Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AKSONOMETRIK PROEKTCIYALARNING TASVIRIY VA AMALIY SAN'ATDA AHAMIYATI
МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ · АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК · SAN'ATDA AHAMIYATI
Международная конференция академических наук · 2026
Аннотация
Amaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal proektsiya va aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta. Geometrik figuralarning usta rassomlar tomonidan zamonaviy aksonometriya qoidalariga asoslanib chizilganligini ko'ramiz. Bu rasmlar ijodida aksonometriya elementlari shakillanib bordi. Bu rasmlardagi qirrali sirtlar frontal, qiyshiq burchakli izometriya, frontal qiyshiq burchakli dimetriya qoidalariga asoslanib chizilganligi yuqorida qayd qilingan fikrlarni yanada tasdiqlaydi. Kalit so'zlar: Ortogonal, aksonometriya elementlari, geometrik figura, tasvir, erkin perspektiva, ijodkor muhandis. Buyumlarning yaqqol perspektiv tasviriga ortogonal proektsiyalardagi kabi o'lchamlar qo'yish mumkin bo'lganida edi, nima bo'lardi? Ularning tuzilishi, katta kichikligi, ko'lamli yaqqolligi, fazoviy ko'rinishi haqida aniq tassavurga ega bo'lardik. Bu usul hozirda aksonometrik proekciyalar deb ataladi. Aksonometrik proekciyalar usulining qachon va qaerda aniqlanganligi ilmiy manbalarda turli xil talqin qilinadi. Lekin bu haqidagi ma'lumotlarning ayrim namunalarini Misrdagi qadimiy suratlarda ko'rish mumkin. Misrda kamonchilarning tasvirida qadimgi yodgorliklardagi birinchi kamonchi aniq tasvirlanib, qolganlari esa perspektiv qisqartirilmasdan aks ettirilishida aksonometriya usullarining ayrim elementlarini ko'rish mumkin. Bu tasvir hozirgi zamon qiyshiq burchakli frontal aksonometriyaga o'xshaydi. Keyinchalik bunday tasvirlashni erkin perspektiva deb ham atashadi. Amaliy ishlarda (geometriya, me'morchlik, mexanika) da yaqqol tavirlardan foydalanish, perspektiv tasvirni chizish qiyinchiligi erkin perspektiva tasvir-zamonaviy 97 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК aksonometriyaning hosil bo'lishiga sabab bo'la oladi. Ko'pchilik mutaxassislar bunday tasvirlarda hech qanday aniqlik va ilmiylik yo'q deb xisoblashar edi. Amalda qo'llanilayotgan bu tasvirni perspektiva tasvir deb atashga sabab, u ham chiziqli perspektivadek uch o'lchamli fazoning ta’ssurotini beradi va erkin deb qonun – qoidalarga amal qilmagan holda narsa yoki buyumning tasvirini yaqqol o'zi hoxlaganidek ko'rinishda aks ettirar edi. Bunda o'zaro parallel chiziqlarning mutanosibligini saqlab va ba'zan hollarda esa bu tasvirlar gorizont (ufq) chizig'iga qarab biroz kengayib boruvchi ko'rinishda ham chiziladi. Uzoqlashgan buyumlar o'z kattaligida tasvirlanar edi. I asrdan XVII asrgacha bo'lgan davrlarda shahar-larning rejalarini uchish balandligida tasvirlanar, binolarning esa tik holatidagi ko'rinishlarda aks ettirigan. Bunday holdagi tasvirlarni kitoblarga istalgan miniatyuralarda ham ko'plab uchratsa bo'ladi. XVI asrga kelib texnikaning rivojlanishi ijodkorlar oldida shunday inshootlarni qurish uchun ko'rilmagan (uchratilmagan) vazifalarini ko'ndalang qilib qo'ydi. Amalga oshiriladigan mehnatning murakkabligi shaxsni emas, balki jamoa bilan ishlashni taqozo qiladi. Bu hol ijodkorlardan rassom, rassomdan esa ijodkor muhandis bo'lishini taqozo qiladi. Yangi shakllarning barpo etilishi muxandislikda ijodiy fikrlarni yanada o'sishiga sabab bo'ladi. XVI asrga kelib murakkab chizmalar va texnik rasmlar chizildi. Bular xarakteri jihatidan zamonaviy aksonometrik proektsiyalarga o'xshardi. 98 МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК Bunda geometrik figuralarning usta rassomlar tomonidan zamonaviy aksonometriya qoidalariga asoslanib chizilganligini ko'ramiz. Bu rasmlar ijodida aksonometriya elementlari shakillanib bordi. Bu rasmlardagi qirrali sirtlar frontal, qiyshiq burchakli izometriya, frontal qiyshiq burchakli dimetriya qoidalariga asoslanib chizilganligi yuqorida qayd qilingan fikrlarni yanada tasdiqlaydi. Bu borada rassomlar faqat tasvirlanayotgan buyumlarning shakliga e'tibor bergan bo'lib, uning nazariy asoslarini talqin qilmagan va yozma qismi ham berilmagan. Yevropada kashf etilgan aksonometrik proekciyalar haqidagi ilm XVII asrga to'g'ri kelsa, Markaziy Osiyoda ulardan ancha ilgari, X asrlarda ma'lum bo'ldi. Hozirgi kunda aksonometrik proekciyalar yanada ko'prok ahamiyat kasb etmoqda. Texnikaning rivoji, xususan, kompyuterlarda uch o'lchamli shakllarni chizish, o'lchamlarni aniqlash, sarflayotgan materiallar hajmini aniqlash, yasalayotgan buyum, ko’rilayotgan inshootni hoxlagan tomonidan ko'rish, tasvirlash, chiza olish, osonlik bilan ularni o'zgartirish imkonini bermoqda. Qadimgi ustalar ilmi hozirgi zamon muxandislari ilmi bilan barobar edi va ba'zi hollarda ularning bilimlarining ustun jihatlarini ko'rishimiz mumkin. Amaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal proekciya va aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta. Zero, mohir usta, naqqosh chizmani har tomonlama mukammal o'rgansagina, betakror san'at asari yarata olishi shubhasiz.
Доказательный фрагмент
«Amaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal proektsiya va aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta.»
Образец извлечения
Демо-превьюAmaliy san'atda odatda buyumlarni yasash uchun ortogonal proektsiya va aksonometrik proekciyalarning ahamiyati juda ham katta. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ortogonal, aksonometriya elementlari, geometrik figura, ijodkor muhandis., tasvir, erkin perspektiva
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014