К содержанию
РецензированоUZ2026

“INNOVATSION YONDASHUVLAR ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH”

Djumabayeva Kamola Abdurasul qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini oshirish zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu jarayon o‘quvchilarda matnni tushunish, tahlil qilish, asosiy g‘oyani ajratib olish va o‘z fikrini mustaqil ifodalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada ta’lim jarayoniga interaktiv metodlar, raqamli resurslar, o‘yin texnologiyalari, loyihaviy ta’lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari yoritiladi. Innovatsion yondashuvlarning boshlang‘ich ta’limdagi afzalliklari sifatida o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirish, individual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil o‘rganishga qiziqishini kuchaytirish kabi omillar ko‘rsatib o‘tiladi. Shu bilan birga, maqolada o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar, metodik tavsiyalar va muvaffaqiyatli tajribalar tahlili ham keltiriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini samarali rivojlantirish imkonini beradi va ularning kelajakdagi o‘quv faoliyati uchun mustahkam poydevor yaratadi. Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiyalar, boshlang‘ich ta’lim, o‘qish savodxonligi, o‘qish kompetensiyasi, interaktiv metodlar, raqamli resurslar, ta’limda AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), loyihaviy ta’lim, o‘quvchilar faoliyati. Bugungi kunda ta’lim sohasida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishda yangi, innovatsion yondashuvlarni talab qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘qish kompetensiyasini shakllantirish o‘quvchilarning keyingi bilim olish faoliyatining asosi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. O‘qish savodxonligini rivojlantirish — bu faqat matnni o‘qish emas, balki uni chuqur tushunish, asosiy ma’noni ajratish, tahlil qilish va o‘z fikrini mustaqil ifodalash kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdir. 174 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Innovatsion texnologiyalar va interaktiv metodlarning ta’lim jarayoniga joriy etilishi o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ularning individual va ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda zamonaviy innovatsion yondashuvlarning o‘rni va imkoniyatlari tahlil qilinadi hamda amaliy tajribalar asosida samarali metodik tavsiyalar beriladi. O‘quvchilarning o‘qish savodxonligini rivojlantirish zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish bilan bevosita bog‘liqdir. Innovatsion yondashuvlar, xususan, interaktiv metodlar, raqamli resurslar va o‘yin texnologiyalari o‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, matn bilan faol ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkonini beradi [1,15]. Interaktiv metodlardan foydalanish orqali o‘quvchilarning matnni anglash, asosiy fikrni aniqlash va xulosalar chiqarish kabi faoliyatlari faollashadi [5, 22]. Raqamli resurslar, xususan, elektron darsliklar, o‘quv ilovalari va multimediali platformalar yordamida o‘quvchilarning mustaqil ishlash imkoniyatlari kengayadi [8, 10]. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Loyiha asosida ta’limni tashkil etish o‘quvchilarning mustaqil izlanish, tanqidiy fikrlash va guruhda ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi [11,22 ]. Ta’limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish o‘quvchilarning informatsion savodxonligini oshirib, o‘qish kompetensiyasining shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi [12, 18]. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning motivatsiyasini oshirib, ularni mustaqil o‘rganishga undaydi [10, 50]. Amaliy mashg‘ulotlar va tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin texnologiyalari va interaktiv metodlar yordamida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi sezilarli darajada oshadi [9, 25]. Shuningdek, raqamli platformalarda matn bilan ishlash mashqlari o‘quvchilarning o‘z fikrini aniq va asosli bayon etish ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi [7, 61]. Bundan tashqari, integrativ yondashuvlar ham o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, o‘qish darslarini boshqa fanlar — tabiatshunoslik, ijtimoiy fanlar, san’at va texnologiya bilan integratsiya qilish orqali o‘quvchilarda matn mazmunini amaliy faoliyat bilan bog‘lash, 175 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference kontekstda tushunish va ko‘pyo‘nalishli fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish mumkin [3,55]. Innovatsion yondashuvlar shuningdek, refleksiya usullaridan foydalanish imkoniyatini ham kengaytiradi. Har bir d

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
o‘quvchilar faoliyati., raqamli resurslar, o‘qish savodxonligi, loyihaviy ta’lim, ta’limda AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari), interaktiv metodlar, boshlang‘ich ta’lim, o‘qish kompetensiyasi, innovatsion texnologiyalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти