К содержанию
РецензированоUZ2025

RAQAMLI IQTISODIYOTNING O’ZBEKISTONDAGI HOLATI

NEW RENAISSANCE · Toshov M.H. · M.Dj. Bobojonova

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Uni joriy etishga o’z vaqtida kirishgan davlatlar rivojlanib, aksincha, eskicha ish tutayotganlari taraqqiyotdan orqada qolyapti. Rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyot yordamida yaratiladigan qo’shilgan qiymatning sezilarli darajada katta qismiga da’vogar bo’lgani holda, sust taraqqiy etgan davlatlarning bu jarayonda o’z ulushiga ega bo’lishi tobora imkonsiz bo’lib boraveradi. Kalit so’zlar: Raqamli texnologiyalar, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, elektron darslik. Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bugungi kunning va yaqin istiqbolning eng muhim vazifasiga aylangan. Prezidentimizning 2020 yil 28 apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2025 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish, ular eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish vazifasi qo’yilgan. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish pirovardida korrupsiyaga barham berish imkonini berar ekan, barcha jabhalarda bo’lgani kabi mamlakatimiz ta’lim tizimida ham sezilarli ijobiy o’zgarishlar bo’lishi muqarrar. Iqtidorlarni tanlash va tarbiyalash, ularni kasbga, ilm-fanga to’g’ri yo’naltirish mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu esa buyuk ajdodlarimizga munosib vorislarni tarbiyalash, bu ulug’ zaminda takror va takror mutafakkirlar, zabardast olimlar yetishib chiqishiga sabab bo’ladi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda: “Uyg’onish davri baribir bo’ladi, o’shanda yangi Ulug’beklar dunyoga keladi…” Davlatimiz rahbarining uzoqni ko’ra bilishlari va kelajakdagi yuksak marralarga erishish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish ortidan yuz berishini teran anglab, raqamli iqtisodiyotsiz milliy iqtisodiyotning kelajagi yo’q ekanligini ta’kidlashlari, xususan, hokimlar faoliyatiga baho berishning yangi mezoni sifatida raqamlashtirish qay darajada yo’lga qo’yilganligini belgilab berishlari bejiz emas. 615 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Yana bir muhim jihati, avvalo aholi eng ko’p to’qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, odamlarning og’irini yengil qilishga ustuvorlik qaratish lozimligiga alohida e’tibor berilyapti. Shu maqsadda sog’liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo’jaligi, ta’lim yo’nalishlarini raqamlashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar belgilab olindi. Xususan, “elektron poliklinika”, “elektron kundalik”, “elektron darslik”, “o’qituvchilarni baholash” tizimlarini barcha hududlarda joriy etish ana shular jumlasiga kiradi. Boshqa tomondan, sanoat 4.0 inqilobiga tayyorgarlik rivojlangan davlatlar o’rtasida yuqori tus olgan va bu yangi davrda an’anaviy pul va to’lov tizimlari samara bermay qo’yadi. Buning natijasida moliyaviy vositachilarsiz, tezkor, ishonchli, shaffof to’lovlarni kafolatlaydigan blokcheynga asoslangan mutlaqo yangi to’lov tizimiga ehtiyoj ortadi. Shunday ekan, monetar organlar ham mustaqil pul-kredit siyosatini saqlab qolish maqsadidi o’zining milliy raqamli valyutasini joriy etish borasida aniq strategiyaga ega bo’lishi talab etiladi. Prezidentimizning 2020 yilgi Oliy Majlisga Murojaatnomasida “joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga barcha shart-sharoit yaratib beriladi”, deyilgan. Ayniqsa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda matematika fanining roli muhim ekanligini ta’kidlash joizdir. Shu o’rinda, nemis klassik faylasufi Immanuel Kantning “Fan tarkibida matematika qancha bo’lsa, shuncha haqiqat bor”, degan obrazli fikrini raqamli iqtisodiyotga nisbatan ham aytsa bo’ladi, deb o’ylayman. Agar matematik modellashtirish va informatikadan o’rinli foydalanilsa, juda murakkab jarayonlarning ham matematik modelini yaratish mumkin bo’ladi. Matematik modellar esa, tadqiqot uchun qulay, ishonchli va tejamlidir. Matematik metodlar iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismiga aylangan bo’lib, qator iqtisodiy modellar yaratilgan. Shu o’rinda iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofotiga ega bo’lgan tadqiqotchilarning deyarli barchasi matematik modellashtirish metodlaridan foydalanib, yutuqqa ega bo’lganlari sir emas. Bu olimlar qatoriga D.Xiks, R.Solou, V.Leontev, P.Samuelson, L.Kantanovich va boshqalarni keltirish mumkin. O’zbekistonda matematika fanining nufuzi jahon talabi darajasida ekanligi quvonarli holdir. Ayniqsa, akademik Shavkat Ayupov rahbarlik qilayotgan ilmiy-tekshirish institutida olib borilayotgan tadqiqotlar tahsinga loyiq. Faqat u tadqiqotlarni amaliyot bilan bog’lash, fanning yutuqlaridan amaliy foydalanish kabi muhim masalalar o’z yechimini kutmoqda. Bundan tashqari, raqamli iqtisodiyot uchun bevosita zarur axborot texnologiyalarini (IT) qo’llash, dasturlash ko’nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor talab etiladi. Bu borada respublikamizda keng

Доказательный фрагмент

«Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti.»

Образец извлечения

Демо-превью

Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib boryapti. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Raqamli texnologiyalar, elektron hukumat, raqamli iqtisodiyot, elektron darslik.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники