К содержанию
РецензированоRU2026

PEDAGOGIK FAOLIYAT UCHUN TAYYORLOV JARAYONIDA DIDAKTIK DRAMANING ROLINI OSHIRISH BO‘YICHA METODIK TAVSIYALAR.

Xolbayeva Dildora Azizovna

Академические исследования в современной науке · 2026

Аннотация

В данной статье освещены возможности повышения роли метода дидактической драмы в процессе подготовки к педагогической деятельности. Методически проанализированы развитие профессиональных и социально-эмоциональных компетенций студентов через дидактическую драму, а также стимулирование личной активности и творческого подхода. Показаны перспективы повышения эффективности педагогической подготовки посредством интеграции драматических техник в учебный процесс и совершенствования механизмов оценки. Ключевые слова: дидактическая драма, педагогическая подготовка, профессиональная компетенция, рефлексия, критическое мышление, творчество. Annotation. This article highlights the opportunities for enhancing the role of the didactic drama method in the process of preparing for pedagogical activity. It provides a methodological analysis of developing students' professional and socio-emotional competencies through didactic drama, as well as promoting personal activity and creative approaches. The prospects for improving the effectiveness of pedagogical preparation through the integration of drama techniques into the educational process and the enhancement of assessment mechanisms are presented. 167 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Keywords: didactic drama, pedagogical preparation, professional competence, reflection, critical thinking, creativity. Pedagogik faoliyat uchun tayyorlov jarayoni pedagogik ta’lim tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu jarayon nafaqat nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, balki amaliy ko‘nikmalar, kommunikativ malakalar va kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, kelajakdagi ta’lim jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omil sifatida e’tirof etiladi. Pedagogik tayyorgarlikda talabalarning mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni tahlil qila olish qobiliyati va shaxsiy kasbiy identifikatsiyasini shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtayi nazardan, tayyorlov jarayonining innovatsion metodlar bilan boyitilishi, xususan, didaktik drama kabi faol o‘qitish metodlarini joriy etish, zamonaviy pedagogik talablarni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Didaktik drama – bu o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ularni emotsional, ijtimoiy va kognitiv jihatdan o‘stirishga qaratilgan metodik yondashuv bo‘lib, zamonaviy ta’limda o‘zining yuqori natijadorligi bilan ajralib turadi. Didaktik drama orqali talabalar o‘zaro muloqot qiladi, rollar orqali real hayotiy vaziyatlarni o‘rganadi va o‘z pozitsiyalarini ifoda etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu metod nafaqat bilimni chuqur o‘zlashtirish, balki tanqidiy fikrlash, empatiya, jamoaviy hamkorlik va ijodkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, pedagogik tayyorlov jarayonida didaktik dramaning qo‘llanilishi talabalar shaxsiy tajribalar asosida o‘rganishga, emotsional-intellektual rivojlanishga va kasbiy o‘zlikni anglash jarayoniga faol ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun didaktik drama bugungi kunda pedagogik ta’limni modernizatsiya qilishda istiqbolli va samarali metod sifatida ko‘rilmoqda. Didaktik drama va pedagogik tayyorgarlik o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, avvalo, ta’lim jarayonining faollashtirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarga asoslanishi bilan belgilanadi. Didaktik drama texnikalaridan foydalanish orqali talabalar o‘z kasbiy faoliyatlariga bevosita aloqador bo‘lgan vaziyatlarni sahnalashtiradi, bu esa ularda nazariy bilimlarni amaliy holatlarda qo‘llash malakasini shakllantiradi. Drama texnikalari, xususan, rolli o‘yinlar, improvizatsiya mashqlari va vaziyatli ssenariylar orqali talabalar real pedagogik holatlarni tahlil qilish, muloqotda to‘g‘ri pozitsiya tanlash, ziddiyatli vaziyatlarni boshqarish kabi kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Bu jarayon talabalarni passiv bilim oluvchidan faol muammolar yechuvchiga aylantiradi, ularda pedagogik sezgirlik va situativ moslashuvchanlikni shakllantiradi. 168 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Didaktik dramaning ijtimoiy-emosional kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli ham alohida e’tiborga molikdir. Drama mashg‘ulotlari davomida talabalar turli ijtimoiy rollarni qabul qiladi, o‘z his-tuyg‘ularini ifoda etadi va boshqalar nuqtayi nazaridan vaziyatga baho berishga o‘rganadi. Bu esa ularning empatiya, emotsional o‘z-o‘zini boshqarish, ijtimoiy javobgarlik va madaniyatlararo muloqot qobiliyatlarini rivojlantiradi. Shuningdek, drama jarayonida talabalar o‘z shaxsiy emotsiyalarini anglab, ularga ongli tarzda ta’sir ko‘rsatishni o‘rganadilar, bu esa ularning kasbiy-emotsional barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu sababli didaktik drama nafaqat bilim va malakalarni shakllantirish, balki pedagog shaxsining butunlay shakllanishida muhim vosita sifatida ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. Didaktik drama pedagogik mahoratni rivojlantirishda keng imkoniyatlarni taqdim etadi. Avvalo, bu metod talabalarni o‘qitish jarayonida shaxsiy faollikni na

Доказательный фрагмент

«В данной статье освещены возможности повышения роли метода дидактической драмы в процессе подготовки к педагогической деятельности.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье освещены возможности повышения роли метода дидактической драмы в процессе подготовки к педагогической деятельности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
didactic drama, pedagogical preparation, professional, Didaktik drama, ijodkorlik., kasbiy kompetensiya, kritik fikrlash, refleksiya, pedagogik tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники