Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMIR TEMUR QO’SHINI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · AMIR TEMUR QO’SHINI (in-academy.uz/index.php/yo) · Abdurashidov Davronbek (in-academy.uz/index.php/yo) · Qambarov G'ayrat (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Amir Temur qo’shini qay tartibda yig’ishi va qanday saf tortishi, janglarda qo’shin harakatlanishi haqida malumotlar keltirildi. Kalit so’zlar: lashkar, xo’jand, turk yerlari, jand, lur, manjaniqchilar, radandozlar, naftandoz, yaso, saf, amudaryo, sirdaryo. Amir Temur harbiy san’ati haqida, lashkarni boshqarish tartibi va askarlar yig’ish jarayoni haqida juda ko’plab ma’lumotlar turli manbaalar va adabiyotlarda turlicha yoritilgan shundan kelib chiqib ma’lumotlarni tahlil qilishni maqsad qilib qo’ydik. Mug’ullar va Amir Temur qo’shinlari o’rtasidagi o’xshash jihatlari va farqlari haqidagi ma’lumotlar bayon qilindi. Amir Temur xar bir janglardan oldin o’z qo’shini holatini ko’rikdan o’tkazgan va bu qoidasiga doimo qattiy amal qilgan. Bugungi kundagi “Go’ri Amir” maqbarasi hovlisida saqlanayotgan marmar toshdan ishlangan katta qozon juda ahamiyatli. Tarixchilarning aytishlariga qaraganda bu qozonga anor suvi to’ldirilgan, saf tortgan qo’shin birma-bir bu qozon oldiga kelib anor sharbatidan bir piyoladan ichishgan. Mana shu tartib orqali qo’shinning qancha ekanligi hisoblangan. Xar bir janglardan qaytgandan keyin yana shu tadbir amalga oshirilgan va qancha jangchi yo’qotganligi ma’lum bo’lgan. Shu o’rinda Ibin Arabshox shunday satrlarni yozib qoldirgan: …Temurning ishlari nihoyasiga, qasrlari qurilib kamoliga yetgach, u o’z qo’shiniga Samarqandda jam bo’lishni buyuradi. Keyin ular uchun o’zi o’ylab topib ixtiro qilgan tartib va tazribda maxsus qalpoqlar tayyorlashlarini hamda jangchilar ularni kiyib yurishga otlanishlarini amir qiladi. Temur ularning qaysi tomonga borishlarini ma’lum qilmaydi. Bu qalpoqlar ular uchun shartli bir belgi edi. Temur o’z yerlarining barcha tomonlarida oldindan posbonlar tayinlab qo’ygan edi. So’ngra Temur Samarqanddan chiqib, o’zini Xo’jand, Turk yerlari va Jandga boryapman deb ovoza tarqatadi. Shundan so’ng u o’z askari girdobiga sho’ng’ib ketadiki, go’yo u dengiz qariga tushib g’oyib bo’lgandek bo’ladi; uning qayoqqa burilishi va qaysi tomonga g’orat va talaf etishini xech kim bilmaydi; u shaxar ketidan shaxar bosib o’tib, kecha-kunduz yo’l yuradi… Nihoyat u xech kim o’ylamaganda, Lur1 yerlarida paydo bo’ladi.2 Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumotlariga qaraganda Chingizxon o’z qo’shiniga ko’proq otliq va ko’chmanchi xalqlardan jangchi to’plashga xarakat qilgan, o’troq xalqlardan jangchi yig’ishga ahamiyat bermagan. Chingizxon davridagi tartiblardan farqli ravishda Amir Temur qo’shini kochmanchi xalqlar bilan bir qatorda o’troq xalqlardan ham jangchilar yig’gan. O’troq aholidan yig’ilgan askarlar arteleriya bo’limini tashkil qilgan. Ularga maxsus tosh otuvchi, qal’a devorlarini buzuvchi, qal’a darvozalarini buzuvchi, Manjaniqchilar3, Radandozlar4, Naftandoz5 guruhi tashkil etilib ularga bu qurollarni ishlatish, boshqarish, olib yurish ishlari o’rgatilgan va tayyorlangan6. Qo’shin to’plash ishlari bilan asosan Tovachilar shug’ullangan bo’lib ular tuman, viloyat kezib ko’chmanchi va mahalliy o’troq aholidan turkiylardan va tojiklardan piyoda va otliq 72 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo askarlar yig’gan. Har bir askar o’zi bilan oziq-ovqat, o’ttizta ta o’q bilan kamon, sovut, nayza va qalqon olib kelishi shart bo’lgan. Xar ikki otliq askarda bitta zaxira ot, xar bir kishida bitta chodir, ikkita temir kurak, bitta ketmon, bitta o’roq, bitta bolta, bitta bigiz, yuzta igna, yarim man arqon, bitta pishiq teri va bitta qozon bo’lgan. Askarlar saf oldidan manashu narsalarni olib kelishi va ko’rikdan o’tishi shart bo’lgan. Amir Temur qo’shinida yana bir bo’lim bo’lib ular tog’lik xududlarda yashaydigan xalqlardan tuzilgan. Ular asosan tog’li hududlarda olib borilgan janglar paytida jonbozlik ko’rsatishgan tik qoyalarga chiqa oladigan, daralar, tog’ yo’llari va tog’larda joylashgan qal’alarni qo’lga kiritishda katta xizmat qilgan. Kavkaz tog’larida olib borilgan mashaqqatli janglarda ularning xizmatlari katta bo’lgan. Piyoda jangchi qilich, qalqon, kamon va o’qlarga ega bo’lib jang oldidan o’qlari soni maxsus buyruqqa binoan ko’paytirilishi mumkin bo’lgan. To’xtamishxonga qarshi bo’lgan jang oldidan xar bir jangchiga 30 tadan o’q olish buyurilgan. Bundan ko’rinib turibdiki bu askarlar yingin qurollangan piyoda jangchilari bo’lib, agar kerak bo’lganda otliq askarlar piyodaga aylanishi va ular og’ir piyoda jangchilari o’rnini bosishi mumkin edi. Saralangan askarlar yoki otliq askarlar dubulg’a, qalqon, qilich, kamon va o’q bilan qurollangan. Ularning xar biri 2 ta ot va xar besh kishida 1ta o’tov olishlari shart edi. 5 kishida bitta o’tov bo’lishi sababi saralangan jangchilarning mudofaa anjomlari ko’p joyni egallar hamda ularning maxsus xizmatkorlari ham mavjud bolib, ular otlarining ustiga yo’lbars terisi tashlab qo’yilgan. Bu jangchilar Amir Temurning shaxsiy soqchilari bo’lishlari mumkin. Bu jangchilar shamshirini chap yonida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Amir Temur va Chingisxon qo’shini tarkibi haqida o’xshashlik va farqli jihatlari haqida mulohaza yuritildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sirdaryo., naftandoz, amudaryo, lur, yaso, lashkar, turk yerlari, saf, xo’jand, manjaniqchilar, radandozlar, jand
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025