К содержанию
РецензированоUZ2025

OLIY TA’LIM RIVOJLANISHINING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI

Jumanov Farux Saparbayevich

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan. Oliy ta’lim tendensiyalarini o‘rganish sohasidagi etakchi olimlarning aniq qarashlari tahlil qilinib oliy ta’lim tizimining rivojlvnishida Boloniya jarayoning ahamiyati to‘g‘risida tahlillar keltirilgan. Kalit so‘zlar: kredit-modul, tendensiyalar, globallashuv, integratsiya, tijoratlashtirish, mobillik, masofaviy ta’lim. Mamlakatimiz oliy ta’lim tizimini xalqaro ta’lim maydoniga integratsiyasini amalga oshirishi hozirgi globallashuv jarayonida muhim hisoblanadi. Xalqaro ta’lim maydoniga integratsiyalashish orqali ilmiy salohiyatni kuchaytirish va innovatsiyalarni rivojlantirish mamlakatning kelajagini belgilashda katta ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz xalqaro ta’lim standartlarini qabul qilish orqali o‘z o‘rnini mustahkamlashga intilmoqda. Bu borada rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimi chuqur o‘rganilib samarali jihatlari muhokama qilinmoqda. Talabalarning mavjud ehtiyojlarini aniqlash, talabaga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini tashkil etish va zamonaviy raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda Baloniya jarayoni tajribalari o‘rganib chiqildi. Boloniya jarayoni turli davlatlarning oliy ta’lim tizimlarni umumiy maxrajiga olib kelish, Yevropaning turli milliy ta’lim tizimlarini shaffof va bir-biriga mos keladigan holga keltirish maqsadida 1999-yil 19-iyun sanasida 29 Yevropa davlatlari ta’lim vazirlari Bolonya deklaratsiyasini imzolagan hamda Bolonya universiteti nomi bilan shunday atalgan. Ushbu jarayon Yevropa Kengashining Yevropa Madaniy Konvensiyasi doirasida boshqa davlatlar uchun ham ochilgan. Bolonya jarayoni doirasidagi hukumat majlislari Praga (2001), Berlin (2003), Bergen (2005), London (2007), Leven (2009), Budapesht-Vena (2010), Buxarest (2012), Yerevan (2015), Parij (2018) va Rim (2020) da bo‘lib o‘tgan. Shu kunga qadar jarayon Yevropa Kengashining Yevropa madaniyat konvensiyasini (1954) ratifikatsiya qilgan 49 davlatdan 48 ta ishtirokchi davlatlarni o‘z ichiga oldi. Jumladan, Rossiya Bolonya jarayoniga 2003 yil sentabr oyida Yevropa ta’lim vazirlarining Berlindagi yig‘ilishida qo‘shildi, Ukraina ta’lim vaziri 2005 yilda Bergenda Bolonya deklaratsiyasini imzoladi, 2010 yilda Budapeshtda Qozog‘istonning Bolonya deklaratsiyasiga qo‘shilishi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi. 520 Aprel, 2025-Yil E’tiborli jihati Qozog‘iston Yevropa ta’lim makonining to‘laqonli a’zosi sifatida tan olingan birinchi Markaziy Osiyo davlati hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida Bolonya jarayoni a’zo davlatlari o‘rtasida oliy ta’lim malaka standartlari va sifatini solishtirishni ta’minlashga qaratilgan vazirlar darajasidagi bir qator uchrashuvlar va kelishuvlarga erishdi. Oliy ta’lim tizimining zamonaviy rivojlanish tendensiyasida mazkur jarayonning bir nechta afzalliklari kuzatishimiz mumkin. Jumladan,  sifatni kafolatlovchi umumiy standartlar va umumiy tartibotlar ishlab chiqildi;  kredit to‘plab ularni o‘tkazish va o‘zaro tan olish tizimi (ECTS) joriy etildi;  davlatlararo yagona ta’lim muhiti yaratildi;  ta’limning xalqarolashuviga erishildi;  mobillikning erkinlik darajasi berildi;  hamkorlik dasturlari ishlab chiqilib qo‘shma diplomlar berilishi yo‘lga qo‘yildi;  ixtisoslik/kvalifikatsiyalar tan olinishi yo‘lga qo‘yildi;  ta’lim doirasi va kasbiy sohada diplomlar tan olinishi yo‘lga qo‘yildi;  talaba tahsil olish yo‘llarini tuzishida erkinliklar berildi;  talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun Yevropa universitetlariga borib tahsil olish, ishlash hamda taqdiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar berildi. Baloniya jarayoni imkoniyatlari, ta’lim sifat samaradorligiga ta’sirini yurtimiz olimlari va mutasaddi mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilib hozirgi zamonda milliy ta’limga innovatsiyalarni joriy yetish, integratsiya, harakatchanlik, tijoratlashtirish, shuningdek, masofaviy ta’limni joriy etish lozim degan xulosaga kelishdi. Oliy ta’lim islohotlari mahalliy va xorijiy tajribani hisobga olgan holda ta’lim modelini shakllantirishga qaratildi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning yeng qisqa yoʻlidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.” Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2019-yil “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. 521 Aprel, 2025-Yil 202

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada oliy ta’limni rivojlantirishning asosiy zamonaviy tendensiyalari to‘g‘risida fikrlar bayon qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
globallashuv, masofaviy ta’lim., tijoratlashtirish, tendensiyalar, mobillik, kredit-modul, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники