Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JOʻYBOR SHAYXLARI TARIXIDAN SHAYX MUHAMMAD ISLOM FAOLIYATI
Qorjovov Islom Asliddin o’g’li · activities of Muhammad Islam Joibor.
Академические исследования в современной науке · 2026
Аннотация
В статье рассматривается жизнь шейхов Джойбора, сыгравших важную роль в политической и социально-экономической жизни Бухарского ханства, их происхождение, занимаемые ими должности в государственной системе и в частности деятельность Ходжи Мухаммада Ислама Джойбора. Ключевые слова: Шейх, накиб, ходжа, правитель, тарикат, пророк, «амир уль-умаро», Мудин, мечеть, султан, медресе, «Пири шасти», Куфа, Бакр. Yurtimiz hududidagi ko'hna shaharlar o'zining ko'p yillik boy tarixi bilan ajralib turishadi. Bular orasida “qubat ul islom” yaʼni “islom dinining gumbazi” deya ulug'lanmish Buxoro shahri tahsinga sazovordir. Buxoro shahri musulmonlar dunyosidagi mashhur shaharlar Bagʻdot, Basra, Kufa singari dunyoviy va diniy ilmlar egallangan shaharlar qatorida bo'lgan. Buxoro madrasalarida tahsil olish uchun dunyoning turli tomonlaridan tolibi ilmlar tashrif buyurishgan. O'sha davrda Buxoroga o'z davrining mashhur ulamolari, olimlari va yozuvchilari boshqa mamlakatlarda bo'lmagan turli kasb egalari to'plangan shahar deya ta'rif etilgan. Buxoroga kelgan din peshvolari orasida Joʻybor xo'jalarining ajdodlari ham bor edilar . Joʻybor xo'jalari faoliyati qariyb 100 yillardirki olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Jumladan, V.L.Vyatkin 184 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference XVI asrning birinchi yarmida yuz bergan asosiy siyosiy voqealar asosida Xoʻja Muhammad Islom Joʻyborning faoliyatini yoritib beradi. Xo‘ja Muhammad Islom ibn Xoʻja Ahmad Buxoroda 1493-1563 yillarda yashagan. Joʻybor xoʻjalarining mashhur namoyondasi va Buxoro shayx ul islomi bo'lgan Xo'ja Muhammad Islom naqshbandiya tariqatining keng targ'ib qilgani uchun “Piri Shastiy” unvoniga ham sazovor bo'lgan. Umuman olganda Joʻybor shayxlari, ularning oliyjanob fazilatlari xonlik hayotidagi mavqei va ijtimoiy- siyosiy faoliyati haqidagi ma'lumotlar o'sha davrlarda yozilgan ko'pgina asarlarda o'z aksini topgan. IX asr oxiri X asr boshlarida Arabistondan toʻrt Bakr Amudaryo orqali oʻtib, Buxorodan 6 km shimoli-gʻarbiy tomondagi Sulton qishlogʻiga kelib joylashishadi. So'ngra ular Buxoroning turli guzarlarida yashaydilar. Xoʻja Abu Bakr Saʼd, imom Abu Bakr Ahmad Joʻybor mavzesida yashab qoladilar . Ularning avlodlari Joʻybor xo'jalari guruhini tashkil qilishgan. Joʻybor xo'jalari o'zlarini aslzoda voliylar qilib koʻrsatish maqsadida oʻz shaxslarini ota tomondan Muhammad paygʻambar (s.a.v) avlodlariga olib borib ulaydilar. Ma'lumki, oʻsha davrda islom dini keng tarqalgan va mustahkamlanib xalqqa ta'siri kuchli edi. Ayniqsa xalqning paygʻambarimiz va uning avlodlariga ixlosi yuqori bo'lgan. Aslzodalik va tariqatdagi nufuzlariga ko'ra, Joʻybor shayxlari Somoniylar davridan boshlab yuqori davlat lavozimlariga tayinlana boshlagan. Ular “naqib ul-niqobo’’ (ulugʻ naqib) va shayx ul islom kabi lavozimlarda faoliyat olib borishgan. XVI asrning birinchi yarmida Buxoro xonligining iqtisodiy qudratini mustahkamlagan, siyosiy mavqeini kuchaytirgan Joʻyborlarning yirik vakili Xo'ja Muhammad Islom hisoblanadi. Ma'lumotlarga qaraganda Xo'ja Muhammad Islom 1493-yil tavallud topgan. Xoʻja Muhammad Islomning otasi Xoʻja Yahyoning oʻgʻli Xoʻja Ahmad hisoblangan . Xoʻja Mahammad Islomning bolalik davri Buxoroda shayboniyzodalar oʻrtasidagi toj-u taxt uchun kurashlar avj olgan davrga to'g'ri keladi. Bunday notinch davrlar bo'lishiga qaramay Xoʻja Muhammad Islom o'z bilimini oshirib, 12 yoshga toʻlganida naqshbandiya tariqatining yirik namoyondasi Mahmud Aʼzam Xoʻja Kosoniyga shogird tushadi. Xoʻja Muhammad Islom temuriylardan Muhammad Tumanning qiziga uylanadi. Muhammad Tuman Sulton Husayn Boyqaroning saroyida “amir al umaro” lavozimida edi. Xoʻja Muhammad Islomning oilasi ham diniy siyosiy hayotda katta rol o'ynagan. Uning avlodlari orasida Xoʻja Muhammad Yusuf, Xoʻja Muhammad Shofʼi kabi taniqli shaxslar bo'lib, ular ham Joʻybor shayxlari sulolasining izzatini saqlashda davom etishgan. Xoʻja Muhammad Islom Iskandarxon xonadoni bilan yaqin edi. 1544-yilda uning otasi Xoʻja Ahmad 185 ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Iskandar sultondan katta miqdorda yer xarid qiladi. Bu harakati Xoʻja Ahmadni o'z davrining juda boy kishilaridan biri ekanligi haqida dalolat beradi. Iskandar Sultonning o'g'li bo'lmish Abdullaxon ham xuddi otasi kabi Xoʻja Muhammad Islomga ixlosi baland boʻlgan. Bu bilan bir qatorda Xoʻja Muhammad Islom ham Abdullaxonni Buxoro taxtiga chiqishidan manfaatdor edi. Yillar o'tib Abdullaxon Buxoroni egallab taxtga o'tiradi. Bu natijadan soʻng Abdullaxonning siyosiy nufuzi mustahkamlanadi. Ayni vaqtda Xuja Muhammad Islom Abdullaxonning Buxoro taxtini egallashi uchun imkoniyat yaratib bergan edi. Shu davrdan boshlab Xo'ja Muhammad Islom Joʻyboriyning Abdullaxon bilan aloqalari mustahkamlanadi. Xoʻja Muhammad Islom Joʻyboriyning xonlik ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy hayotidagi mavqei shundan so'ng yanada kuchayib ketadi. Abdullaxon hokimiyat va davlat boshqaruvidagi muhim qarorlar qabul qilish
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается жизнь шейхов Джойбора, сыгравших важную роль в политической и социально-экономической жизни Бухарского ханства, их происхождение, занимаемые ими должности в государственной системе и в частнос…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается жизнь шейхов Джойбора, сыгравших важную роль в политической и социально-экономической жизни Бухарского ханства, их происхождение, занимаемые ими должности в государственной системе и в частнос… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sheikh, naqib, hoja, wali, tariqat, prophet, “amir ul-umaro”, paygʻambar, “Piri shastiy”, Sulton, madrasa, xoʻja, Shayx, Kufa, Mudin, masjid, voliy, Bakr.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026