajralib turgan Oʻziga xoslikni avaylagan holda rus xonandaligi 58 SOLUTION OF SOCIAL
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada vokal san’atining kelib chiqish tarixi, uning rivojlanishi, hamda musiqada tutgan o’rni haqida atroflicha so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- opera, libretto, oratoriya, vokal, kantata, diapazon
Смежные источники
Авторефераты диссертацийYavmutov Dilshod ShoyimardonkulovichНомер УДК:330.332.1(575.146)2026
Лучшие интеллектуальные исследованияMuxammadjonov Asadbek Dilshodjon o‘g‘li2025
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021