Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PIFAGOR TEOREMASI VA UNING GEOMETRIYADA QO‘LLANILISHI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dinora Sobirova (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Pifagor teoremasining matematik mazmuni, uning isboti va tarixiy ildizlari tahlil qilinadi. Shuningdek, teoremaning geometriyada, trigonometrik nisbatlarda, masalalarni modellashtirishda va muhandislik amaliyotida qo‘llanilishiga doir aniq misollar orqali yoritiladi. Maqola o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim, balki uning hayotiy qo‘llanma sifatida ahamiyatini to’liq ochib berishga va ularni ko‘rsatishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Pifagor teoremasi, to‘g‘ri burchakli uchburchak, geometriya, masala yechimi, gipotenuza, amaliy matematika, trigonometrik nisbatlar. Matematikaning eng qadimiy va mustahkam poydevorlaridan biri bo‘lgan Pifagor teoremasi asrlar davomida nafaqat nazariy fanlar, balki hayotiy masalalarni hal etishda ham keng qo‘llanib kelinmoqda. Teorema ilk bor qadimgi Yunoniston davrida Pifagor tomonidan shakllantirilgan bo‘lsa-da, uning mohiyati va qo‘llanish doirasi vaqt o‘tgan sayin yanada chuqurlashib bordi. Ayniqsa, to‘g‘ri burchakli uchburchaklar bilan bog‘liq masalalarni hal qilishda bu teorema muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Gipotenuzaning kvadrati katetlar kvadratlari yig‘indisiga teng bo‘lishi haqidagi oddiy, ammo chuqur mazmunli bu tenglama geometriya, algebra, trigonometrik tahlil, fizika va muhandislik sohalarida fundamental rol o‘ynaydi. Pifagor teoremasining kuchi uning soddaligida, universalligida va amaliy qudratida mujassam. U orqali ikki nuqta orasidagi eng qisqa masofani topish, balandlik, diagonallar, egri chiziqlar atrofidagi hisob-kitoblar va hatto zamonaviy algoritmlar asosida tahlillar yuritish mumkin. Shu sababli bu teoremani o‘rganish nafaqat matematikani o‘zlashtirish, balki mantiqiy fikrlashni, muammoga tizimli yondashishni rivojlantirishda ham beqiyos ahamiyatga ega. Ushbu maqolada Pifagor teoremasining nazariy asosi, asosiy isbotlari va geometriyada uchraydigan amaliy masalalardagi qo‘llanilishi tizimli tarzda ko‘rib chiqiladi. Maqsad – o‘quvchilar va o‘rganuvchilarga ushbu teoremaning asl mohiyatini anglatish, uni real hayotda qanday ishlashini ko‘rsatish va matematik tafakkurni chuqurlashtirishdan iborat. Pifagor teoremasi — geometriyaning asosiy qonuniyatlaridan biri bo‘lib, to‘g‘ri burchakli uchburchaklarda qo‘llaniladi. Teorema shunday deydi: to‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasining (eng uzun tomon) kvadrati, uning katetlarining kvadratlari yig‘indisiga teng bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, agar to‘g‘ri burchakli uchburchakda a va b katetlari, c esa gipotenuza bo‘lsa, unda quyidagi tenglama to‘g‘ri bo‘ladi: 𝑎2 = 𝑏2 +𝑐2 Bu tenglama oddiy bo‘lib tuyulsa-da, uning matematik va amaliy ahamiyati ulkan. Pifagor teoremasi nafaqat geometriya, balki trigonometrik hisoblashlar, fizikada va amaliy muhandislikda keng qo‘llaniladi. Pifagor teoremasining isboti bir necha xil usulda amalga oshirilgan. Ulardan biri Algebraik isbotdir. To‘g‘ri burchakli uchburchakning barcha tomonlari kvadratga olingan va bu kvadratlarning yuzalari yig‘indisi yordamida teorema tasdiqlanadi. Boshqa isbotlar esa geometrik usullarni, ya’ni to‘g‘ri burchakli uchburchaklarni katta kvadrat yoki boshqa shakllarga ajratish va o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi. Birinchi isbotni ko‘rsatish uchun, biz to‘g‘ri burchakli uchburchakni oling, uning katetlari a va b, gipotenuzasi esa c. 122 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Uchburchakni 4 dona nusxasini olish orqali kvadrat shaklga keltirishingiz mumkin. Bu kvadratning yuzasini hisoblash orqali teoremaning to‘g‘riligini isbotlash mumkin. Shuningdek, isbot qilishning boshqa geometrik shakllardan ham foydalanish mumkin. Pifagor teoremasi turli matematik masalalarni hal qilishda va real hayotdagi muammolarni yechishda keng qo‘llaniladi. Keling, ba’zi misollarni ko‘rib chiqaylik. Misol 1: To‘g‘ri burchakli uchburchakning gipotenuzasini topish Faraz qilaylik, to‘g‘ri burchakli uchburchakning katetlari quyidagicha berilgan: a=3 va b=4 . Gipotenuzani topish uchun Pifagor teoremasini qo‘llaymiz: Yechim: 𝑎2 +𝑏2 = 𝑐2 9 + 16 = 𝑐2 B 32 +42 = 𝑐2 25 = 𝑐2 → c = 5 Javob : Shunday qilib, gipotenuza uzunligi 5ga teng. Misol 2: Balandlikni aniqlash C A Deylik, binoning yuqori qavatidan pastga tushayotgan obyektni kuzatmoqdamiz. Agar obyekt to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklida yerga tushsa va uning yerga bo‘lgan masofasi (katetlardan biri) 12 m bo‘lsa, yerga tushgan ob’ektning masofasi (ikkinchi katet) 16 m bo‘lsa, binoning balandligini (gipotenuza) aniqlash uchun Pifagor teoremasidan foydalanamiz: 𝑎2 +𝑏2 = 𝑐2 A 122 +162 = 𝑐2 400=𝑐2 c = 20 C B Javob: Binoning balandligi 20 m ga teng. Misol 3: Diagonalni hisoblash Ko‘plab geometrik shakllarda, masalan, kvadratlar va to‘rtburchaklar uchun diagonal uzunligini topishda Pifagor teoremasi ishlatiladi. Agar bir kvadratning tomonining uzunligi a=7 m bo‘lsa, uning diagonali d ni topish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz: 𝑎2 +𝑏2 = 𝑐2 A B 72 + 72 = 𝑑2 2*49 = 𝑑2 d = 7√2 7 C 7 D Shunday qilib, kvadratning diagonali 7√2 m ga teng. Pifagor teoremasi faqatgina to‘g‘ri burch
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Pifagor teoremasining matematik mazmuni, uning isboti va tarixiy ildizlari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Pifagor teoremasining matematik mazmuni, uning isboti va tarixiy ildizlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- masala yechimi, trigonometrik nisbatlar., Pifagor teoremasi, to‘g‘ri burchakli uchburchak, amaliy matematika, geometriya, gipotenuza
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025