Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BURCH VA MAS’ULIYAT – INSON KAMOLOTI VA JAMIYAT TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · TARAQQIYOTINING ASOSIY MEZONI (in-academy.uz/index.php/yo) · Go‘zalxon O‘sarova Rasuljon qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Madaminova Farida Anvarjon qizi (University of Business and Science)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada burch va mas’uliyat tushunchalarining jamiyat va shaxsiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Burch, shaxsning boshqa shaxslar yoki jamiyatga nisbatan o‘zining majburiyatlarini bajarishi zarurati sifatida ta’riflanadi. Mas’uliyat esa, o‘z xatti-harakatlari uchun shaxsning javobgarligini anglatadi. Maqolada burchning o‘rni, turli hayotiy vaziyatlarda mas’uliyatni bajarishning ahamiyati, shuningdek, bu tushunchalarning bir-biriga bo‘lgan aloqasi tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: burch, mas’uliyat, shaxs, jamiyat, axloq, huquq, majburiyat, javobgarlik, psixologiya, ijtimoiy munosabatlar, ish faoliyati, oila. Burch va mas’uliyat insoniyat tarixida har doim muhim ijtimoiy va axloqiy kategoriya bo‘lib kelgan. Ular nafaqat shaxsiy hayotda, balki jamiyatning o‘zaro aloqalarida ham markaziy o‘rin tutadi. Burch shaxsning o‘zining majburiyatlarini bajarmoqda bo‘lishi kerakligini anglatadi, mas’uliyat esa, o‘zining har bir xatti-harakatlari uchun javobgarlikni tushunish va qabul qilish jarayonidir. Burch va mas’uliyat - bu har bir inson hayotida muhim o‘rin tutuvchi tushuncha hisoblanadi. Burch - bu biror narsani qilish yoki qilmaslik haqidagi shaxsiy yoki ijtimoiy talab, mas’uliyat esa, talablarga amal qilish va ular uchun javobgarlikni his qilishdir. Har bir inson oilasiga, ish joyiga, jamiyatga va o‘ziga qarashli turli burch va mas’uliyatlarga egadir. Ushbu maqolada burch va mas’uliyat tushunchalarining tahlili orqali jamiyatdagi ahamiyati, huquqiy va axloqiy jihatlari, shuningdek, insonning bu tushunchalarga bo’lgan yondashuvlari ko’rib chiqiladi va ularning hayotimizga ta’siri va ularni to‘g‘ri bajarishning ahamiyati yoritiladi. Burch va mas’uliyatning kelib chiqishi: Burch va mas’uliyat tushunchalari qadim zamonlardan beri insoniyat uchun muhim bo‘lib kelgan. Falsafada bu tushunchalar Aristotel, Kant, Nietzsche kabi mutafakkirlar tomoidan o‘rganilgan. Diniy nuqtai nazardan ham har bir din insonlarga burch va mas’uliyatlrni yuklaydi. Masalan, Islom dinida ham Allohga, oilaga va jamiyatga qarashli burchlar mavjud. Burchning axloqiy va huquqiy asoslari: Burchning axloqiy asoslari shaxsning jamiyatdagi o‘rni va boshqa insonlar bilan o‘zaro aloqalarini tartibga solishga yordam beradi. Burch, shaxsning boshqa shaxslar yoki jamiyatga nisbatan o‘zining majburiyatlarini bajarishi zarurati sifatida tushuniladi. 87 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Huquqiy jihatdan burch, davlat va qonunlar tomonidan belgilangan majburiyatlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu majburiyatlar jamiyatning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Burch va Mas’uliyat o’rtasidagi aloqa: Burch va mas’uliyat o‘rtasida bevosita aloqalar mavjud. Burch, shaxsni majburiyatlarinibajarishga undaydi, mas’uliyat esa, ularni bajarish jarayonida yuzaga keladigan javobgarlikni anglatadi. Ushbu ikki tushuncha jamiyatda odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy tartibni saqlash va mustahkamlashga xizmat qiladi. Mas’uliyat va javobgarlik: Mas’uliyat – bu shaxsning o‘z harakatlari va qarorlari uchun javobgarligini qabul qilishdir. Mas’uliyat har bir insonning axloqiy qoidalariga asoslanib, o‘zining yuksak me’yorlarga erishishiga intilishidir. Bu nafaqt huquqiy, balki axloqiy nuqtai nazardan ham muhimdir. Mas’uliyat, o‘z navbatida, jamiyatda ahamiyatli qarorlar qabul qilish va ularga javobgarlikni o‘z zimmasiga olishni talab etadi. Oiladagi burch va mas’uliyat. Oila – bu burch va mas’uliyatning eng muhim maydoni hisoblanadi. Ota – onalar farzandlarini tarbiyalash, ularga g‘amxo‘rlik qilish burchiga egadir. Farzandlar esa ota – onalariga hurmat bilan qarash va ularga yordam berish mas’uliyatini oladi. Oiladagi burch va mas’uliyatni to‘g‘ri bajarish oila baxtini mustahkamlaydi deb hisoblayman. Farzandning ota – onalari oldidagi burch va mas’uliyatlarini Kaykovus o‘zining Qobusnoma asarida ham keltirib o‘tgan: Ey farzand, bilg‘ilkim, aql yuzasidan farzandg‘a ota – onani izzat va hurmat qilish vojibdir, nedinkim, uning asli ota – onadur. Ota –onani nima uchun hurmat qilurman, deb ko‘nglingg‘a kelturmag’il, bilg‘ilki, ular sening uchun o‘limg;a ham tayyor turaturlar. Har bir farzand, oqil va dono bo‘lsa, hech vaqt ota – onaning mehr haqqini ado qilmoqdin xoli bo‘lmag‘usidur. Ey farzand, shul vajdin ota – onangni ozgina ham ranjitmag‘il. Bu misralar oiladagi burch va mas’uliyatga misol bo‘la oladi. Ish joyidagi mas’uliyat. Ish faoliyatida mas’uliyat – bu ishning muvaffaqiyatli bajarishning asosiy shartidir. Har bir xodim o’z vazifasini samarali bajarishi, jamoa ishiga hissa qo‘shishi xodimning burchi hisoblanadi. Har bir inson o‘z ish joyida o‘z ishiga mas’uliyat bilan qarashi kerak. Mas’uliyatli xodim ish joyida ishonch va obro‘ qozonadi, bu esa ularning martaba ko‘tarilishiga olib keladi. Burch va Mas’uliyatning jamiyatdagi ahamiyati: Burch va mas’uliyat jamiyatda o‘zaro hurmat va adolatni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Burch va mas’uliyatni his qilgan shaxslar o‘zining harakatlari bilan boshqalarni zarar ko‘ris
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada burch va mas’uliyat tushunchalarining jamiyat va shaxsiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada burch va mas’uliyat tushunchalarining jamiyat va shaxsiyatdagi o‘rni, ularning huquqiy va axloqiy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquq, javobgarlik, oila., burch, ijtimoiy munosabatlar, axloq, majburiyat, psixologiya, jamiyat, shaxs, ish faoliyati, mas’uliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025