Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING O‘ZBEK TANQIDCHILIK ILMIDAGI MEROSI HAMDA “PADARKUSH” PYESASINING O‘ZBEK DRAMATURGIYASIDA TUTGAN O‘RNI
DRAMATURGIYASIDA TUTGAN O‘RNI · Ermatova Zulfiya Abdug‘aniyevna · Ilmiy rahbar: Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovna
ACUMEN: Международный журнал междисциплинарных исследований · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik asar - Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi. Asarda ko‘tarilgan tarbiyasizlik, johillik, axloqiy inqiroz kabi muammolar va ularning dramatik ifodasi o‘rganiladi. Personajlarning ismlari orqali berilgan kinoyaviy ma’nolar, ramziy timsollar tahlil qilinib, ular orqali muallifning ijtimoiy- tarbiyaviy g‘oyalari ochib beriladi. Eduard Ollvordning baholashlariga tayanilgan holda, dramadagi har bir obrazning semantik yuklamasi chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada jadid adabiyotiga oid tanqidiy yondashuvlarga ham e’tibor qaratilib, asarning g‘oyaviy-badiiy darajasi va davr ma’naviyati bilan bog‘liqligi yoritiladi. Behbudiy dramasi orqali jadid adabiyotiga xos bo‘lgan shiorbozlik, da’vat, ma’rifatparvarlik va o‘tkir ijtimoiy tanqid elementlari namoyon qilinadi. Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Padarkush”, jadid adabiyoti, o‘zbek dramaturgiyasi, ijtimoiy tanqid, tarbiya, axloqiy inqiroz, dramatik obraz, ramz, kinoya, ma’rifatparvarlik. XX asrning 1911-yillariga kelib, o‘zbek jadid adabiyotida yangi janr – dramaturgiya shakllana boshladi. Bu yo‘nalishdagi ilk asar sifatida Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimag‘on bolaning holi” nomli dramasi maydonga chiqdi. Bu asar nafaqat jadid dramaturgiyasining boshlanishi, balki o‘zbek adabiyotidagi muhim bosqichlardan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, dastlabki jadid asarlar badiiy jihatdan mukammal bo‘lmagan bo‘lsa-da, ularning maqsad va mazmuni xalq ongini uyg‘otish, milliy tafakkur va madaniyatni yangilashga qaratilgan edi. Bu holatni jadidchilik maktabi asoschilaridan biri professor Begali Qosimov quyidagicha izohlaydi: “Jadidchilikning ruhi va 532 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 mazmunini o‘zida bekamu ko‘st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim taraqqiyotida beqiyos rol o‘ynaydi... Yalang‘och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik ko‘zga tashlanadi” [5, 128]. Ushbu fikrga qo‘shilgan holda aytish mumkinki, garchi ilk jadid dramalari oddiy g‘oya va yetarlicha badiiyat bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da, ular o‘z davrining muhim ijtimoiy muammolarini ko‘tarib chiqqan. Xususan, Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston o‘lkasida tarbiyaviy muammolarning ildizini chuqur anglab, farzandlarning ma’naviy-intelektual kamolotini birinchi galdagi vazifa sifatida ko‘rdi. U, avvalo, qadimiy fikrlash tarzidan hamda mustamlakachilik siyosatining tahlikalaridan faqat ma’rifat orqali qutulish mumkinligini asoslab berdi. Behbudiyning “Padarkush” dramasi esa shu davrda keng tarqalgan tarbiyasizlik muammosini yorqin badiiy ifodalagan, o‘z zamoni uchun dolzarb bo‘lgan tipik asarlardan biri sanaladi. Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” asariga amerikalik olim Eduard Allvord tomonidan berilgan talqin esa yanada chuqurroq ma’no qatlamlarini ochib beradi. Uning fikricha, dramadagi ismlar oddiy emas, balki har biri muayyan timsol va kinoyaviy ma’no yuklangan belgilar sifatida xizmat qiladi. Masalan, bosh qahramon Toshmurod ismi “tosh” (qattiqlik) va “murod” (niyat) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, u qahramonning toshdek sovuqqon va qat’iy xarakterini ifodalaydi. Uning do‘sti Tangriqul esa nomiga zid tarzda Xudoning irodasiga qarshi borib, inson hayotiga tajovuz qiladi. Nor esa “olov”, “do‘zax” ma’nolarini ifodalovchi ism bo‘lib, dramadagi yomonliklar manbai sifatida yoritiladi. Davlat esa nomi boylikni anglatgan bo‘lsa-da, amalda 3-4 so‘mga zor, kambag‘al bir yigitdir — bu esa o‘tkir kinoya orqali yashirin fikrni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, Xayrullo obrazi ezgulik timsoli bo‘lib, boyga sadoqat bilan xizmat qiladi. Liza esa axloqsizlik va ma’naviy buzuqlik ramzi bo‘lib, u boshqa millat vakillari orasida uchraydigan qahramonlar qatoridan joy olgan. Asarda arman millatiga mansub mayxonachining mavjudligi ham Turkistondagi real ijtimoiy muhitni aks ettiradi – ya’ni iqtisodiy ustunlik boshqa millatlar qo‘lida bo‘lgan, o‘zbek xalqi esa mehnatkash, aksariyat vaqtini dalada ishlab o‘tkazayotgan xalq sifatida tasvirlanadi. Behbudiy ushbu dramasi orqali jaholat, axloqsizlik, va tarbiyasizlik kabi illatlarning ildizini fosh etadi. Toshmurodning johilligi sababli otasini o‘ldirishi – bu individual muammo emas, balki butun bir millat farzandlarining ma’rifatsizlik natijasida qanday fojiaga yuz tutishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu boisdan, “Padarkush” dramasi garchi badiiy jihatdan sodda bo‘lsa-da, chuqur ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan muhim asar hisoblanadi. Aniqroq aytganda, XX asr boshlarida o‘zbek milliy adabiyotiga yangi janrlar, ayniqsa drama kirib kelgani bilan birga, 533 Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024 Volume 2, Issue 4 yangicha badiiy vositalar, xususan, yashirin kinoyan
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik asar - Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik asar - Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- “Padarkush”, Mahmudxo‘ja Behbudiy, o‘zbek dramaturgiyasi, tarbiya, ma’rifatparvarlik., axloqiy inqiroz, dramatik obraz, kinoya, ramz, ijtimoiy tanqid, jadid adabiyoti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024