К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTAB O’QITUVCHISINING O‘Z ILMIY, O‘QUV-USLUBIY SALOHIYATINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK MUAMMOLARI

OSHIRISHNINGPSIXOLOGIK MUAMMOLARI · Umarova Dilnoza Utkurovna

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Maqolada maktab o‘qituvchisining ilmiy va o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari tahlil qilinadi. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi va diagnostik yondashuvlardan foydalanish zarurati asoslanadi. Pedagogning o‘z ustida ishlashga sust munosabatda bo‘lishi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlanadi. Malaka oshirish institutlari va zamonaviy ta’limmetodlarining ahamiyati yoritiladi. O‘qituvchining kasbiy o‘sishi nafaqat uning shaxsiy rivojlanishi, balki ta’lim tizimining umumiy darajasini oshirishga ham xizmat qiladi. O‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashiga turtki beruvchi omillar va ularni rag‘batlantirish choralari muhokama qilinadi. Sharq mutafakkirlarining ilmiy qarashlari asosida pedagogning jamiyatdagi roli mustahkamlanishi zarurligi ko‘rsatiladi. Kalit so’zlar: O’qituvchi, bilimlar, psixologik muammo, qobiliyat, ishchanlik, pedagogik mahorat, uslub,psixologik muhit. Hozirgi jamiyatimizda o‘qituvchining mustaqil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan o‘qituvchilik faoliyatining borgan sari naqadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bukechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual qashshoqlikdan qutqarib qoladi. Psixologik nuqtai-nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o‘qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina muloqotda bo‘lish imkoniyatigaega bo‘lib, ko‘pincha o‘zkasbiga xos qiziqishlarbilangina cheklanib qoladi. Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash tezligiga, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bo‘lgan aniq ma’lumotlar hajmiga, uni bevosita hal qilishdagi bosqichlar soniga natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar miqdori, Shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bog‘liq. Bu o‘rinda A.K. Markova taklif etgan bilimegallash ko‘rsatkichlari ham muhim ahamiyatga molikdir: Bu ko‘rsatkichlar asosida o‘zlashtirishni aniqlash uslubi ishlab chiqilgan bo‘lib, Z.I.Kalmыkova fikricha, uningasosini quyidagi ko‘rsatkichlar tashkil etadi: 422 -Diagnostik kompleks amalga oshirilib, u“analitik”emas balki “sintetik”yo‘lga suyanishi lozim; Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. - Diagnostika uslublari tabiiy o‘qitish tajribalarida qo‘llanilayotgan o‘quv materiallariga tayanishi, ijobiy xususiyatlari laboratoriya tajribalari qat’iy bog‘lanishi lozim, ayniqsa, sinov natijalarini qayd qilishda, miqdor va sifat tahlillarini jarayon vaqtida belgilab borishda, echilish usullariva ko‘rsatilayotgan yordamni yozib borishdaqat’iy aniqliktalab qilinadi; - Muammoli o‘quv jarayonida iloji boricha qolgan barcha shartlar tenglashtirilgan holatda ta’lim diagnostika qilinadi; -Diagnostik tajribavaqti uni qayd qilishtalab qilinganda chegaralanmasligi lozim; - Individual va jamoaviy diagnostik jarayonlarni birgalikda ko‘rib chiqish ta’lim jarayonini to‘liq vaaniq ko‘rsatib bera oladi. O‘qituvchining mustaqil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosdadoimo yangilab borishi tushuniladi. Odatda aksariyat o‘qituvchilar mustaqil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘qituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘qituvchilarni qanday o‘qitib va qanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tariqasida, fanning oxirgi yutuqlari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllanaboradi. Shu bilan birga yaqqol ko‘zga tashlanib turgan ayrim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘qituvchilar ommasining ma’lum kismi mustakil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida taraqqiyotdan butunlay ortda qolmokdalar. Bunday o‘qituvchilar o‘sib kelayotgan Yosh avlodningta’limva tarbiya taraqqiyotiga jiddiyzarar keltiradilar. Bu mammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktab o‘qituvchisining ilmiy va o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktab o‘qituvchisining ilmiy va o‘quv-uslubiy salohiyatini oshirishning psixologik muammolari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
O’qituvchi, uslub, pedagogik mahorat, psixologik muhit., bilimlar, ishchanlik, psixologik muammo, qobiliyat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники