К содержанию
РецензированоRU2026

OʻZBEKISTONNING YONGʻOQZORLARI, ULARNING TABIATDAGI AHAMYATI

Ma'rufova Dilafruz Qudratbek qizi

Естественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

В данном тезисе рассматриваются ореховые леса Узбекистана и их значение для природной среды. Ореховые леса, распространившиеся в горных и предгорных районах Узбекистана, играют важную роль в предотвращении эрозии почвы, поддержании водного баланса и обеспечении биологического разнообразия. Kalit soʻzlar: Oʻzbekiston, yongʻoqzorlari, tabiiy muhit, eroziya, suv balansini saqlash, biologik xilma-xillik, togʻ va togʻoldi hududlar, ekologik ahamiyat, tabiiy resurslar, muhofaza. Oʻzbekistonning tabiiy boyliklaridan biri boʻlgan yongʻoqzorlari, mamlakatning ozuqa, iqtisodiy va ekologik jihatdan muhim rol oʻynaydi. Yongʻoq daraxtlari faqat mahsulot olish uchun emas, balki tabiiy muvozanatni saqlash, yerning eroziyasini oldini olish va faunalarga uy berish kabi bir qator ekologik ahamiyatlarga ham ega. Mazkur tezisda Oʻzbekistonning yongʻoqzorlari, ularning tabiiy va iqtisodiy ahamiyati, shuningdek, tabiatga taʼsiri va muhofaza qilish zaruriyati haqida soʻz yuritiladi. Yongʻoqzorlari Oʻzbekistonning togʻ va togʻoldi hududlarida keng tarqalgan. Ushbu o‘rmonlar, asosan, Namangan, Fargʻona va Samarqand viloyatlarida mavjud. Yongʻoq daraxtlari, tuproqni mustahkamlash, eroziyani kamaytirish va suv balansini saqlashda katta ahamiyatga ega. Ularning ildiz tizimi tuproqni tutib turishga yordam beradi, bu esa yomgʻirlar va sel tufayli tuproqning yuvilib ketishini oldini oladi. Yongʻoqzorlari oʻzining o‘ziga xos ekotizimi bilan ajralib turadi. Bu hududlarda faqat yongʻoq daraxtlari emas, balki turli xil o‘simlik va hayvonot dunyosi ham mavjud. Yongʻoqzorlari turli xil qushlar, hasharotlar va boshqa hayvonlar uchun yashash muhitini taʼminlaydi. Ayniqsa, ular yovvoyi hayvonlarning oziq-ovqat manbai va ularning ko‘payishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.Yongʻoq Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi uchun muhim ekinlardan biridir. Yongʻoqdan olinadigan mahsulotlar, ayniqsa, yongʻoq yadro yoki yongʻoq yogʻi, mamlakatning eksport salohiyatini oshiradi. Yongʻoqzorlari yirik fermer xoʻjaliklari uchun ham qadrli hisoblanadi, chunki yongʻoq daraxtlari uzoq muddatli daromad keltiruvchi resursdir. Bundan tashqari, yongʻoq yogʻini ishlab chiqarish va qayta ishlash orqali yangi ish o‘rinlari yaratish mumkin.Yongʻoqzorlari tabiatda o‘zining beqiyos ahamiyatiga ega boʻlsa-da, hozirgi kunda inson faoliyati, oʻrmon kesish va iqlim o‘zgarishi kabi omillar tufayli bu oʻrmonlar kamaymoqda. Yongʻoqzorlari va boshqa tabiiy resurslarni muhofaza qilish uchun zaruriy ekologik siyosatlar va tashabbuslar amalga oshirilishi lozim. Yongʻoqzorlari ekologik muvozanatni saqlashda katta rol oʻynaydi, shuning uchun ularning muhofazasi nafaqat iqtisodiy, balki ekologik jihatdan ham zarurdir. Oʻzbekistonning yongʻoqzorlari tabiatda muhim o‘rin egallaydi va mamlakatning iqtisodiy va ekologik barqarorligini taʼminlashda katta 120 ahamiyatga ega. Ular tuproqni mustahkamlash, bioxilma-xillikni saqlash va qishloq xoʻjaligida daromad olishda muhim resursdir. Shu bilan birga, yongʻoqzorlari tabiatda yuz berayotgan iqlim o‘zgarishlari va inson faoliyati taʼsiriga qarshi turish uchun himoya qilinishi zarur. Yongʻoqzorlari va ular bilan bogʻliq tabiiy resurslarni samarali boshqarish, ularning kelajak avlodlar uchun saqlanishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Доказательный фрагмент

«В данном тезисе рассматриваются ореховые леса Узбекистана и их значение для природной среды.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данном тезисе рассматриваются ореховые леса Узбекистана и их значение для природной среды. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muhofaza., tabiiy muhit, suv balansini saqlash, yongʻoqzorlari, togʻ va togʻoldi hududlar, ekologik ahamiyat, biologik xilma-xillik, Oʻzbekiston, tabiiy resurslar, eroziya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники