К содержанию
РецензированоUZ2026

AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA BO‘LAJAK TARJIMONNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI

KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH KOMPONENTLARI · Mamarajabov Botir Baxodir o‘g‘li

Наука и технология в современном мире · 2026

Аннотация

This article discusses the concepts of "competence", "competence", "professional competence". Based on the acmeological approach, an analysis of the content of the professional competence of future translators was carried out. Keywords: Acmeological approach, future translators, professional competence, integral quality, important professional qualities, competence, competence, professional competence, knowledge, skills, abilities. Maxsus adabiyotlarda «kompetentlik» tushunchasi turlicha talqin qilinadi. Bu faktni inobatga olgan holda, avvalo, uning tadrijiy yo‘lini kuzatib, mohiyatini ochib berish va keyin tarjimonning kasbiy kompetentligini ko‘rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.Masalan, «kompetentlik» (lot. Competentia, compete - birgalikda erishaman, erishishaman, mos kelaman, to‘g‘ri kelaman) tushunchasi lug‘atlarda «biror narsani baholash imkonini beruvchi bilimlarga ega bo‘lish», «xabardorlik, qonuniylik», «obro‘-e’tibor, to‘laqonli huquqlik» ma’nosini anglatadi. [6]. Ilmiy psixologik adabiyotda «kompetentlik» tushunchasi ilk bor nemis olimi Xabermas asarlarida ishlatilgan, u bu tushunchani nutq kommunikatsiyasi nazariyasi kontekstida sotsiologik atama sifatida foydalanadi [2]Boshqa ko‘plab psixologik tadqiqotlarda kompetentlik ikki nuqtai nazardan sub’ektning kasbiy rivojlanish darajasi sifatida va uning umumiy psixologik tavsifi elementi sifatida.ko‘rib chiqiladi. Keyinchalik «kompetentlik» tushunchasi ijtimoiy psixologiya bo‘yicha ishlarda ham uchraydi, unda E.F. Zeyer bu tushunchani "o‘z ishini, bajarilayotgan ishning mohiyatini, murakkab aloqalarni, hodisalarni va jarayonlarni, belgilangan yo‘llarga erishishning mumkin bo‘lgan usullari va vositalarini puxta bilish "deb talqin etiladi [6].Kompetentlik shaxs bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib va insonning o‘zini o‘zi rivojlantirish natijasidir. J. Raven shaxsning rivojlanishini uning asosiy qobiliyatlarini, bilim, ko‘nikma, fikrlash usullarini rivojlantirish orqali ko‘rib chiqadi, shunga mos ravishda kompetentli shaxs – bu rivojlangan qobiliyatlarga ega bo‘lgan inson. J. Raven, J.L. Piter, A.V. Xutorskoy, A.K. Markova va boshqalar kompetentlik mavjudligi to‘g‘risida faqat o‘z sa’y-harakatlari bilan emas, balki faoliyat natijasi bo‘yicha xulosa chiqarish zarur, deb hisoblashadi. Kompetentlik madaniyatning faol qismi N.S. Rozov, A.K. Markova, E.F.. Zeyer sifatida ham amaliy komponent (malaka, ko‘nikma) kompetentlik tuzilmasida asoslovchi element ekanligi nuqtai nazaridan tadqiq qilinadi. Lug‘atlarni tuzuvchilarning deyarli barchasi «kompetentlik» va «kompetensiya» tushunchalarini farqlaydi. «Kompetensiya» kategoriyasida yagona talqin yo‘qligi fakti o‘ziga 144 ` e’tiborni tortadi. Bu tushuncha «qonun yoki mazkur muassasaning nizomi bilan o‘rnatilgan biron bir organ yoki mansabdor shaxsning vakolatlari majmui» [1.], «kimdir yaxshi xabardor bo‘lgan masalalar sohasi» [4] deb talqin etiladi. Shuningdek, «kompetensiya”ning quyidagicha ta’rifini ham topish mumkin: «biron-bir kishishning shaxsiy imkoniyatlari, uning muayyan doiradagi yechimlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish imkonini beradigan malakasi (bilimlari, tajribasi)» [5]. A.S. Belkin, E.F. Zeyer, G.S. Mirolyubova, A.P. Chujakin o‘zlarining chop etilgan ilmiy ishlarida «kompetensiya» va «kompetentlik» tushunchalari o‘rtasida aniq chegara o‘rnatadilar. Olimlar “kompetentlik” tushunchasi mazmunini muayyan predmetli faoliyat chegaralari bilan belgilaydi va uni "bilim, malaka, ko‘nikma, tajriba, faoliyatning ma’lum u yoki bu sohadagi ma’lumotga ega bo‘lish darajasi; muayyan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati" sifatida ta’riflaydi. Kompetensiya esa maqsadga erishish yo‘lida duch kelayotgan muammolarga psixologik tayyorlik va ularni samarali hal etish qobiliyati, shuningdek, mavjud bilim, malaka, ko‘nikmalar, qobiliyatlarini yangilash va rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyoj sifatida qaraladi [16]. Yuqorida bayon etilgan ta’riflarni tahlil qilib, biz «kompetensiya» va «kompetentlik» ba’zi hollarda sinonimdir, degan xulosaga keldik, chunki ular muayyan sohadagi tajriba, xabardorlik kabi umumiy tushunchalar bilan tavsiflanadi. Biz bu tushunchalarni farqlaymiz va kompetensiyani inson bilim, ko‘nikma va ko‘nikmalarini qo‘llash sohasi sifatida ko‘ramiz, kompetentlik deb esa kasbiy vaziyat o‘z ishini yaxshi bilishni talab qiladigan paytda insonning o‘z malaka va ko‘nikmalarini faollashtirish qobiliyatini tushunamiz. Qator ilmiy asarlar tahlili bizga kompetentlik ma’lum bir kasb kontekstida o‘rganiladi va u bilan bog‘liq degan xulosaga kelishga imkon berdi. Kasb deganda maxsus nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talab etadigan mehnat turi, mashg‘ulotlar tushuniladi. Aynan shu jihat biz uchun qiziqarlidir. «Kasbiy kompetentlik» tushunchasi (lot. Professio – rasmiy bilim, lot. Compete - mos kelish, topish) Kasbiy ta’lim ensiklopediyada quyidagicha talqin qilinadi: “mutaxassisning mazkur turdagi faoliyatni amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan bilim va malaka darajasini aks ettiruvchi ishbilarmon va shaxsiy fazi

Доказательный фрагмент

«This article discusses the concepts of "competence", "competence", "professional competence".»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the concepts of "competence", "competence", "professional competence". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Acmeological approach, future translators, professional competence, qobiliyatlar., Akmeologik yondashuv, ko‘nikmalar, kasbiy kompetentlik, bilim, integral sifat, bo‘lajak tarjimonlar, kompetentlik, kompetensiya, malaka, kasbiy muhim xislatlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники