К содержанию
РецензированоUZ2026

SHAXS IJTIMOIYLASHUVIDA OILANING OʻRNI VA AHAMIYATI

Boboraximova Shaxnoza Rustamjonovna

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Today, the family, as it is formed and develops within society, manifests itself as a small part of this society. Socio-economic relations in society affect the development of the family. The educational and upbringing characteristics of the family are reflected in society. This article provides information on the role and importance of the family in the socialization of the individual, its influence on child upbringing, and the role of the neighborhood in this process. Keywords: family, neighborhood, diagnosis, socialization, social pedagogical diagnosis, microenvironment, psychological description, family upbringing, pedagogical processes, individual psychological description of the individual, social pedagogical examination, family diagnosis, family upbringing. Bizning mamlakatimizda oilaga qaratilgan e’tibor tobora kuchayib, davlat siyosati darajasiga xam chiqib ulgurdi. Bunga sabab, oila jamiyatning bir boʻgʻini boʻlib, unda oʻsib kelayotgan yosh avlod tarbiyalanadi, shaxs sifatida tarkib topadi. Oila xaqida tasavvur va tushunchalar turli davrlarda turlicha boʻlgan. Bola tarbiyasiga ham oʻzgacha yondashuv va e’tibor talab etilgan. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da: «O’g’il bolalarga nisbatan qiz bolalar ilmu donish o’rganishga kirishsinlar. Zeroki, ular ota-ona manzilida bo’lgan vaqtlarida ota xonadonini tartibga solib, ziynat berib yursalar, jufti xaloli manziliga borgach, bola tarbiyasi, kelajak nasli ta’limi bilan mashxur bo’lmoqlari lozim bo’ladi». Avestoda oila butunligini saqlash 97 nikoh tartiblari, er-xotinning majburiyati, nikohni bekor qilinishi sababi va shartlari batafsil bayon etilgan. Uylantirmoqchi, oila qurmoqchi bo’lgan har bir kishiga yo’l ko’rsatmoq va moddiy yordam ham mazxablarning vazifasidir. Zardusht deydi: «Ey oila qurayotganlar, ya’ni yigit, qizlar, Sizlarni ogohlantirib shuni aytmoqchimanki, har biringiz pokiza hayot yo’lida g’ayrat qilingiz». Avestoda oila qurish jufti-xalol tanlashda shoshma-shosharlikka yo’l qo’ymaslik, ota-ona, keksalar maslaxatiga quloq tutish xususida ham diqqatga molik mulohazalar mavjud. Xullas, zardushtiylik dinning muqaddas kitobi «Avesto»da ajdodlarimizning oila va xotin-qizlarni mukarram tutish haqida peshqadam fikrlarni o’z ifodasini topgan. Eng muhim zardushtiylik e’tiqodidagi bobolarimiz oilani jamiyatning muqaddas bo’lgan bo’lagi deb bilib, uning rivoji, ravnaqi, mustahkamligi uchun tizimlarning o’rganish sotsiologiyani maxsus yo’nalishlari hisoblanadi. Oila-ijtimoiy institut sifatida bir qator bosqichlardan o’tadi. Bu bosqichlarning ketma-ketligi oilaviy jarayon yoki oilaning hayot tarzini tashkil qiladi. Oila sotsiologiyasi oila tashkilotining quyidagi umumiy ajratish aqidalari mavjud: nikoh shakliga qarab oila manogom va poligam oilaga bo’linadi. Oilaning birinchi vazifasi A.G.Xarchyovning fikricha axolini tabiiy to’ldirish bolaga bo’lgan talabni qoniqtirish, bu shaxsiy reja shu bilan bir qatorda oila bir qator quyidagi vazifalarni bajaradi:  tarbiyaviy vazifa-yosh avlodni ijtimoiylashtirish, jamiyatning madaniyatini rivojlantirish;  ho’jalik maishiy vazifa-jamiyat a’zolarining jismoniy sog’ligini saqlash, bolalar va qariyalarga mehribonlik;  iqtisodiy vazifa-bir oila a’zolariga ikkinchi oila a’zolari uchun moddiy mablag’ olish, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz oila a’zolarini iqtisodiy qo’llash;  birlamchi ijtimoiy nazorat muhiti-hayot faoliyatini turli muhitda oila a’zolarining xulq- atvorini axloqiy tartibga solish, shuningdek, er-xotin, ota ona va bola, o’rta va katta avlod o’rtasida mas’uliyat va majburiyatlarning tartibga solish;  ma’naviy muloqot-oila a’zolari shaxsiyatlarining rivojlanishi, o’zaro ma’naviy kamol topishi;  ijtimoiy mavqe-oila a’zolarini ma’lum bir ijtimoiy mavqeni taqdim qilish, ijtimoiy tarkibni qayta ishlash;  hordiq chiqarish-samarali dam olishni tashkillash, dunyoqarashlar, ehtiyojlarni o’zaro rivojlanishi;  hissiyot-ruhiy himoya, his-tuyg’uni qo’llab-quvvatlash, shaxslarni emotsional barqarorligi va ruhiy terapiya. Oila va oilaviy munosabatlar bolaning ijtimoiylashuvida alohida vazifalarni amalga oshiradi. A.Q.Minavarovning fikricha oilaning tarbiyaviy funktsiyasining darajasi uch yoʻnalishda boʻlishi uning tuzilmasiga bog’liq. Bu yo’nalishlar demografik-ko‘p bolalik, kambolalik, ikki yoki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onalarning ikkalasini ham bo‘lishi, oila a’zolarining ta’lim olganliklari darajasi, bolalarni tarbiyalashda vazifalarni taqsimlash, oila tarbiyasining oʻziga xosligi, shuningdek oilaning milliy xususiyatlari ham inobatga olinadi. Oila tipologiyasi ijtimoiy moslashuv darajasi bo’yicha farq qiluvchi qiyidagi to’rtta asosiy kategoriya bo`yicha farqlanadi: Yaxshi oilalar - o’z vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishadi, o’z bolasi ehtiyojlariga tez ko’nikishadi. Muammo paydo bo’lsa, tezlikda bartaraf etiladi. 98 Tavakkalchi oilalarda - adaptativ qobiliyatlar pastroq bo’lib, ular bola tarbiyasini qiyinchilik bilan amalga oshiradilar hamda ijtimoiy pedagog yord

Доказательный фрагмент

«Today, the family, as it is formed and develops within society, manifests itself as a small part of this society.»

Образец извлечения

Демо-превью

Today, the family, as it is formed and develops within society, manifests itself as a small part of this society. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
family, neighborhood, diagnosis, socialization, social pedagogical diagnosis, ijtimoiy pedagogik tashxis, psixologik tavsif, oila tarbiyasi, oila, ijtimoiylashuv, shaxsning individual psixologik tavsifi, oila tarbiyasi., pedagogik jarayonlar, mahalla, ijtimoiy pedagogik tekshiruv, mikromuhit, tashxis, oila tashxisi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники