К содержанию
РецензированоUZ2026

TUBAN O'SIMLIKLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI

Urinboyeva Mehrinoz Rasuljon qizi · Andijon Davlat Pedagogika internet

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This thesis covers the basic description, classification, and biological significance of benthic plants. Benthic plants have a simple structure that is not divided into tissues, and differ in their forms of reproduction and adaptation to the ecological environment. Their vital importance in the aquatic environment, the process of photosynthesis, and their role in the biosphere are important. KALIT SO‘ZLAR: Tuban o‘simliklar, suvo‘tlar, zamburug‘lar, lishayniklar, talom, fotosintez, vegetativ ko‘payish, jinsiy ko‘payish. КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: Водные растения, водоросли, грибы, лишайники, слоевище, фотосинтез, вегетативное размножение, половое размножение. KEYWORDS: Aquatic plants, algae, fungi, lichens, thallus, photosynthesis, vegetative reproduction, sexual reproduction. Tuban oʻsimliklar, tallomlilar (Thallophyta) — sodda tuzilgan oʻsimliklar. Tanasi ildiz, novda va bargga ajralmagan oʻsimliklar. Tuban oʻsimliklar organik olamning dastlabki bosqichlarida kelib chiqqan. Ular suvli muhitda yoki sernam joylarda yashashga moslashgan. Evolyutsiya jarayonida uncha rivojlanmagan va hozirgi davrgacha baʼzi birlari sodda tuzilishini saqlab qolgan. Tuban oʻsimliklar bir hujayrali, koloniya hosil qiluvchi va koʻp hujayrali organizmlar hisoblanib, tanasi toʻqima va organlarga ajralmagani uchun ularning tanasi „qattana“ yoki „tallom“ deb ataladi.[1] Tuban o‘simliklar (Thallobionta) – to‘qimalarga ajralmagan, oddiy tuzilishga ega bo‘lgan o‘simliklar guruhi bo‘lib, ular hujayrali yoki ko‘p hujayrali organizmlar sifatida namoyon bo‘ladi. Ularning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: Tanasi talom (to‘qimalarga ajralmagan vegetativ tana) shaklida bo‘ladi. Fotosintez qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, avtotrof organizmlar hisoblanadi. Ko‘payishi vegetativ, jinsiy va jinsiy bo‘lmagan usullarda sodir bo‘ladi. Suv muhitida yoki nam joylarda tarqalgan bo‘lib, ba’zilari quruqlikda ham yashashi mumkin. Klassifikatsiyasi Tuban o‘simliklar bir nechta bo‘limlarga ajratiladi: 141 ` 1. Bakteriyalar (Cyanobacteria va Eubacteria) – prokariot organizmlar, fotosi ntez qiluvchi ko‘k-yashil suvo‘tlar (siyanobakteriyalar). 2. Suvo‘tlar (Algae) – bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lib, yashash joyiga qarab plankton, bentos yoki perfiton guruhlariga bo‘linadi. 3. Zamburug‘lar (Fungi) – heterotrof organizmlar bo‘lib, chirindi yoki parazit hayot tarzini olib boradi. 4. Lishayniklar (Lichenes) – zamburug‘ va suvo‘tlarning simbiozi natijasida hosil bo‘lgan murakkab organizmlar.[2] Tuban osimliklar sistematikasida eng kichik kategoriya tur hisoblanadi.Tuban osimliklar (Thallophyta) 4 ga bolinadi. 1. Hujayrasiz tuzilish-protocybionta 2. Shakllanganyadroga ega bolmagan-Thallobionta 3. Yadroga ega tallomli (tallofit)-Thaleucaryota 4. Plastidasiz tallomli(tallofit)-Thaloplastidal. Shakllangan yadroga ega bolmaganlarga –Bakteriya(Bacteriophyta) va kok yashil(Cyanophyta) suvotlari kabilar kiradi.Bakteriyalar –xlorofillga ega bolmagan, ixtisoslashmagan, va yadroga ham ega bolmagan bir hujayrali , va bazan kop hujayrali organizmlar kiradi. Bakteriyalarning asosan uvh xil shakli mavjud: sharsimon (koklar), tayoqchasimon (batsillalar), buralgan (sprion yoki vibrillalar) misol bola oladi.Kok yashil suvotlari hozirgi kunda prokariotlar bilan birgalikda organiladi.Bunga asosiy sabab ularning hujayrasida membrana takomilllashmagan, yadro, mitoxondriya, endoplazmatik tor, kabilar bolmaydi. Ular hozirgi kunda 5 ta tartibga bo`linadi. Tuban o‘simliklar, xususan, torfli hududlarda o‘suvchi Sphagnum kabi moxlar, iqlimo‘zgarishi jarayonlarini tahlil qilish uchun muhim tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ular orqali o‘tmishdagi iqlim o‘zgarishlari haqida ma’lumot olish mumkin. Likenlar va boshqa sezgir tuban o‘simliklar havo ifloslanishini o‘lchashda biologik indikator sifatida ishlatiladi. Masalan, likenlarning ko‘payishi yoki yo‘qolishi havo sifatining holati haqida signal beradi. Tuban o‘simliklarning genetik tuzilishi ilmiy izlanishlar uchun o‘ziga xos model hisoblanadi. Ularning oddiy tuzilishi sababli murakkab biologik jarayonlarni o‘rganish osonlashadi. Tabiatda tuban o‘simliklar sonining kamayishi global ekologik muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun ularni saqlash quyidagi sabablarga ko‘ra dolzarb masaladir: 1. Ekologik barqarorlikni saqlash: Tuban o‘simliklar atrof-muhitni tozalash va barqarorlashtirishda muhim ahamiyatga ega. 2. Biodiversifikatsiyani himoya qilish: Ularning yo‘qolishi biologik xilma-xillikka zarar keltiradi. 3. Iqtisodiy resurslarni ta'minlash: Tuban o‘simliklarning turli sohalardagi ahamiyati iqtisodiy foyda keltiradi.[3] Xulosa: Tuban o‘simliklar nafaqat ekologik tizimlar uchun, balki insoniyat hayotiningturli sohalarida ham katta ahamiyatga ega. Ularning ekologik va iqtisodiy foydalari, ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni va tabiat barqarorligini ta'minlashdagi hissasi ularni saqlash va tadqiq qilish zarurligini ko‘rsatadi. 142 `

Доказательный фрагмент

«This thesis covers the basic description, classification, and biological significance of benthic plants.»

Образец извлечения

Демо-превью

This thesis covers the basic description, classification, and biological significance of benthic plants. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Aquatic plants, algae, fungi, lichens, thallus, photosynthesis, vegetative, suvo‘tlar, talom, jinsiy ko‘payish., zamburug‘lar, Tuban o‘simliklar, lishayniklar, fotosintez, vegetativ ko‘payish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники