Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Организация медицинских учреждений и их управление в Ферганской области (конец XIX века - начало XX века)
Azizbek BADALOV (Organization of medical institutions and their) · Keywords: -/© in Science LLC. (main problems of the first medical institutions are considered.)
Общество и инновации · 4 · 33-40 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В конце XIX века – начале ХХ века на территории Туркестан, Туркестана, в частности в Ферганской области, происходит Ферганская область, создание европейских лечебных учреждений – лечебное учреждение, фельдшерских амбулаторий, женских больниц и их больница, администрация, управление. В статье на основе анализа архивных колониализм. материалов, периодической печати и научной литературы рассмотрена деятельность и основные проблемы первых лечебных учреждений. XIX asrning ikkinchi yarmi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida keskin va fojiali burilish yasagan, murakkab va ziddiyatli davr bo‘ldi. Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari oqibatida o‘lkada mustamlakachilikka asoslangan yangi huquqiy, siyosiy va ijtimoiy- iqtisodiy munosabatlar tizimi shakllantirildi. 1876-yilda Qo‘qon xonligining tugatilishi munosabati bilan markazi Yangi Marg‘ilon (keyinchalik Skobelev, hozirgi Farg‘ona) shahri bo‘lgan Farg‘ona viloyati tashkil qilindi. Uning hududida Andijon, Namangan, Qo‘qon, Marg‘ilon, O‘sh uyezdlari bo‘lib, ularning ma’muriyati Turkiston general-gubernatori tomonidan tayinlangan harbiy gubernatorlar tomonidan boshqarilar edi. Hududni tashkillashtirish tizimida eng quyi bo‘g‘in – bo‘lis (volost) hisoblanardi [1. B. 42–44]. XIX asrning 60-yillaridan boshlab Rossiya imperiyasi tomonidan Turkiston o‘lkasida joylashtirilgan harbiy qismlar va yangi tashkil qilingan aholi punktlarida tibbiy holatni nazorat qilish, mahalliy aholi o‘rtasida epidemik kasalliklarga qarshi kurashish va oldini olish maqsadida yevropacha tibbiyot muassasalari tashkil qilina boshladi. 1876-yildan boshlab Farg‘ona viloyatining yirik shaharlarida rusiyzabon va mahalliy aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish maqsadida ambulator shifoxonalar ochish masalasi ko‘tarila boshladi. Buning natijasida, 1882-yilga kelib Farg‘ona viloyatida 7 ta, jumladan, Yangi Marg‘ilonda (hozirgi Farg‘ona) 20 o‘rin, Marg‘ilonda 15 o‘rin, Qo‘qonda 20 o‘rin, Chustda 5 o‘rin, Namanganda 10 o‘rin, Andijonda 15 o‘rin va O‘shda 5 o‘rin, jami 90 o‘ringa ega bo‘lgan ambulator shifoxonalar faoliyat ko‘rsatishni boshlagan [2]. Dastlabki yillarda ushbu ambulator shifoxonalar ijaraga olingan, shaharlarning aholi qatnoviga qulay markaziy ko‘chalaridagi xonadonlarda joylashgan. Misol uchun, O‘sh shahridagi ambulator shifoxonasi uchun shaharning Ye kvartali №11 uyda joylashgan xonadon ijaraga olingan. O‘sh uyezdi boshlig‘i Ionov va xonadon sohibi, podpolkovnik Nosovlar o‘rtasida 400 rubl evaziga ushbu xonadonni 1882-yil 20-sentabrdan 1883-yil 20-sentabriga qadar O‘sh ambulator shifoxonasi uchun ijaraga berish to‘g‘risida shartnoma imzolangan [3]. Keyinchalik viloyatdagi barcha uyezdlarda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ambulatoriyalar uchun maxsus binolar qurish boshlangan. Qurilish ishlari tender asosida tashkil qilinib, mahalliy tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan. Chunonchi, Turkiston general-gubernatorligi Devonxonasining 1885-yil 16-avgustdagi ma’lumotnomasida yozilishicha, Namangan shahrida shifoxona qurilishi uchun marg‘ilonlik tadbirkor Karim Shamsutdinov bilan 12500 rubllik shartnoma tuzilgan [4]. 34 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 06 (2023) / ISSN 2181-1415 Shifoxonalar chet davlatlardan keltirilgan tibbiy asbob-anjom va jihozlar bilan ta’minlangan. Jumladan, 1877-yilda Sankt Peterburg shahridagi tibbiy asbob-anjomlar do‘konidan Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun jami 14 turdagi 99 adad tibbiyot anjomlari sotib olingan va ular mustahkam qutilarda keltirilib, uyezd shifokorlariga taqsimlab berilgan [5]. 1886-yil 12-iyunda tasdiqlangan “Turkiston o‘lkasini boshqarish to‘g‘risida”gi Nizomiga asosan 14 ta uyezdda uyezd shifokori lavozimi ta’sis etilishi mintaqada sog‘liqni saqlash tizimi shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi [6. B. 996]. Nizomga asosan, uyezd shifokoriga 1500 rubl, uning tarjimoniga 180 rubl va uyezd feldsheriga 360 rubl yillik ish haqi belgilandi. Bundan tashqari, 1906-yilgacha uyezd shifokoriga uning sud-tibbiyot ekspertizalarini o‘tkazish uchun qilinadigan safar xarajatlari uchun yillik 300 rubl qo‘shimcha ish haqi to‘langan [7]. 1886-yil 30-sentabrda “Farg‘ona viloyati shahar kasalxonalari to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilinib, Qo‘qon, Andijon, Namangan, O‘sh va Yangi Marg‘ilon (hozirgi Farg‘ona) shahar kasalxonalari hamda Marg‘ilon va Chust shaharlarida ambulatoriyalar tashkil etilgan[8]. Bu kasalxonalarda o‘tkir va surunkali kasalliklarga chalingan mahalliy va yevropa millatiga mansub aholi qabul qilinib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va tibbiy maslahat hamda dori-darmonlar berish bepul tarzda amalga oshirilgan. Kasalxonani boshqarish, bemorlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish kasalxona shifokori (uyezd shifokori)ning majburiyati hisoblangan. Shifokor tibbiyot bo‘limini boshqarish bilan birga feldsherlikka qiziqqan layoqatli mahalliy yoshlarda tibbiy malaka shakllantirish mas’uliyatini ham o‘z zimmasiga olgan. Shahar kasalxonalari nizomiga
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В конце XIX века – начале ХХ века на территории Туркестан, Туркестана, в частности в Ферганской области, происходит Ферганская область, создание европейских лечебных учреждений – лечебное учреждение, ф…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В конце XIX века – начале ХХ века на территории Туркестан, Туркестана, в частности в Ферганской области, происходит Ферганская область, создание европейских лечебных учреждений – лечебное учреждение, ф… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- 2181-1415/© 2023 in Science LLC, Turkiston, mustamlakachilik, лечебное учреждение, Ферганская область, Ferghana region, больница, администрация, hospital, boshqaruv, колониализм, shifoxona, tibbiy muassasa, Turkestan, administration, colonialism, Туркестан
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024