К содержанию
РецензированоUZ2025

KVARTIRIK DASTURLASH (QUANTUM COMPUTING) AXBOROT XAVFSIZLIGIGA QANDAY TA’SIR QILADI?

XAVFSIZLIGIGAQANDAY TA’SIRQILADI? · SaidrasulovSherzod Norboy o‘g‘li · G‘ulomjonovFayzulloh Salohitdino‘g‘li

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada kvartirik (kvant) dasturlash texnologiyasining axborot xavfsizligiga ta’siri tahlil qilinadi. An’anaviy kriptografik algoritmlar kvant kompyuterlarining yuqori hisoblash quvvatiga bardosh bera olmasligi xavfi mavjud. Shuningdek, maqolada kvant kompyuterlar yordamida ishlatiladigan Shor va Grover algoritmlarining mavjud shifrlash tizimlariga tahdidi va post-kvant kriptografiyaning dolzarbligi yoritiladi. Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun yangi avlod kriptografik metodlar va kvantga chidamli algoritmlarni ishlab chiqishzarurligi asoslab beriladi. Kalit so‘zlar: kvant dasturlash, axborot xavfsizligi, kriptografiya, Shor algoritmi, Grover algoritmi,post-kvant kriptografiya, kvant kompyuter, raqamli xavfsizlik. Har qanday taraqqiy etgan jamiyat hayotida axborotning ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Uzoq o‘tmishdan davlatning harbiy-strategik ahamiyatiga molik bo‘lgan ma’lumotlar qat’iy sir tutilgan va himoyalangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarish texnologiyalariga va mahsulotlarni sotishga tegishli axborottovar ko‘rinishiga ega bo‘lib, ichki va tashqi bozorda unga bo‘lgan talab ortib bormoqda. Axborot texnologiyalari avtomatlashtirish va axborotni muhofaza qilish yo‘nalishlaridamuntazam mukammallashib bormoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining taraqqiyoti sanoat shpionaji, kompyuter jinoyatchiligi, konfedensial ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish kabi salbiy hodisalar bilan birgalikda kuzatilmoqda. Shuning uchun axborotni muhofaza qilish har qanday mamlakatda muhim davlat vazifasi hisoblanadi. O‘zbekistonda axborotni muhofaza qilishning zaruriyati axborotni muhofaza qilishning davlat tizimi yaratilishida va axborot xavfsizligining huquqiy bazasini rivojlantirishda o‘z ifodasini topmoqda. «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida», «Elektron hisoblash mashinalari dasturlari va ma’lumotlar bazalarini huquqiy himoya qilish to‘g‘risida» va boshqa qonunlar hamda bir qator hukumat qarorlari qabul qilindivaamalga tatbiq etildi. Axborotni muhofaza qilish axborotni ixtiyoriy ko‘rinishda yo‘qotishda (o‘g‘irlash, buzish, 216 qalbakilashtirish) ko‘riladigan zararning oldini olishni ta’minlashi lozim. Axborotni muhofaza qilish choralari axborot xavfsizligiga oid amaldagi qonun va me’yoriy hujjatlar asosida va axborotdan foydalanuvchilarning manfaatlariga ko‘ra tashkil etilishi zarur. Yuqori darajada Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. axborotni muhofaza qilishni kafolatlash uchun muntazam ravishda murakkab ilmiy-texnik vazifalarni hal etish vahimoya vositalarini takomillashtirishtalab etiladi. So‘nggi yillarda texnologiya jadal rivojlanmoqda va uning eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biri bu- kvant hisoblash (kvant computing) texnologiyasidir. Kvant kompyuterlari klassik kompyuterlarga nisbatan ma’lumotlarni qayta ishlashda juda yuqori tezlikka ega. Bu esa bir tomondan ilm-fan va texnika rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatsa, boshqa tomondan axborot xavfsizligi sohasida yangi tahdidlarni keltirib chiqarmoqda. Ushbu maqolada kvant dasturlashning axborot xavfsizligiga qanday ta’sir qilishi, mavjud kriptografik tizimlar uchun qanday xavf tug‘dirishi vaunga qarshi kurashish yo‘llari tahlil qilinadi. Dasturlash – kompyuterlar va boshqa mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiligayaqinligi tufayli dasturtuzish jarayoni ancha osonkechadi. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi. Yangiliklar haqida Dasturlash – bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamidabajaradi. Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi: masalaning qoʻyilishi; masalaning algoritmik tavsifini tuzish; masalani yuqori darajadagi programma tilida Dasturlash; masalani taxminiymashinatilidaDasturlash; masalani mashinatilidaDasturlash Das

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada kvartirik (kvant) dasturlash texnologiyasining axborot xavfsizligiga ta’siri tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada kvartirik (kvant) dasturlash texnologiyasining axborot xavfsizligiga ta’siri tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli xavfsizlik., kriptografiya, axborot xavfsizligi, kvant dasturlash, Shor algoritmi, kvant kompyuter, Grover algoritmi, post-kvant kriptografiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники