Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Повышение экономической эффективности промышленных предприятий
Nadira MAMATKULOVA
Общество и инновации · 2021
Аннотация
Ключевые слова: В следующей статье исследуется уровень эффективности Промышленные крупных и малых промышленных предприятий. В нем предприятия также представлены удобные методы, приемы и подходы к Эффективность достижению эффективности. Производство Доход Материалы Глобализация. Respublika aholisining bandligi va daromadlari barqaror o‘sishini ta’minlashga doir vazifalarni hal etishda kasanachilikning turli shakllarini keng rivojlantirish, jumladan, uning yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Yirik sanoat korxonalari bilan kasanachilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarining mustahkamlanishi oila budjeti daromadlarini oshirishdek muhim muammoni hal etadi, ish bilan band bo‘lmagan aholi sonini keskin qisqartirish va uning faol qismini ishlab chiqarishga jalb etish imkonini beradi. Ayni paytda kasanachilar ish stajini hisoblash, ularga pensiya va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar tayinlash huquqi ta’minlanadi. Sanoat korxonalarining kasanachilarga zarur xomashyo va materiallarni yetkazib berish asosida oilaviy pudratni rivojlantirish fuqarolarga vaqtdan unumli foydalanish, shu bilan birga, past rentabelli va ko‘p mehnat sarfi talab qilinadigan mahsulotlarning ayrim turlarini uy sharoitida ishlab chiqarishni o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadi, bu, o‘z navbatida, yirik korxonalar ish samaradorligini oshirishga yordam beradi. Ayni paytda globallashuv shiddatli kechayotgan davrda bozor munosabatlarining yo’lga qo’yilishi, mamlakatning jahon hamjamiyatiga integrasiyalashuvi hamda iqtisodiy tizimdagi axborot rolining o’sishi, yangi texnologiyalar, kapital bozorlari o’rtasidagi aloqalarning kuchayishi iqtisodiyotning innovasion rivojlanish yo’liga o’tishini taqozo etmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari tajribasini o’rganish, shuningdek, respublikamizning boy tabiiy va ijtimoiy resurslari, ishlab chiqarish va ilmiy- texnik salohiyatini hisobga olib, innovasion rivojlanish yo’lini tanlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, mamlakatimiz rivojlanishini maksimal darajada tashkil etish uchun, eng avvalo, innovasion hamda ilmiy-texnik salohiyatdan samarali foydalanishga jiddiy e’tibor qaratish lozim. Bu borada mamlakatimizning kompleksli innovasion siyosatini shakllantirish bo’yicha qonunchilik asoslarini yaratish zarur. Innovasion faoliyatni samarali tashkil etish va rivojlantirish uchun esa, mazkur faoliyatning strategik va taktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish talab etiladi. Ma’lumki, mazkur tizimni ishlab chiqish faqatgina ilmiy asoslarda amalga oshiriladi. Shu sababli mutaxassislar, tegishli soha xodimlari innovasion faoliyatni tashkil etish va boshqarish amaliyotini, strategik qoidalarini va innovasion siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirish xususiyatlarini bilishi zarur Innovatsiya, bu – yanada mukammalroq holatga o’tish uchun yaratiluvchi yangiliklardan iborat bo’lib, o’ylab topish, ishlab chiqarish va ixtiro qilish lozim bo’lgan yangi vosita, yangi usul, yangi mahsulot, yangi texnologiyalar, demakdir. Innovatsiya – 2 Жамият ва инновациялар – Общество и инновации – Society and innovations Special Issue – 1 (2021) / ISSN 2181-1415 yangi bilimlarning yig’indisi sifatida amalda qo’llanishi va mos keluvchi sohalarda samara berishi lozim. Bugungi kunda innovatsiya ishlab chiqarishda, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlarda, ilm-fan, madaniyat, ta’lim sohalarida keng qo’llanmoqda. Bu esa, har bir sohaning rivoji uchun yangicha yondashuv bilan qarash, deganidir. O’zbekiston iqtisodiyotida milliy sanoatning roli va ahamiyati salmoqli bo’lib, davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin bu sohada tub xo’jalik-iqtisodiy, tashkiliy- institusional va tarkibiy islohotlar amalga oshirildi. Sanoat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, davlat – aksiyadorlik, korporativ, jamoa va xususiy mulk shakllariga aylantirish, sanoat tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, chet el kapitali ishtirokidagi qo’shma korxonalar tashkil etildi. Milliy sanoat rivojlanishi, yangi davrning makroiqtisodiy vaziyatlarini, bozor munosabatlarini shakllantirish va tarkibiy o’zgarishlar tavsifini sanoatlashtirish strategiyasidan kelib chiqib bir necha bosqichga ajratish mumkin. Bozor munosabatlariga o’tishning ustuvor yo’nalishlaridan biri, bu – iqtisodiyot tarmoqlarida innovasion islohotlar, tub yangilanishlarning modernizasiya qilinishi hisoblanib, u makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, korxonalarni yangi texnologiyalar bilan jihozlash, iqtisodiyotda nodavlat sektor ulushini oshirishga asoslanadi. Ushbu jarayon, shubhasiz, mamlakatning innovatsion, iqtisodiy salohiyatini oshirish bilan bir paytda, undan unumli foydalanishni nazarda tutadi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining hozirgi holati milliy iqtisodiyotda innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirish sur’atlarini jadallashtirishni talab etmoqda. Ta’kidlash joizki, iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasi
Доказательный фрагмент
«Ключевые слова: В следующей статье исследуется уровень эффективности Промышленные крупных и малых промышленных предприятий.»
Образец извлечения
Демо-превьюКлючевые слова: В следующей статье исследуется уровень эффективности Промышленные крупных и малых промышленных предприятий. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Industrial enterprises, Материалы, Sanoat korxonalari, Ishlab chiqarish, Income, Эффективность, Efficiency, Raw materials, Промышленные предприятия, Globalization, Xomashyo va materiallar, Samaradorlik, Daromad, Производство, Глобализация, Globallashuv, Доход, Production
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025