Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Некоторые теоретические и практические аспекты института парламентского контроля в условиях демократизации
Zarina ABDURASHIDOVA (Some theoretical and practical aspects of the institute of)
Общество и инновации · 4 · 168-173 · 2023
Аннотация
Ключевые слова: В данной статье рассматриваются и анализируются парламент, теоретические основы парламентского контроля, в парламентский контроль, частности понятие парламентского контроля, его правовой представительный орган, анализ и современное значение, особенности законодательная власть, парламентский запрос. парламентского контроля в зарубежных странах, а также опыт развитых стран в части парламентского контроля. Как отмечается в статье, парламентский контроль важен в совершенствовании законодательства, обеспечении прав и законных интересов человека, достижении эффективности системы разделения властей. Законы принимаются в целях регулирования тех или иных общественных отношений в обществе. Лучший способ ознакомиться с состоянием исполнения закона – это контроль. Основной целью такого контроля Парламента является не наказание тех, кто не исполняет закон или тех, кто препятствует его исполнению (эту задачу выполняют другие контрольные органы), а считается устранение недостатков правоприменительного механизма. и усовершенствовать этот механизм. Oliy davlat vakillik organi deb e’tirof etiluvchi O‘zbekiston Respublikasi parlamenti o‘z funksiyasiga ko‘ra, nafaqat qonun chiqaruvchi organ, balki parlament nazoratini tashkil etuvchi va uni amalga oshiruvchi organ ham hisoblanadi. Davlat konstitutsiyaviy-huquqiy tizimining ajralmas qismi bo‘lgan parlament quyidagi uchta asosiy funksiyani amalga oshiradi: 1. Vakillik funksiyasi; 2. Qonunchilik funksiyasi; 3. Nazorat funksiyasi. Shu nuqtai nazardan, nazorat funksiyasi siyosiy organga ijro hokimiyati faoliyatini nazorat qilish va xalq manfaatlarini himoya qilish imkonini beradi. 169 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 04 (2023) / ISSN 2181-1415 O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xususan, uning palatalari, qo‘mitalari va komissiyalari, Qonunchilik palatasining siyosiy fraksiyalari va guruhlari, deputatlar va senatorlar tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur nazorat qonunlar, palatalar qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, hukumat a’zolarining, davlat organlari, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish, deputatlik so‘rovlarini yuborish va hokazolarda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sirasiga kirishi belgilab qo‘yilgan. Mamlakatimizda huquqiy islohotlar amalga oshirilayotgan bir davrda, inson huquqlarining himoya qilinishida, qabul qilingan qonunlar ijrosining ta’minlanishida, davlat boshqaruvi hokimiyatlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishi va muvozanatini saqlab turishida, shu bilan birgalikda mamlakatni modernizatsiyalashda parlament nazoratini kuchaytirish dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasining nazorat funksiyasini amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aynan qabul qilingan qonunlarning samaradorligi va natijaviyligiga erishish hisoblanadi. Chunki, qabul qilingan qonunlar, eng avvalo, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi va ularning huquqlari kafolatlanishini ta’minlaydi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi tomonidan parlament nazoratining amalga oshirilishi o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida belgilab qo‘yilgan – hokimiyatlar bo‘linishi prinsipining to‘laqonli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. Xususan, parlamentning nazorat funksiyasi davlat boshqaruvi hokimiyatlarining o‘zaro bir-birini tiyib turishini, hokimiyat vakolatlarining aynan bir sub’yekt tomonidan o‘zlashtirilishining oldini olish bilan birga, ularning o‘zaro muvozanatini saqlashni ta’minlaydi va kafolatlaydi. Qonunchilik palatasining nazorat funksiyasini amalga oshirish ob’yekti bo‘lib, davlat organlarining, xo‘jalik boshqaruvi organlarining hamda mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasida parlament nazorati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: 1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari ijrosi yuzasidan umumiy nazorat va monitoring; 2. Moliyaviy parlament nazorati; 3. Inson huquqlari sohasida parlament nazorati; 4. Davlat organlarini shakllantirish va mansabdor shaxslarni tayinlash yuzasidan parlament nazorati; 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan muhim siyosiy qarorlar
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В данной статье рассматриваются и анализируются парламент, теоретические основы парламентского контроля, в парламентский контроль, частности понятие парламентского контроля, его правовой представительн…»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В данной статье рассматриваются и анализируются парламент, теоретические основы парламентского контроля, в парламентский контроль, частности понятие парламентского контроля, его правовой представительн… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- parliament, and achieving the effectiveness of the separation of powers, representative body, законодательная власть, legislative power, parlament nazorati, parlament, parliamentary inquiry, qonun chiqaruvchi hokimiyat, парламентский запрос, parlament so‘rovi, «Андижоннома», vakillik organi, парламентский контроль, представительный орган, парламент, parliamentary control
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014