К содержанию
РецензированоUZ2025

ARTTERAPIYADAN FOYDALANIB TALABALARDAGI RUHIY ZO‘RIQISHLARNI BARTARAF ETISH USULLARI

ZokirovDiyorbek Shokiro‘g‘li

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Ushbu maqola artterapiyadan foydalanib talabalarda kuzatiladigan ruhiy zo‘riqishlar, stressli holatlar va ruhiy muammolarni bartaraf etish, shu jumladan kundalik hayotda duch keladigan stress omillari, o‘qish bosimi, ijtimoiy moslashuv qiyinchiliklari va shaxsiy muammolarni bartaraf etish, artterapiyaning ijodiy va terapivtik kuchidan foydalaninb, talabalar ruhiy holatini tiklash va psixologik yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ochib berishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: Stress, ruhiy zo‘riqish, o‘z o‘zini anglash, ruhiy salomatlik, san’at terapiyasi, talaba. Annotation: This article focuses on the use of art therapy to address psychological tension, stressful situations, and mental problems observed among students. It aims to alleviate stress factors encountered in daily life, such as academic preyesure, difficulities in social adaptation, and personal challenges. By utilizing the creative and theraeutic potential of art therapy, the article explores opportunities for restoring students’ mental well-being and providing psychological support. Keywords:Stress, psychological tension,self-awareness, mental health, art-therapy, student. Kirish: Bugungi kundagi fan va texnologiyalarnig rivojlanishi, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohadagi o`zgarishlar, qolaversa axborot almashinuvlaring kuchayishi bugungi kunda barcha yo`nalishlarda ulkan o`zgarishlar yasamoqda. Bu esa o`z navbatida inson fe`l atvoriga ham o`z ta`sirini o`tkazmoqda. Buni xattoki zamonaviy oliy ta`lim muassassalari talabalarining fe`l atvori, dunyoqarashidagi beqarorligida ham kuzatish mumkin. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, zamonaviy jamiyatda talabalar o‘rtasida ruhiy zo‘riqish va stress holatlari kundan-kunga ko`proq kuzatilmoqda. Ta`lim jarayonidagi yuqori talablar, imtihon va reyting tizimining bosimi, o‘zaro raqobat va kelajakda muvaffaqiyatga erishish istagi ko‘plab yoshlarni psixologik zo‘riqishga olib keladi. Bundan tashqari, ijtimoiy moslashuv, shaxsiy muammolar va oilaviy muhit ham talabarning ruhiy barqarorligiga salbiy ta’sir qiladi. Shunday tez o‘zgaruvchan sharoitda, talaba- yoshlardagi ruhiy holatni boshqarishning samarali usullarini topish dolzarb masalaga aylanmoqda. Shu jihatdan, artterapiya - san’at vositasida shaxsning ruhiy holatini yaxshilash va ichkimuvozanatini tiklash usullari sifatidakattaahamiyat kasbetadi. 277 Hozirgi globallashuv zamonida yangi texnologiyalar, turli xil mobil telefon apparatlari, turli ijtimoiy tarmoq oqimlari bir tomondan kishining og‘irini yengil qilayotgan bo‘lsa, yana boshqa tomondan har xil stress, ruhiy zo‘riqish va hakozo salbiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Bu Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. xaqda X.E. Sultanov va boshqa mualliflar shunday deydi: “Globallashuv jarayoni va innovatsiyalar, texnologiyalar asri bolalar ta’lim-tarbiyasiga bir tomonlama ijobiy ta’sirko‘rsatsa, ikkinchi tomondan axborot almashinuvining yuksak sur’atlarda jadallashishi natijasida farzandlarimiz internet va kompyuter o‘yinlariga qaram bo‘lib qolishi, virtual aloqaga o‘rganib qolishigasabab bo‘lmoqda”1 Artterapiya o`tgan asirdan boshlab insonning ijodiy faolligi orqali ruhiyatini davolash vositasi sifatida tan olingan. Bu yondashuv nafaqat stressni kamaytirish, balki shaxsning hayotda o`zligini topish va his-tuyg‘ularini ifoda etish imkoniyatini beradi. Talabalar uchun esa bu usul mavjud muammolarning yechimi faqatgina ularning o‘zigagina tegishli ekanligini tushunib yetishi o‘ziga xos terapevtik vosita sifatida muhimdir. San’at orqali ular o‘z muammolarini ong osti darajasida qayta ko‘rib chiqishi, hissiy tanglikdan xalos bo‘lishi va o‘ziga ishonchni mustahkamlashimumkin. Asosiy qisim: Artterapiya faqatgina davolovchi vosita emas, balki o‘z-o‘zini anglash, shaxsiy imkoniyatlarni kashf etish va psixologik barqarorlikni mustahkamlash uchun ijodiy platforma sifatida talabalarning hayotiga ijobiy o‘zgarishlar kiritadi. Bu haqda D.Sh.Zokirov va X.E.Sultonov kabi mualliflar shunday yozadi: “ Art-terapiya nafaqat talabalar ruhiy salomatligini yaxshilaydi, balki ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ham yordam beradi. Bu usul orqali talabalar o`zlarini anglab, hayotga nisbatan ijobiy munosabatini shakillantiradilar.”2 Zero san’at insonning ichki dunyosini ochibberuvchi sehrli kalitdir! Zamonaviy dunyoda kelajak yaratuvchilari sifatida talabalarning ruhiy salomatligi muhim ijtimoiy muammo hisoblanadi. O‘quv jarayoni, yuqori talablar va ijtimoiy bosim ko‘plab yoshlarda stress, xavotir va boshqa ruhiy zo‘riqish holatlarini keltirib chiqaradi. Bunday holatlarni boshqarish uchun san’at orqali davolash - artterapiya usuli samarali yechim sifatida e’tirof etilgan. Ushbu usul insonning hissiy holatini yaxshilash, ichki muvozanatni tiklash va o‘zini ifodaetish qobiliyatini rivojlantirish imkonini

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola artterapiyadan foydalanib talabalarda kuzatiladigan ruhiy zo‘riqishlar, stressli holatlar va ruhiy muammolarni bartaraf etish, shu jumladan kundalik hayotda duch keladigan stress omillari, o‘qish bosimi,…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola artterapiyadan foydalanib talabalarda kuzatiladigan ruhiy zo‘riqishlar, stressli holatlar va ruhiy muammolarni bartaraf etish, shu jumladan kundalik hayotda duch keladigan stress omillari, o‘qish bosimi,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Stress, psychological tension, self-awareness, mental health, art-therapy, student, ruhiy zo‘riqish, san’at terapiyasi, ruhiy salomatlik, o‘z o‘zini anglash, talaba.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники