К содержанию
РецензированоUZ2026

SUD MUSTAQILLIGI VA ODIL SUDLOV: DEMOKRATIK JAMIYATNING ASOSIY TAMOYILLARI

Saidabdullayev Orzubek Sobir oʻgʻli

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

This article provides an in-depth analysis of the issues related to guaranteeing the fundamental rights and freedoms of individuals within the framework of criminal procedural legislation. The article highlights key aspects such as the presumption of innocence, guarantees of personal freedom and inviolability, the right to legal assistance, the principle of equality in judicial proceedings, and other essential facets of legal protection before the law based on the current criminal procedural laws of the Republic of Uzbekistan. Furthermore, it thoroughly discusses existing mechanisms for effective protection of individual rights in criminal proceedings, their legal basis, practical implementation, emerging challenges, and proposed solutions. Keywords. Criminal procedural law, individual rights, presumption of innocence, legal assistance, judicial process, human rights guarantees, procedural protection. Kirish. Bugungi kunda huquqiy davlat qurilishi va demokratik jamiyat barpo etilishida shaxs huquqlari va erkinliklarini ta’minlash eng muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa jinoyat- protsessual qonunchilik sohasida shaxsning huquq va erkinliklarini kafolatlash, ularning 78 daxlsizligini himoya qilish, adolatli sud jarayonini tashkil etish davlatning konstitutsiyaviy burchi sifatida qaraladi. Chunki jinoyat-protsessual faoliyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsga taalluqli bo‘lib, uning erkinligi, sha’ni, obro‘siga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuning uchun ham jinoyat- protsessual qonunchilikda shaxs huquqlarining kafolatlari, ularni ta’minlash mexanizmlari, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini hurmat qilish tamoyillari markaziy o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida shaxs huquqlarini himoya qilish, kafolatlash borasida qonun va normativ hujjatlar doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. Biroq, amaliyotda ularning samarali ta’minlanishi va mustahkamlanishi uchun hali ham bir qator dolzarb vazifalar mavjud. Ushbu maqola mazkur muammolarni chuqur tahlil qilgan holda, jinoyat-protsessual qonunchilikda shaxs huquqlarining kafolatlari masalasini keng yoritishga qaratilgan. Muhokama va natijalar. Jinoyat-protsessual huquq – bu jinoyat ishlarini yuritish, tergov, sudlov va boshqa protsessual harakatlarni tashkil etish qoidalari majmuasi bo‘lib, unda jinoyatga aloqador shaxslarning, jumladan gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlari, erkinliklari va kafolatlari muhofaza qilinadi. Shaxs huquqlarining asosiy kafolatlari – bu insonning daxlsizligi, erkinligi va qonun oldida tengligini ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi, himoya huquqini kafolatlash va sudda adolatli muhokama qilinishini ta’minlashdir. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi va Konstitutsiyasida bu asosiy huquqlar aniq belgilangan va kafolatlangan. Misol uchun, Jinoyat-protsessual kodeksning 22- moddasida “aybsizlik prezumpsiyasi” prinsipi o‘z aksini topgan bo‘lib, unga ko‘ra hech kim sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar aybdor hisoblanmaydi. Bu prinsip shaxsning himoya qilinish huquqining eng muhim kafolatidir va sudlov jarayonida shaxsning daxlsizligini, adolatli munosabatni ta’minlaydi. Jinoyat-protsessual qonunchilikda shaxsning eng muhim kafolatlaridan biri – advokat yordamidan foydalanish huquqidir. Advokat yordami shaxsning o‘z manfaatlarini himoya qilishda, ayblovga qarshi samarali huquqiy kurash olib borishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida advokatning protsessual ishtiroki aniq belgilangan va uning mustaqil faoliyati kafolatlangan. Bu huquq, shaxsga sud jarayonida o‘z huquqlarini himoya qilishda teng imkoniyatlarni yaratadi, tergov va sud qarorlarining adolatli bo‘lishiga xizmat qiladi. Advokat yordami bo‘lmagan holatlarda, shaxs huquqlari buzilishi, adolatga erishish imkoniyati kamayishi kabi salbiy holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shaxsning huquqlarini himoya qilishda sud jarayonida tenglik prinsipi ham muhim ahamiyatga ega. Bu prinsip sudda ayblanuvchi va davlat o‘rtasidagi munosabatlarda har ikkala tomonning teng huquqli ishtirokini ta’minlashni nazarda tutadi. Bunda sud hay’ati, prokuror, advokat va ayblanuvchi o‘rtasida adolatli munosabatlar o‘rnatiladi. Sud protsessining barcha qatnashchilari uchun teng sharoitlar yaratish, sud qarorlarining oshkoraligi va adolatli bo‘lishi kafolatlanadi. Shuningdek, jinoyat-protsessual qonunchilikda jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlarini ham himoya qilishga alohida e'tibor qaratiladi. Ularning xavfsizligi, sud jarayonidagi daxlsizligi va teng huquqli ishtiroki qonun bilan kafolatlangan. Amaliyotda, afsuski, jinoyat protsessida shaxs huquqlarining buzilishi holatlari hali ham uchrab turadi. Bu, birinchi navbatda, tergov organlari faoliyatidagi kamchiliklar, sud tizimidagi 79 byurokratik to‘siqlar va malaka darajasining pastligi bilan bog‘liq. Masalan, tergov jarayonida gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchiga bosim o‘tkazilishi, advokatlar faoliyatiga to‘sqinlik qilinishi, su

Доказательный фрагмент

«This article provides an in-depth analysis of the issues related to guaranteeing the fundamental rights and freedoms of individuals within the framework of criminal procedural legislation.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides an in-depth analysis of the issues related to guaranteeing the fundamental rights and freedoms of individuals within the framework of criminal procedural legislation. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Criminal procedural law, individual rights, presumption of innocence, legal, korrupsiyaga qarshi kurash, demokratik jamiyat, odil sudlov, sudyalarning daxlsizligi, Sud mustaqilligi, xalqaro huquq, inson huquqlari, qonun ustuvorligi, sud hokimiyati, huquqiy islohotlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники