Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
“1924–1932 ЙИЛЛАРДА ЎЗБЕКИСТОН САНОАТ РИВОЖЛАНИШИ: ВАЗИФАЛАР, БОСҚИЧЛАР ВА НАТИЖАЛАР (ФАРҒОНА ВОДИЙСИ МИСОЛИДА)”
Olimjanova Zuxraxon Rustamjon qizi · Олимжанова Зухраxон Рустамжон кизи
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 1924
Аннотация
В статье рассматривается развитие промышленности Узбекской ССР в 1924–1932 годах. Ключевые слова: Национально-территориальное размежевание, Узбекская ССР, Канимехский район, передовое индустриальное государство, пятилетний план, хлопководство, машинно-тракторные станции (МТС). 1924 yil oxiri – 1925 yil boshlarida O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralash o‘tkazilib, bir qator milliy republikalar, shu jumladan O‘zbekiston SSR ham tashkil etildi. 1925 yil 29 yanvarda O‘zbekiston SSRda ma'muriy-hududiy bo‘linish amalga oshirilib, 7 ta oblast – Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm oblastlari va alohida Konimex rayoni, shuningdek, O‘zbekiston SSR tarkibidagi Tojikiston ASSR tashkil topdi. [1, b.313] 1925 yil dekabrda bo‘lib o‘tgan VKP(b)ning XIV syezdi mamlakatni sotsialistik industrlashtirish rejasini e’lon qildi va sovet xalqi oldiga Sovet Ittifoqini “kapitalistik munosabatlardan iqtisodiy jihatdan mustaqil bo‘lgan qudratli industrial sotsialistik davlatga aylantirish” vazifasini qo‘ydi. Sanoatlashtirishning rasmiy vazifasi SSSRni asosan agrar davlatdan yetakchi industrial davlatga aylantirish edi. Jamiyatni tubdan qayta qurish bo‘yicha uchta asosiy vazifadan iborat yo‘nalish – sanoatlashtirish, qishloq xo‘jaligini kolektivlashtirish va madaniy inqilob yo‘nalishlari belgilandi. Uning tarkibiy qismi sifatida sotsialistik sanoatlashtirish xalq xo‘jaligini rivojlantirishning birinchi besh yillik rejasi (1928-1932) bilan boshlandi. VKP(b) Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy Nazorat Komissiyasining qo‘shma Plenumida (1927 yil) qabul qilingan xalq xo‘jaligini rivojlantirishning besh yillik rejasini tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar butun SSSR bo‘yicha sanoatlashtirish va iqtisodiy o‘sishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Ushbu ko‘rsatmalardan kelib chiqib, O‘zbekiston Kommunistik partiyasining 1927 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan III syezdi O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun maxsus besh yillik reja ishlab chiqdi va tasdiqladi. Bu reja O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini 46 modernizatsiya qilish, transport va aloqa sohasini rivojlantirishni maqsad qilgan edi. Shuningdek, reja mahalliy xomashyo resurslaridan samarali foydalanish, yangi sanoat tarmoqlarini yaratish va aholi turmush darajasini oshirish kabi vazifalarni ham o‘z ichiga olgan. Besh yillik reja ijrosi jarayonida paxtachilik, ipakchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoati va qurilish sohalariga alohida e'tibor qaratildi. Bu davrda O‘zbekiston xalq xo‘jaligida qishloq xo‘jaligi hukmron edi. Respublika sanoati asosan qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan foydalangan, bu esa sanoatni qishloq xo‘jaligining rivojlanish darajasiga qaram qilib qo‘ygan edi. Shu bilan birga, ishlab chiqarishning past darajasi respublikada ishlab chiqarilayotgan barcha qishloq xo‘jaligi xom ashyosini qayta ishlashga qodir bo‘lmay, xom ashyoning ma'lum bir qismi Markaziy hududlarga eksport qilinib, qisman tayyor mahsulot shaklida qaytarib olinar edi. [2, b.82] Bu esa, O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari juda oz bo‘lganini ko‘rsatadi. O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan besh yillik reja amalga oshirilishi natijasida juda katta ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Avvalo, qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan qayta qurish va paxta yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha muhim natijalar qo‘lga kiritildi. Paxtachilikni industrial asosda rivojlantirish uchun yangi paxta tozalash zavodlari, irrigatsiya inshootlari va mashina-traktor stantsiyalari (MTSlar) qurildi. Ishlab chiqarishda mexanizatsiya darajasining o‘sishi mehnat unumdorligini oshirdi va qishloq xo‘jaligining iqtisodiy samaradorligini kuchaytirdi. Shu bilan birga, sanoat sohasida ham yangi ishlab chiqarish quvvatlari yaratildi: qurilish materiallari sanoati, yengil va oziq- ovqat sanoati tarmoqlari rivojlandi. Transport sohasida temir yo‘llar qurilishiga katta e'tibor qaratildi, bu esa iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va ichki bozorni kengaytirish imkonini berdi. Maxsus holda, Yangi Marg‘ilon — Toshkent temir yo‘li va boshqa yo‘nalishlar qurilishi iqtisodiy faollikni oshirishga xizmat qildi. Besh yillik reja ijrosi natijasida O‘zbekistonda ishchi sinfining soni ortdi, shahar aholisi ko‘paydi va madaniyat sohasida ham salmoqli ildamlash kuzatildi: savodxonlik darajasi yuqoriladi, yangi maktablar va kasbiy-texnik ta'lim muassasalari tashkil etildi. Biroq, shu bilan birga, rejaning amalga oshirilishi bir qator murakkablik va qiyinchiliklar bilan kechdi. Xususan, markazdan yuborilgan iqtisodiy ko‘rsatmalarning real sharoitlarga mos kelmasligi, mehnat resurslarining yetarlicha bo‘lmasligi va infratuzilmaning rivojlanmaganligi kabi omillar belgilangan maqsadlarga to‘liq erishishni qiyinlashtirdi. Umuman, sanoatlashtirish siyosatining boshlanishida O‘zbekiston iqtisodiyoti to‘la agrar xususiyatda edi. Mahalliy sanoatning qoniqarsiz va mayda
Доказательный фрагмент
«В статье рассматривается развитие промышленности Узбекской ССР в 1924–1932 годах.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматривается развитие промышленности Узбекской ССР в 1924–1932 годах. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Национально-территориальное размежевание, Узбекская ССР, yetakchi industrial davlat, Konimex rayoni, mashina-traktor stantsiyalar (MTS)., O‘zbekiston SSR, milliy-hududiy chegaralash, paxtachilik, besh yillik rejasini
Смежные источники
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019
Журнал Основы социальных и гуманитарных исследованийNilufar Djuraeva, Alok Kumar2024
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021