Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XX – XXI ASR BOSHLARIDA SOTSOTSIOLOGIYANING DAVRLARGA AJRATISH MUAMMOSI
NEW RENAISSANCE · Sadullayeva Gulchehra Amrillo qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article explores the issue of periodizing the development of sociology in the early 20th and 21st centuries. It examines the methodological difficulties in identifying new stages of sociological thought amidst postmodernism, globalization, the digital society, and theoretical pluralism. The author suggests revisiting periodization criteria by considering the diversity of paradigms and the rapidly changing nature of contemporary society. Keywords: sociology, contemporary sociological theories, periodization, postmodernism, globalization, digital society, theoretical pluralism. 595 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Kirish. Sotsiologiya mustaqil ilmiy fan sifatida XIX asrda shakllangan bo’lsa-da, uning tarixiy rivojlanish bosqichlarini aniqlashtirish va davrlarga ajratish hali-hanuz murakkab masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bu muammo sotsiologik tafakkurning dinamik va ko’p qirrali xarakteri, shuningdek, ijtimoiy voqeliklarning doimiy o’zgaruvchanligi bilan izohlanadi. Ushbu maqola sotsiologiya tarixining XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yuzaga kelgan asosiy nazariy oqimlari asosida davrlashtirish muammolarini tahlil qilishga bag’ishlanadi. 1. Sotsiologiya tarixining an’anaviy davrlashtirilishi An’anaviy yondashuvda sotsiologiya quyidagi asosiy davrlarga bo‘linadi: Klassik davr (XIX asr – XX asr boshlariga qadar): O. Kont, K. Marks, M. Veber, E. Dyurkgeym. Zamonaviy davr (XX asr o‘rtalari): T. Parsons, R. Merton, G. Blumer. Postmodern davr (XX asr oxiri – hozirgi vaqtgacha): J. Baudrillard, Z. Bauman, A. Giddens. Bu yondashuv sotsiologiyaning rivojlanishini bosqichma-bosqich ko‘rsatadi, ammo XXI asrda yangi omillar bu sxemani murakkablashtirmoqda. 2. Postmodernizm va nazariy pluralizm Postmodern davrda bilimga bo‘lgan yondashuvlar relativlashdi. Lyotar (1984) bu davrni “metanarrativlar inqirozi” deb ataydi. J. Baudrillard "simulyakra" va "hiperreallik" tushunchalarini ilgari surgan. A. Giddens esa “reflektiv modernlik” orqali o‘zgaruvchan jamiyat modelini taqdim etgan. Bu holat sotsiologiyani yagona yondashuv asosida davrlashtirishga qarshi chiqadi. 3. Globalizatsiya va raqamli transformatsiya ta’siri M. Castellsning "Tarmoqli jamiyat" nazariyasi XXI asr sotsiologiyasiga yangi o‘lchov qo‘shdi. Internet, sun’iy intellekt va axborot oqimi ijtimoiy hayotni keskin o‘zgartirdi. Bu esa sotsiologiyaning yangi — raqamli davrini boshlab berdi. Endi davrlashtirishda texnologik omillar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. 4. O‘zbek sotsiologiyasida davrlashtirish yondashuvi O‘zbekistonlik olimlar, jumladan A. Karimov, B. Tursunov va S. Islomovlar sotsiologiyaning milliy kontekstda shakllanishini bir necha bosqichga bo‘lishadi: Boshlang‘ich davr (1990–2000): sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi Rivojlanish bosqichi (2000–2010): sotsiologik tadqiqotlar sonining ortishi Integratsion davr (2010-yildan hozirgacha): xalqaro tajribaning milliy amaliyotga qo‘shilishi, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalarning sotsiologik tahlili 596 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Bu davrlashtirishda milliy ijtimoiy hayot, siyosiy barqarorlik, va madaniy qadriyatlar inobatga olingan. Xulosa Sotsiologiyaning davrlarga ajratish masalasi hozirgi kunda nafaqat tarixiy, balki metodologik muammo sifatida ham dolzarb. XX–XXI asrlar boshi ijtimoiy tafakkurda chuqur o‘zgarishlar yuz bergan davr bo‘lib, bu sotsiologiyada ham yangicha davrga o'tishga sabab bo‘ldi. Postmodernizm, globallashuv, texnologiya taraqqiyot va milliy tafakkur davrlashtirishni kompleks yondashuv bilan amalga oshirishni taqozo etadi. Shuning uchun sotsiologiya tarixini bir yoqlama sxemalarda emas, balki ko‘p qatlamli, moslashuvchan model asosida baholash lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Karimov, A. (2010). Sotsiologiya: nazariyasi va amaliyoti. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2. Tursunov, B. (2012). Sotsiologiya asoslari. Toshkent: Fan. 3. Islomov, S. (2015). Zamonaviy sotsiologik nazariyalar. Toshkent: Ilm Ziyo. 4. G‘ulomov, A. va boshq. (2009). Sotsiologiya. Toshkent: Oliy ta’lim. 5. Giddens, A. (1991). Modernity and Self-Identity. Polity Press. 6. Bauman, Z. (2000). Liquid Modernity. Polity Press. 597
Доказательный фрагмент
«This article explores the issue of periodizing the development of sociology in the early 20th and 21st centuries.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the issue of periodizing the development of sociology in the early 20th and 21st centuries. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sociology, contemporary sociological theories, periodization, postmodernism, sotsiologiya tarixi, davrlashtirish muammosi, XX asr boshlarida sotsiologiya, funksionalizm., nazariy maktablar, marksizm, XIX asr, metodologik-yondashuv, pozitivizm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026