Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MASOFAVIY DARSLARDA METAKOGNITIV STRATEGIYALARDAN FOYDALANISH
Farmonov Dilshod Po‘latovich · Nigmatov Izzat Shovkat o‘g‘li
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
Taraqqiy etishning yagona yo‘li – bu ta’lim orqali amalga oshiriladi. Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar qaysidir sohalarni rivojlantirsa, yana qaysidir soha mutaxassislarining ish o‘rnini qisqarishiga sabab bo‘lmoqda. COVID-19 pandemiyasi barcha soha uchun katta sinov bo‘ldi, jumladan, ta’lim sohasi uchun ham. Pandemiya davrigacha ta’limni yuzma-yuz, ana’naviy shakli tan olinar edi. Garchi, onlayn ta’lim mavjud bo‘lsada, undan foydalanishga e’tiborsizlik va ishonchsizliklar yuqori edi. Chunki, o‘quvchilar mustaqil izlanishlari va ishlari, o‘z bilishlari uchun javobgarlikni his etishlari hamda ichki motivlari sabab ta’lim olishlari kerak edi. Onlayn darslar yoki ustozlar ta’lim olishda bir vosita sifatida bo‘lishi kerak. Zamon talablariga moslashish maqsadida, o‘quvchilarning baholari onlayn jurnallarda aks ettirilishi orqali fanlarni o‘zlashtirishda shaxsiy javobgarliklari ham shakllantirilmoqda. O‘z-o‘zini tahlil qilishi, mustaqil izlanishi hamda fanlarni o‘zlashtirishdagi kompetensiyalarini rivojlantirishlari nazarda tutilgan va ta’limdagi islohotlar natijasida bunga erishilmoqda. Onlayn jurnallardagi baholar o‘quvchilarga o‘quv jarayonlarida faol bo‘lish, bilimlarini takrorlash, bilim bo‘shliqlari va ehtiyojlarini anglash hamda ular asosida harakat qilishga imkoniyat bermoqda. Ta’limda qo‘llanilayotgan onlayn manbalar o‘quv jarayonini nazorat qilish, metakognitiv ongni rivojlantirish va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun foydali. Kalit so‘zlar: onlayn ta’lim, rubrika, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar natijasida yutuqlar salmog‘i oshib bormoqda. So‘nggi yillarda raqamli o‘quv vositalarining ta’lim maqsad va natijalariga erishishdagi ahamiyati oshgan, xususan, platformalarda barcha fanlardan onlayn darslardan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan. Ta’lim muassasalarining zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlanishi o‘qituvchi va o‘quvchilarni 64 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference xalqaro ta’lim standartlaridan xabardor bo‘lishlari hamda darslarni sermahsul tashkil etishga ta’sir ko‘rsatmoqda. 2024-yilda o‘tkazilgan 5 ta eng nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida (matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika) o‘zbekistonlik o‘quvchilar tomonidan 11 ta medal qo‘lga kiritilgan. Bu yutuqlarga erishishda onlayn darslar bilan birgalikda virtual kutubxona va laboratoriyalardan unumli foydalanish natijasidir. Shuningdek, IELTS imtihonidan eng yuqori 9 ballik marra ham zabt etilmoqda. Xalqaro oliy ta’lim muassasalar reytingining yuqori yuztalik universitetlarda tahsil oluvchi o‘zbekistonlik talabalar soni ham ortib bormoqda. Mavjud sharoitlar va imkoniyatlar ta’lim muhitida o‘zining moslashuvchanligi va salohiyati tufayli foydali vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘qituvchilarni sinfda olib boradigan darslarini to‘ldiruvchi va sinfdan tashqari faoliyatlarni yengillashtiradigan vositalarni izlash natijasida o‘quvchilarni mustaqil ravishda ham ta’lim olishiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi “Maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 867-son qarorida [1] elektron platformadagi o‘quv modullarini onlayn o‘zlashtirish imkoniyati ham belgilangan. Ushbu qaror orqali onlayn ta’lim hukumat darajasida ham qo‘llab- quvvatlanmoqda. Bugungi kunda onlayn o‘rganishda metakognitsiyaga kam e’tibor beriladi. Masofaviy ta’limda metakognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishni ham hisobga olish zarur, chunki o‘quvchi o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilish imkoniyati yetishmaslik o‘rnini to‘ldirish uchun ham mustaqil bo‘lishlari kerak [2]. Ta’limning onlayn yoki yuzma-yuz shakli bo‘lishidan qat’iy nazar, asosiy maqsad o‘quvchilarni kelajak hayotida ro‘baro‘ keladigan har qanday vaziyatda ham mulohaza qiladigan hamda mustaqil qaror qabul qiladigan kadr qilib tarbiyalash bo‘lishi kerak. O‘quvchilarning o‘quv jarayoni haqidagi tasavvurlari o‘qituvchi va o‘quvchi uchun muhim nazariy va amaliy tushunchalarni beradi. O‘quvchilar uchun o‘z o‘quv tajribasini tahlil qilish – bu natijalarni baholash orqali kelajakdagi ta’lim jarayonlari uchun mustahkam asos yaratishdir. O‘qituvchilar uchun esa bu qarashlar kelajakdagi sinflar uchun o‘quv rejasi va o‘quv mashg‘ulotlarini samarali rejalashtirishda muhim yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi. Yangidan o‘qituvchilikni boshlaganlar uchun metakognitiv bilim va metakognitiv nazorat jarayonlarini qayta tahlil qilish jarayonining davriy shaklda olib borilishi 65 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference nihoyatda zarur, chunki bu ularning professional faoliyatda ushbu ko‘nikmalarni qo‘llay olishiga yordam beradi [3]. O‘quv vositalari o‘quv jarayoni ustida refleksiya qilish imkoniyatini yaratadi. Ta’lim jarayonini nazorat qilish va uni aks ettirishga xizmat qiladigan reflektiv kundalik - o‘quvchilarning o‘z o‘quv jarayonini kognitiv jihatdan an
Доказательный фрагмент
«Taraqqiy etishning yagona yo‘li – bu ta’lim orqali amalga oshiriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTaraqqiy etishning yagona yo‘li – bu ta’lim orqali amalga oshiriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- onlayn lim, onlayn darslar, lishi kerak, islohotlar natijasida, quv jarayonini, jarayonini nazorat, nazorat qilish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024