Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
JANUBIY KOREYADA TA`LIM VA O`ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK
Oybek O`sarqulov Mirodilovich · Annotatsiya: Janubiy Koreyada ta`lim · O`zbekistoning Janubiy Koreya davlati bilan
Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Janubiy Koreyada ta`lim,O`zbekistoning Janubiy Koreya davlati bilan mustaqillikdan keyingi yillardagi madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarini xolisona va xaqqoniy yoritish. O`zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi o`rtasidagi ikki tamonlama ilmiy va madaniy hamkorlik jarayonlari. Kalit so`zlar: Janubiy Koreyada ta`lim, boshlang`ich ta`lim oliy ta`lim, hamkorlik, ikki tamonlama hamkolik, KOIKA. Janubiy Koreya hozirgi kunda ta`lim sifati va taraqqiyot darajasi bo`yicha dunyoning yetkachi mamlakatlaridan biriga aylangan. Chunonchi Janubiy Koreyaning ta`lim tizimi, hususan,maktablari to`g`risida ma`lumotlar juda kam Janubiy Koreya ta`lim tarbiya tizimi Yaponiyanikiga juda o`xshash.Janubiy Koreya Yaponiya va Xitoy o`rtasida joylashganligi sababli bu yaqinlik mamlakat madaniyatiga kuchli ta`sir o`tkazgan. Bugungi kunda mamlakatimizning Koreya davlati bilan aloqlari tobora mustahkamlanayotgan bir paytda mazkur mamlakat ta`lim tizimini o`rganish alohida dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Koreys mo‘jizasining omillaridan biri mehnatsevar aholisi bo‘lsa, yana bir jihati Janubiy Koreyadagi o‘ziga xos ta’lim tizimidir. Ushbu mamlakatning ta’lim tizimi besh bosqichli: o‘qish — boshlang‘ich maktabda 6 yil, ikkinchi bosqich maktabida 3 yil, yuqori maktabda 3 yil, kollejda 2 yil, universitetda esa 4 yildan iborat. Faqat boshlang‘ich va ikkinchi bosqich maktabida ta’lim olish majburiy hisoblanadi. Maktablarda ko‘pincha matematika, koreys va ingliz tillari, aniq va ijtimoiy fanlarga ko‘proq ahamiyat beriladi. E’tiborlisi, barcha ta’lim muassasalarida yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyati mavjud. 2 Koreys o`quvchilari maktabda 12 yil mobaynida ta`lim oladilar. Koreys maktablarida o`quvchilarning reytingi muntazam ravishda tuzib boriladi va bu reytingda imkon qadar yuqori o`rinlarni egallash o`ta muhimdir,chunki oldinda universtetlarga kirish imtihonlari bor. “Xavkon” deb nomlanuvchi (Yaponiyada “dzyuku”larga o`xshatma) maxsus o`quv muassasalari o`quvchilarning maktab dasturidagi o`quv fanlarini yeterli darajada o`zlashtirishlariga yordam berish bilan shug`ullanadi. 1. Koreys ota-onalari bizning ota-onalar kabi o`z farzandlarining qarshiliklariga qaramay, ularni qo`shimcha umumtalim kurslariga jo`natadilar.Hozirgi paytda musiqa, balet, rassomlik bilan uzviy bog`liq bo`lgan an`anaviy husnixat ,shuningdek albatta chet tili o`quv kurslari urf bo`lgan. Nufuzli o`quv muassasalarida tahsil olib, jamiyatda o`z o`rniga ega bo`lishga intilish va oila qurishni jiddiy qadam sifatida e`tirof etish tendensiyasi yuzaga kelishi natijasida bugungi 1 Marifat .uz 11.10.2019 yil.Janubiy Koreya taraqqiyotidagi ikkinchi m`ojiza. 2 Ли Мён Бак .Мўжиза содир бўлмайди. T.: Ўзбекистон. 2009. Б-4. 120 ` kunda o`rtacha turmush qurish yoshi qizlar uchun 26 yoshni, yigitlar uchun 29 yoshni tashkil qilmoqda. 1 Janubiy Koreyada huddi bizdagiga o`xshash farzandlarning biri ota-ona bilan umrbod yashab, ularga izzat-ikrom ko`rsatadi,har tamonlama qo`llab quvvatlaydi. O`zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat yengilmas kuch“ asarida quyidagi fikrlarni uchratamiz “Agar biz dunyo tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak,boshqa xalqlar ham ozodlik va mustaqillikni qo`lga kiritish, milliy tiklanish, o`z davlatchiligini, havas qilsa arziydigan fuqarolik jamiyatini mustahkamlash jarayonida ana shunday fazilatlarga tayanib va suyanib, barcha sohalarda – bu iqtisodiyot yoki ijtimoiy hayot bo`ladimi ,madaniyat,ta`lim –tarbiya va ilm-fan bo`ladimi – o`zining beqiyos ichki qobilyat va salohiyatini ishga solish, uni ro`yobga chiqarish hisobidan taraqqiyotga erishganini ko`ramiz, Masalan Yaponiya va Janubiy Koreyani olaylik. Bu mamalaktalaning Ikkinchi jahon urushidan keyin qanday o`gir ahvolga tushib qolganini hammamiz yaxshi bilamiz.Ho`sh ,ular nimaning evaziga qisqa davr ichida bu qadar rivojlanishga erisha oldi? Axir, bu o`lkalarda mo`l-ko`l tabiiy xomashyo manbalari,mineral resurslari deyarli yo`q-ku ! Albatta, bu borada o`sha paytda dunyoda mavjud bo`lgan siyosiy omillar xalqaro vaziyatning ta`sirini inkor etib bo`lmaydi.Lekin yapon va koreys xalqi asrlar davomida shakllanib ,katta bunyodkor kuchga aylangan o`ziga xos milliy ma`naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun “yapon mo`jiazasi”, yoki “koreys mo`jizasi” haqida gap ketganda ,taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda “yapon xarakteri”,”koreys tabiati”degan iboralarni tilga oaldi. Tabiiyki, ular bu o`rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma`naviy fazilatlarni nazarda tutadi . Ya`ni bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma`naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan 1. Fikrimiz davomida Koreayaning sobiq prezidenti Li Myon Bakning fikrlarini aytib o`tish joiz koreys farzandi haqida ”Agar bolalar ota-onalari shu payt qayerda va nima bilan mashg`uliklarini bilib turishsa,ularga oilada alohida tarbiya berishning hojati yo`q” 2 Shunday qilib ikki davlat o`rtasidagi do`stlik va hamkorlikni rivojlnti
Доказательный фрагмент
«Janubiy Koreyada ta`lim,O`zbekistoning Janubiy Koreya davlati bilan mustaqillikdan keyingi yillardagi madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarini xolisona va xaqqoniy yoritish.»
Образец извлечения
Демо-превьюJanubiy Koreyada ta`lim,O`zbekistoning Janubiy Koreya davlati bilan mustaqillikdan keyingi yillardagi madaniy, ilmiy-texnikaviy aloqalarini xolisona va xaqqoniy yoritish. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ikki tamonlama hamkolik, KOIKA., boshlang`ich ta`lim oliy ta`lim, hamkorlik, Janubiy Koreyada ta`lim
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026