Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZAMONASINING ENG KAMTAR VA SODDA SHOIRI MUHAMMAD YUSUF TAVALLUDINING 71 YILLIGIGA BAG’ISHLANADI
TAVALLUDINING YILLIGIGA BAG’ISHLANADI · Ergasheva Dilnura · ЗНАМЕНИТОМУ ПОЭТУСВОЕЙЭПОХИ
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o’zbek she’riyatining yorqin namoyondalaridan biri bo’lgan Muhammad Yusufning ijodi haqida samimiy va haqqoniy tahlil olib borilgan.Maqola,shoirning she’riy merosini o’rganishga bo’lgan shaxsiy yondashuvni va badiiy tafakkurni o’zida mujassam etadi. ЗНАМЕНИТОМУ ПОЭТУСВОЕЙЭПОХИ,МУХАММАДУЮСУФУ, ПОСВЯЩАЕТСЯ71-ЯГОДОВЩИНАЕГОРОЖДЕНИЯ. Аннотатция: В данной статье проводится искренний и обьективный анализ творочества одного из ярких представителей узбекской поезии, Мухаммада Юсуфа.Статья отражает личный подход к изучению поэтического наследия поэта и художественное осмысление его творчества. THE71STANNIVERSARY OFTHE BIRTHOFMUHAMMAD YUSUF, THEMOST HUMBLE ANDSIMPLE POET OF HISERA,IS DEDICATEDTOHIM Annotation:This article presents a sincere and truthful analysis of the works of Muhammad Yusuf,one of the prominent figures of Uzbek poetry.The article reflects a personal approach to exploring the poet’s literary heritage and embodies an artistic interpretation of his creative legacy. Kirish.Inson zoti borki har doim mehr-muhabbatga, nafosatga, ezgulikka tashna bo’lib, insoniy barkamolikka intilib yashaydi.O’zlarining hayot yo’li davomidagi dard-u hasratlarini, orzu- armonlarini, quvonch-u shodliklarini aytishga samimiy bir sirdosh izlaydi.Lekin har doim ham dilkash sirdosh topilavermaydi.Shuning uchun inson qo’shiq eshitadi,she’r mutolaa qiladi,tabiat go’zalliklaridan bahramand bo’lishga ehtiyoj sezadi.Ruhiyatidagi ziddiyatlarning javobini, ko’ngil mulkining allaqanday xilvatlaridagi nozik hislarini ismsiz o’tli tuyg’ularining egizak jihatlarini qidiradi.Hayotda shunday ijodkorlar borki ba’zan ularsiz bu olamning mavjudligini tasavvur qilib bo’lmay qoladi.Ular jisman yo’q bo’lsalarda, tabarruk nomlari abadiyatga yuz tutgan ijodlari bilan yashayveradi.Mana shunday ijodkorlardan biri sevimli shoirimiz MUHAMMADYUSUFdir. Shoir hayot bo’lganida shu kunlarda 71 yoshni qarshilagan bo’lardi.Na ilojki,beshafqat o’lim iste’dodli o’zbek farzandi Muhammad Yusufni 47 yoshida oramizdan olib ketdi.Shoirning maxzun siymosi o’chmas yolqin bo’lib ko’z o’ngimizda gavdalanib qoldi. “Yurakka yoy sanchgan kamon, yuzimizgarang ochgan somon” yanglig’qalbimizdaarmon bo’lib qoldi. 322 Muhammad Yusuf ko’ngil mulkining betakror ijodkori,nazm gulshanining zahmatkash bog’boni, ruhiyat chamanzorining kamtarin kuychisi edi.Shoirning olovnafas she’rlari marhum xonandalar Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. –Oxunjon Madaliyevning yurakni o’rtovchi nolali ovozi bilan, Muxriddin Xoliqovning tiniq suvdek nafis,jarangdor ijrosiorqali har biro’zbek xonadonigamanzurbo’lgan. Shoir ilk to’plami “Tanish teraklar”ni 1985-yilda nashr ettirdi.Birinchi kitobiyoq uni elga tanitdi.To’plamdagi she’rlardan dunyoga kelgan diltortar,ohangrabo qo’shiqlar esa uni mashhur qildi.Iqtidorli shoirning she’rlari samimiyligi ommaning ruhiga yaqin bo’lganligi uchun ham kitobxonning ko’ngil mulkiga aylandi.Uning asarlarida o’zi tug’ilib o’sgan yurt ruhiyati,manzarali yaqqol ko’rinib turadi.Shuning uchun ham u haqida do’stlari hazil-mutoyiba bilan ba’zan “Muhammad Toshkentning ko’p qavatli beton uylariga ot yetaklab kelgan shoir” deyishardi. Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Qovunchi qishlog’ida zahmatkash dehqon oilasida tug’ildi.Uning bolalik chog’lari jonajon qishlog’ida kechdi.Shoir talabalik davrlarida she’r ijod qilar va bu havas uni oliy ma’lumot olgach, Toshkentda qolishga undadi.1978-1980 yillarda Kitobsevarlar Respublika jamiyatida,1980-1986yillarda “Toshkent Oqshomi”gazetasida,1986-1992yillarda G’afur G’ulomnomidagi adabiyot va san’at nashriyotida,1992-1995yillarda ”O’zbekiston Ovozi” gazetasida,O’zbekiston Milliy Axbarot agentligida ishladi.1997-yildan umrining oxirigacha O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. Shoir o’zi tug’ilib o’sgan yurt-Marxamatliklar timsolida mehmondo’st, mehnatsevar, jafokash, samimiy, sodda, or-nomusli o’zbek kishilarining haqiqiyobrazini yaratdi: …Jazirama paxta poykali, marhamatliklarninghaykali. Shoir ijodida munis Ona obrazi alohida o’rin tutadi.”Agar dunyoda ishq-muhabbat bo’lmaganda edi,men ijodimnito’lato’kis faqat onamga bag’ishlagan bo’lardim”-degan edi. …Shoirlikmen uchunaslo orzumas, Shuhamish bo’ldimi yigitboshimga, Jami shoirlarni yig’samarzimas, Onamni sog’inibto’kkanyoshimga. Muhammad Yusuf she’rlari soda,ta’sirchan va ravonligi,samimiy o’tli tuyg’ularga yo’g’rilib yozilgani uchun yurakni to’lqinlantiradi.Uning she’rlarida chuqurdard,shirin iztirob yashaydi. …O’zgalarningnazdida, Shoirnarxi arzondek. 323 Qo’yibbersang boshingdan, Pul sochadixazondek. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, r
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o’zbek she’riyatining yorqin namoyondalaridan biri bo’lgan Muhammad Yusufning ijodi haqida samimiy va haqqoniy tahlil olib borilgan.Maqola,shoirning she’riy merosini o’rganishga bo’lgan shaxsiy yondash…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o’zbek she’riyatining yorqin namoyondalaridan biri bo’lgan Muhammad Yusufning ijodi haqida samimiy va haqqoniy tahlil olib borilgan.Maqola,shoirning she’riy merosini o’rganishga bo’lgan shaxsiy yondash… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026