Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TARMOQ XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH USULI
Kalitso‘zlar: Eavesdropping (Andijon davlat pedagogika instituti, o‘qituvchi)
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Foydalanuvchi maxfiy ma’lumotlaridan xavfsiz foydalanish uchun tashkil qilingan VPN tarmog‘i va autentifikatsiya tizimi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi. Bu xizmatlarni tashkil etishda foydalanilayotgan axborot tizimlarini tashkil etish va foydalanishda tarmoq xavfsizliginita’minlashasosiy ustuvorvazifalardan hisoblanadi. Kalitso‘zlar: Eavesdropping,Denial-of-service,Portscanning,VPN. Mamlakatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlariga kiritilgan kompyuter va axborot texnologiyalari, telekomunikatsiya, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari, Internet xizmatlaridan foydalanish rivojlanmoqda va modernizatsiyalashmoqda. Jamiyatimizning barcha sohalariga kundalik hayotimizga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish istiqboldagi maqsadlarimizga erishishni ta`minlaydi. Har bir soha faoliyatida Internet tarmog‘idan foydalanish ish unumdorligini oshirmoqda. Aynan tarmoqdan foydalangan holda tezkorma’lumot almashish vaqtdan yutish imkonini beradi. Xususan, yurtimizda Elektron hukumat tizimi shakllantirilishi va uning zamirida davlat boshqaruv organlari hamda aholi o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning mustahkamlanishini tashkil etish tarmoqdan foydalangan holda amalga oshadi. Tarmoqdan samarali foydalanish demokratik axborotlashgan jamiyatni shakllantirishni ta`minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha tezkornatijaga ega bo‘linadi. Biroq tarmoqqa noqonuniy kirish, axborotlardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Ish faoliyatini tarmoq bilan bog‘lagan korxona, tashkilotlar hamda davlat idoralari ma’lumot almashish uchun tarmoqqa bog‘lanishidan oldin tarmoq xavfsizligiga jiddiy e’tibor qaratishi kerak. Tarmoq xavfsizligi uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan axborotni ishonchli tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vositalar va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirish orqali amalga oshiriladi. Tarmoq xavsizligini ta’minlash maqsadida qo‘llanilgan vosita xavf-xatarni tezda aniqlashi va unga nisbatan qarshi chora ko‘rishi kerak. Tarmoq xavfsizligiga tahdidlarning ko‘pturlari bor, biroqular birnecha toifalarga bo‘linadi: axborotniuzatish jarayonida hujumqilish orqali, eshitish vao‘zgartirish (Eavesdropping); 375 xizmat ko‘rsatishdan vozkechish; (Denial-of-service); portlarni tekshirish (Port scanning). Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Axborotni uzatish jarayonida, eshitish va o‘zgartirish hujumi bilan telefon aloqa liniyalari, internet orqali tezkor xabar almashish, videokonferensiya va faks jo‘natmalari orqali amalga oshiriladigan axborot almashinuvida foydalanuvchilarga sezdirmagan holatda axborotlarni tinglash, o‘zgartirish hamda to‘sib qo‘yish mumkin. Bir qancha tarmoqni tahlillovchi protokollar orqali bu hujumni amalga oshirish mumkin. Hujumni amalga oshiruvchi dasturiy ta’minotlar orqali CODEC (video yoki ovozli analog signalni raqamli signalga aylantirib berish va aksincha) standartidagi raqamli tovushni osonlik bilan yuqori sifatli, ammo katta hajmni egallaydigan ovozli fayllar (WAV)ga aylantirib beradi. Odatda bu hujumning amalga oshirilish jarayoni foydalanuvchiga umuman sezilmaydi. Tizim ortiqcha zo‘riqishlarsiz va shovqinsiz belgilangan amallarni bajaraveradi. Axborotning o‘g‘irlanishi haqida mutlaqo shubha tug‘ilmaydi. Faqatgina oldindan ushbu tahdid haqida ma’lumotga ega bo‘lgan va yuborilayotgan axborotning o‘z qiymatini saqlab qolishini xohlovchilar maxsus tarmoq xafvsizlik choralarini qo‘llash natijasida himoyalangan tarmoq orqali ma’lumot almashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tarmoq orqali ma’lumot almashish mobaynida yuborilayotgan axborotni eshitish va o‘zgartirishga qarshi bir necha samarali natijaberuvchi texnologiyalar mavjud: IPSec (Internet protocol security) protokoli; VPN(Virtual PrivateNetwork) virtualxususiy tarmoq; IDS (Intrusion Detection System)ruxsatsizkirishlarni aniqlash tizimi. IPSec (Internet protocol security) bu xavfsizlik protokollari hamda shifrlash algoritmlaridan foydalangan holda tarmoq orqali xavfsiz ma’lumot almashish imkonini beradi. Bu maxsus standart orqali tarmoqdagi kompyuterlarning o‘zaro aloqasida dastur va ma’lumotlar hamda qurilmaviy vositalar bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. IPSec protokoli tarmoq orqali uzatilayotgan axborotning sirliligini, ya’ni faqatgina yuboruvchi va qabul qiluvchiga tushunarli bo‘lishini, axborotning sofligini hamda paketlarni autentifikatsiyalashni amalga oshiradi. Zamonaviy axborot texnologiyalarni qo‘llash har bir tashkilotning rivojlanishi uchun zaruriy vositabo‘libqoldi, IPSec protokoli esa aynan quyidagilar uchunsamarali himoyani ta’minlaydi: boshofis va filiallarni global tarmoq bilan bog
Доказательный фрагмент
«Foydalanuvchi maxfiy ma’lumotlaridan xavfsiz foydalanish uchun tashkil qilingan VPN tarmog‘i va autentifikatsiya tizimi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюFoydalanuvchi maxfiy ma’lumotlaridan xavfsiz foydalanish uchun tashkil qilingan VPN tarmog‘i va autentifikatsiya tizimi ishonchli vosita bo‘lib hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Denial-of-service, Eavesdropping, Port scanning, VPN.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026