К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHQARUV MAQSADI VA FUNKTSIYALARI

Toshov M.H. · M.Dj. Bobojonova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi. "Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir. U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga etkazishni ta'minlaydi. Kalit so’zlar: Boshqaruv, boshqaruv maqsadlari, boshqarish funktsiyalari. Maqsad - bu muddao, murod, ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Biz dastlab o’zimizning oldimizda turgan maqsadimizni aniqlab olamiz, so’ngra esa shu maqsadimiz:  bo’lajak harakatlarimizni oldindan aniqlab beradi;  faoliyatimizning ustuvor yo’nalishini belgilaydi;  faoliyatimizni aniq sohaga, ishga yo’naltiradi;  u yoki bu faoliyatimizning zarurlik darajasini belgilab beradi;  pirovard natijamizning baxolash me'yorlarni belgilaydi. Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi boshqaruv uchun juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:  boshqarish funktsiyalari;  boshqarish usullari; 532 Aprel, 2025-Yil  boshqarishning tuzulmaviy tarkibi;  lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal etiladi. Boshqaruv maqsadlari juda ham xilma-xildir. Bu esa ularni muayyan tarzda turkumlashni taqozo etadi. Maqsadni turkumlash belgilari: 1. Umumjamiyat miqyosidagi munosabatlarni aks ettirishiga qarab; 2. Boshqaruv pog’onalari (darajalari)ga qarab; 3. Amalga oshirish muddatiga qarab; 4. Boshqaruvning amalga oshirilishiga qarab; 5. Kutiladigan natijalarga qarab; 6. Murakkablik darajasiga qarab, Maqsadlar: 1) siyosiy maqsadlar, iqtisodiy maqsadlar, sotsial maqsadlar, ma'rifiy-ma'naviy maqsadlar, xalqaro munosabatlar sohasidagi maqsadlar va boshq. 2) Xududiy boshqarish maqsadlari: - mamlakat maqsadlari - viloyat maqsadlari - tuman maqsadlari - qishloq maqsadlari - ishlab chiqarish maqsadlari - xalq xo’jaligi maqsadlari - tarmoq (sektor) maqsadlari - korxona (firma) maqsadlari - yakka shaxs maqsadi 3) joriy maqsadlar 4) istiqboldagi (perspektiv) maqsadlar - uzluksiz (kundalik) maqsadlar - fursatli maqsadlar - bir martalik maqsadlar 5) pirovard maqsadlar - oraliq maqsadlar 6) oddiy, an'anaviy maqsadlar - muammoli maqsadlar - innovatsion maqsadlar 533 Aprel, 2025-Yil Mazkur turkumlanishdan ko’rinib turibdiki, maqsadlar o’zaro bog’liq bo’lib, muayyan ierarxiyaga, ya'ni yuqori va quyi maqsadlarga bo’linishi, bir maqsad boshqa bir maqsadga bo’ysunishi mumkin. G’arb menejmentining bugungi zamonaviy nazariyasi boshqarish funktsiyalarini tasniflashda, eng avvalo uning asosiy (umumiy) funktsiyalariga ustuvorlik beradi:  rejalashtirish;  tashkil qilish;  tartibga solish va muvofiqlashtirish;  nazorat;  rag’batlantirish (motivlashtirish). Boshqarish rejalashtirishdan boshlanib, faoliyatni tashkil qilish, uni rag’batlantirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda muvofiqlashtirish barcha funktsiyalar jarayonida o’z aksini topadi. Bu funktsiyalar boshqaruvning hamma bosqichlariga xos bo’lgan umumiy xususiyatlarga ega bo’lib, boshqaruv apparatining barcha rahbarlari va mutaxassislari faoliyatida mavjud bo’ladi. Ularni, shuningdek, boshqaruvning hamma tomonlarini qamragan funktsiyalar deyish ham mumkin, chunki ular boshqaruv tizimini ham bo’yiga (vertikaliga), ham eniga (gorizontaliga) qamrab oladi. Boshqarish funktsiyasini tasniflashning ikkinchi yondoshuvida boshqarish ishini aniq ijrochilar bo’yicha taqsimlashga ustuvorlik beriladi. Bunda bir butun aniq funktsiyalar tizimi ajratiladi. Masalan, zamonaviy g’arb firmalarida ishlab chiqarishga oid 20-25 tadan kam bo’lmagan funktsiyalar ajratiladi. Bular quyidagilardir:  asosiy ishlab chiqarishni boshqarish;  qo’shimcha ishlab chiqarishni boshqarish;  ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarishni boshqarish;  marketingni boshqarish;  moliviy boshqarish;  sifatni boshqarish;  mehnatni boshqarish;  xodimlarni boshqarish;  innovatsiyani boshqarish va hakazo. 534 Aprel, 2025-Yil Xulosa Maqsad - bu muddao, murod, ya'ni u yoki bu niyatga erishmoq uchun ko’zda tutilgan mushtarak orzu. Aynan, shu maqsad kishi faoliyatini, o’z orzularini ushalishiga yo’naltiradi. Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bi

Доказательный фрагмент

«Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’za…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’za… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
boshqarish funktsiyalari., boshqaruv maqsadlari, Boshqaruv
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники