К содержанию
РецензированоEN2026

BIOLOGIYA XONALARINI UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA SINI JIHOZLANISH TARTIBI

JIHOZLANISH TARTIBI · Aliyeva Mavjudaxon Baxromjon qizi

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

The requirements for the equipment of the biology room in schools of general secondary education have been changed along with the current modern technical equipment, as well as pedagogical, sanitary-hygienic requirements. It was concluded that the transformation of these requirements is important for the development of creativity in the teaching of biology. Key words: Biology room, laboratory, equipment, requirements. Bugungi zamonaviy ta'limda maktablarni o'quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, darsliklar va o'quv uslubiy materiallar bilan ta'minlash zarurati har qachongidan ham dolzarb masaladir. Umumiy o'rta ta'lim maktablamning moddiy texnika bazasini mustahkamlash orqali o'quvchilarda DTS talablariga mos holda bilimlarni shakllantirish, ko'nikma va malakalarni tarkib toptirish jarayoniga amaliy yordam ko'rsatish uchun biologiya xonasini zamon talablari asosida tashkil etish zarur.Biologiya xonasi uchun yo'lakka yaqin joylashgan oxirgi xonani tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu joylarda tabiat muzeyi, ko'rgazmalar tashkil etish mumkin. Sinf xonalari derazalarining yo'nalishi ufqning janubiy, sharqiy yoki janubi-sharqiy tomonlarida bo'lishi kerak. Xonaning chap tomonida yorug'lik bo'lishi kerak. Ofis xonasining chuqurligi 6 m dan ortiq bo'lgan ikki tomonlama yoritishda balandligi poldan kamida 2,2 m bo'lishi kerak bo'lgan o'ng tomondagi yoritish moslamasi talab qilinadi. Yorug'lik teshiklarini (ichki va tashqi tomondan) jihozlar yoki boshqa narsalar bilan to'sib qo'yish taqiqlanadi. Katta o'simliklar yoki o'simlik javonlari derazalarga joylashtirilmasligi kerak. Shkafning yorug'lik teshiklari sozlanishi quyoshdan himoya qiluvchi asboblar bilan jihozlangan bo'lishi kerak, masalan, pardalar, devor va mebel rangiga mos keladigan ochiq rangdagi mato pardalari. 60 Biologiya xonasi 2 ta: dars olib boriladigan o'quv xonasi, laboratoriya hamda tirik tabiat burchagi xonalaridan iborat bo'lishi kerak. Biologiya xonasining talab darajasida jihozlanishi biologiya o'qituvchisi zimmasiga yuklatiladi. Biologiya xonasi quyidagi asosiy vazizfalarni bajarishga yo'naltirilgan: - ta'limning samaradorligi oshirish maqsadida o'quv jarayonini tashkil etishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash; dars va o'quv jarayonining boshqa shakllarida o'qitishning texnik vositalaridan foydalanish; - o'quvchilar bilimini aniqlash, nazorat qilish va baholashda EHMning nazorat dasturlaridan foydalanish; - biologiya bo'yicha sinf va maktabdan tashqari mashg'ulotlarni olib borishda kerak bo'ladigan jihozlar bilan ta'minlash; Biologiya o'quv xonasi quyidagilar zarur bo'lgan mebel va maxsus jihozlar bilan jihozlanadi: doska, o'qituvchi stoli va stuli, namoyish stoli, o'quvchilar uchun parta va stul, preparat va mulyaj saqlanadigan alohida shkaflar, biologiya xonasini bezatishda predmetining etika va estetik talablariga ahamiyat berish kerak. Xonada o'simlik va hayvonot dunyosining evolyutsion rivojlanish tarixini, ko'zga ko'ringan biologlarning portretlari qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida tajriba, amaliy ish va kuzatishlar o'tkazishda, jadvallar, videofilm diapozitivlarini o'z vaqtida namoyish etish, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish hamda yig ib olishga moslashgan bo'lishi kerak. Bu o'z navbatida o'quv qurollarini muayyan tizimda saqlashga, ularni darsda foydalanish uchun tez topish va tayyorlashga imkon beradi. Bularning hammasi o'quvchilarda o'quv mehnatini tashkil qilish madaniyatini tarbiyalaydi. Laboratoriya xonasi biologiya xonasining ajralmas tarkibiy qismidir. Unda asosan o'quv ko'rgazma qurollar, asboblar, idishlar, ya'ni o'qitish jarayonini tashkil etishga kerak bo'lgan barcha qo'llanmalar saqlanadi. Audio va videokassetalar, videodisklar, didaktik materiallar, laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar olib borish uchun yo'riqnoma berish hamda ko'rsatmalarni hammasi malum bir mavzu yuzasidan tuzilgan bibliografik kartatekalar tizimiga kiritiladi. Bulardan tashqari, laboratoriya xonasidagi stolda tajribalar o'tkazish uchun zarur materiallar tayyorlanadi, ko'rgazmalar ta'mirlanadi. Stolda jo'mrakli suv krani bo'ladi. Undan idishlarni yuvishda foydalaniladi. Biologiya o'qitish xonasi, laboratoriya xonasidan tashqari, tirik tabiat burchagini tashkil qilish lozim. Tirik tabiat burchagida faqat tirik o'simlik va hayvonlarni saqlash, ular ustida tajribalar o'tkazish hamda darslarda namoyish etish uchungina emas, balki darslardan va sinfdan tashqari ishlarni bajarish uchun foydalidir. Tirik tabiat burchagini imkon darajasida biologiya xonasining yaqinidagi tashkil qilish mumkin. Umumta'lim maktablarida biologik ta'limning samaradorligi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish shakllari bo'lgan dars, darsdan va sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni talab darajasida o'tkazishga bog'liq. Mazkur mashg'ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi, avvalo biologiya o'quv xonasi, laboratoriya, tirik tabiat burchaklarini to'liq jihozlashga bog'liqdir. Biolo

Доказательный фрагмент

«The requirements for the equipment of the biology room in schools of general secondary education have been changed along with the current modern technical equipment, as well as pedagogical, sanitary-hygienic requireme…»

Образец извлечения

Демо-превью

The requirements for the equipment of the biology room in schools of general secondary education have been changed along with the current modern technical equipment, as well as pedagogical, sanitary-hygienic requireme… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Biology room, laboratory, equipment, requirements, laboratoriya, Biologiya xonasi, jihozlanish, talablar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники