Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI BOSHQARUV
EDUCATION SYSTEM · RAQAMLI BOSHQARUV · Islomjon Nurmukhammadov · Namangan Texnika Unversiteti -kurs doktaranti · ASOSIY QISM
Наука и инновации в системе образования · 2026
Аннотация
Ushbu tezisda raqamli boshqaruv tizimlarining iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi va sanoat sohalaridagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida boshqaruv jarayonlari yanada avtomatlashtirilmoqda, shaffoflik, tezkorlik va samaradorlik darajasi oshmoqda. Tezisda turli sektorlar misolida raqamli boshqaruv tizimlarining afzalliklari va ularga xos muammolar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Raqamli boshqaruv, elektron hukumat, avtomatlashtirish, raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, IoT, sanoat 4.0, ma’lumotlar tahlili. Raqamli texnologiyalar zamonaviy boshqaruvning ajralmas tarkibiy qismiga aylangan. Bugungi global raqobat sharoitida iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlar samaradorligini ta’minlashda raqamli boshqaruv mexanizmlarining ahamiyati tobora ortib bormoqda. Boshqaruv tizimining raqamli transformatsiyasi orqali inson resurslaridan oqilona foydalanish, moliyaviy xarajatlarni kamaytirish va operativ qarorlar qabul qilish imkoniyati kuchayadi. Ayniqsa, “raqamli iqtisodiyot”, “elektron hukumat” va “aqlli shahar” kabi konsepsiyalar bu boradagi yondashuvlarni yangilashga turtki bo‘lmoqda. ASOSIY QISM Raqamli boshqaruvning eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu — davlat sektorida “raqamli hukumat” konsepsiyasini joriy etishdir. Elektron xizmatlar orqali aholiga hujjatlarni rasmiylashtirish, soliq to‘lovlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish kabi jarayonlar avtomatlashtirilmoqda. Bu esa, byurokratiya darajasini kamaytirish, korrupsiya xavfini pasaytirish va fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qilmoqda. Masalan, O‘zbekistonning “my.gov.uz” portali orqali 300 dan ortiq xizmat onlayn taqdim etilishi bu yo‘nalishda sezilarli yutuqdir. Raqamli boshqaruv “Sanoat 4.0” konsepsiyasi doirasida ishlab chiqarish jarayonlariga chuqur kirib bormoqda. IoT (Internet of Things), sun’iy intellekt va “aqlli tizimlar” yordamida ishlab chiqarish liniyalari real vaqt rejimida boshqarilmoqda [1]. Bu mahsulot sifatining yaxshilanishi, texnik nosozliklarning oldini olish va resurslar tejalishini ta’minlaydi. Misol uchun, Germaniyada ishlab chiqaruvchilar avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlari orqali har bir 184 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online conference detalni individual kod orqali kuzatmoqda, bu esa sifat nazoratini maksimal darajaga olib chiqmoqda. Raqamli boshqaruvning sog‘liqni saqlashdagi o‘rni pandemiya davrida yaqqol ko‘zga tashlandi. Elektron tibbiy karta, masofaviy diagnostika, “telemeditsina” kabi xizmatlar orqali bemor va shifokor o‘rtasidagi muloqot tezlashdi. AI asosida yaratilgan algoritmlar orqali kasallikni dastlabki bosqichda aniqlash, sog‘liq holatini monitoring qilish va statistik tahlillarni yuritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa, sog‘liqni saqlash tizimini rejalashtirish va boshqarishda yangi bosqichga olib chiqmoqda. Raqamli texnologiyalar ta’lim tizimida ham tub burilish yasamoqda. Masofaviy ta’lim, elektron kundaliklar, onlayn test tizimlari va bilimlarni sun’iy intellekt asosida baholash vositalari orqali ta’lim jarayoni interaktiv va monitoringga yaroqli bo‘lmoqda. Bu esa o‘quvchilarning individual yondashuv asosida o‘qitilishiga, pedagoglarning esa real vaqtda tahlil asosida metodik yondashuvlarini moslashtirishiga imkon beradi. Ayniqsa, pandemiya sharoitida raqamli ta’lim platformalari butun dunyo bo‘yicha asosiy o‘quv maydoniga aylandi [2]. Aqlli boshqaruv texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda. Dronlar yordamida ekin maydonlarining holati monitoring qilinadi, agrotexnik tadbirlar masofadan boshqariladi, hosildorlik oldindan prognoz qilinadi. Ekologik monitoringda esa raqamli datchiklar va ma’lumotlar tahlili vositalari havoning ifloslanish darajasini real vaqt rejimida baholashga imkon bermoqda. Bu esa, muammolarning oldini olish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi global iqtisodiy muhitda raqamli boshqaruv vositalari iqtisodiyotni samarali boshqarish, tavakkalchiliklarni kamaytirish va resurslardan optimal foydalanishni ta’minlashda muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda. Raqamli iqtisodiy modelda axborot oqimlari, ma’lumotlar bazalari va analitik algoritmlar orqali real vaqt rejimida iqtisodiy jarayonlarni kuzatish va prognozlash mumkin bo‘lmoqda. Ayniqsa, makroiqtisodiy indikatorlar — yalpi ichki mahsulot (YaIM), inflyatsiya darajasi, investitsiyalar hajmi, eksport-import muvozanati — to‘g‘risida yangilanib turuvchi raqamli ko‘rsatkichlar asosida hukumatlar iqtisodiy siyosatni tez va aniq shakllantirish imkoniga ega bo‘lishmoqda. Misol uchun, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida davlat statistikasi, soliq boshqaruvi va investitsiya monitoringi kabi yo‘nalishlarda raqamli platformalar joriy etilmoqda. Bu esa, 185 SCIENCE AND INNOVATION IN THE EDUCATION SYSTEM International scientific-online con
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda raqamli boshqaruv tizimlarining iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi va sanoat sohalaridagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda raqamli boshqaruv tizimlarining iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash, davlat boshqaruvi va sanoat sohalaridagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- elektron hukumat, IoT, raqamli transformatsiya, avtomatlashtirish, ma’lumotlar tahlili., Raqamli boshqaruv, sanoat 4.0, sun’iy intellekt
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025