К содержанию
РецензированоUZ2025

TABIIY GAZ SIZIB CHIQISHINI BOSHQARISH VA NAZORAT QILISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMI

AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMI · Yunusova Sayyora Toshkenboyevna · To’xtaboyeva Gulbahor Azimboyqizi

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Tabiiy gaz analizatori gaz sizib chiqishining oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xonalardagi gaz konsentratsiyasini kuzatish uchun mo‘ljallangan. Qurilma havoning uzluksiz tahlilini amalga oshiradi, metan (CH4) va boshqa gazlarning ruxsat etilgan chegaraviy konsentratsiyalarini aniqlaydi, shuningdek, sizib chiqish aniqlanganda ijrochi mexanizm yordamida gaz quviridagi ventilni avtomatik ravishda yopadi va is gazidan zaxarlanishini oldini oladi. Maqolada gaz analizatori ishlashining asosiy tamoyillari, uning konstruktiv xususiyatlari vaqo‘llanilishsohalari ko‘rib chiqildi. Kalit so‘zlar: Gaz analizatori, tabiiy gaz, metan (CH4), gaz sizib chiqishi, xavfsizlik, datchik, detektor, havoni nazorat qilish, gaz konsentratsiyasi, signalizatsiya, monitoring. Kirish. Turar-joy va sanoat binolarida tabiiy gazdan foydalanish uning sizib chiqishini nazorat qilishni talab qiladi, chunki gaz yuqori konsentratsiyalarda yonuvchanligi va zaharliligi tufayli potentsial xavf tug‘diradi. Zamonaviy gaz analizatorlari gazni avtomatik aniqlashni ta’minlaydi, bu esa portlash yoki zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Yarimo‘tkazgichli, katalizatorli va infraqizil datchiklar kabi zamonaviy datchiklar texnologiyalarning joriy etilishi ushbu qurilmalarning aniqligi va ishonchliligini sezilarli darajada oshirdi [1]. Ushbu ishda gaz datchiklari ishlashining asosiy jihatlari, ularning turlari va tanlash mezonlari ko‘rib chiqiladi. Tabiiy gaz datchiklari turar-joy va sanoat binolarining xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Ular gaz sizib chiqishini tezda aniqlash va favqulodda vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Zamonaviy gaz datchiklari yuqori aniqligi, ishonchliligi va avtomatik nazorat tizimlariga integratsiya qilish imkoniyati bilan ajralib turadi [2]. Ushbu maqolada gaz datchiklarining asosiy ishlash tamoyillari, ularni kalibrlash vaishlatish usullari ko‘rib chiqiladi. Muammoli vaziyat. Tadqiqotning asosiy vazifalari: 1. Tabiiy gazni aniqlashning zamonaviy texnologiyalari tahlili. 2. Gaz analizatorlarining sezgirlik va aniqlik parametrlarini aniqlash. 3. Turli kalibrlash usullarining samaradorligini baholash. 4. Gaz analizatorlarini turli xonalarda qo‘llash bo‘yichatavsiyalar ishlab chiqish. Muammoni yechimi. Tabiiy gazni detektorlash texnologiyalari tahlili. Zamonaviy gaz datchiklari detektorlashning turli prinsiplaridan foydalanadi: infraqizil, elektrokimyoviy va yarimo‘tkazgichli. Ularning har biri ekspluatatsiya sharoitlari va o‘lchash aniqligiga qo‘yiladigan talablarga bog‘liq bo‘lgan o‘z afzalliklari va cheklanishlariga ega. Gaz datchiklarining sezgirligi u ishlay oladigan gazning minimal konsentratsiyasi bilan belgilanadi [3]. Aniqlikni oshirish uchun harorat kompensatsiyasi tizimlari, signallarga raqamli ishlov berish va datchiklarning o‘z- 425 o‘zini diagnostika qilish qo‘llaniladi. Kalibrlash etalon gaz aralashmalari yordamida amalga oshiriladi. Asosiy usullarga dasturiy ta’minot bilan avtomatik kalibrlash va sinov gazlaridan foydalangan holda qo‘lda sozlash kiradi. Gaz analizatorini tanlash ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liq. Turar-joy binolarida vizual va ovozli signalizatsiya qurilmalari, sanoat binolarida esa Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. avtomatik xavfsizlik tizimlariga integratsiyalashgan tizimlar afzal ko‘riladi. MQ-5 gaz datchigi uy sharoitida va korxonalarda gaz sizib chiqishini ijrochi mexanizm yordamida gaz quviridagi ventilni avtomatik ravishda yopadi va is gazidan zaxarlanishini oldini oladi [4]. Tabiiy gaz, propan, izobutan gazini aniqlash uchun ishlatilishi mumkin. Datchik analog chiqishga ega bo‘lib, undagi kuchlanish ko‘rsatilgan gazlarning havodagi aralashmalari konsentratsiyasiga bog‘liq holda o‘zgaradi. Arduino, AVR, PIC, ARM va boshqa mikrokontrollerlar asosidagi sxemalarda ishlatilishimumkin (1-rasm). Modulningkontaktlari: VCC-"+" musbat zaryad GND-"-" manfiy zaryad DO- raqamlichiqish. AO- analog chiqish. 1-rasm. Gaz datchigi MQ-5. MQ-5 - bu tabiiy gaz, suyultirilgan gaz (LPG) va metan (CH4) ni aniqlash uchun mo‘ljallangan yuqori sezgir gaz datchigi. U Arduino, ESP8266, ESP32 asosidagi loyihalarda, shuningdek, avtomatlashtirish vagaz sizib chiqishini kuzatish tizimlarida qo‘llaniladi [5]. MQ-5 datchigi aqlli uyqurilmalari, sanoat tizimlari vaboshqa loyihalariga osongina integratsiyalashadi (2-rasm). 2-rasm. MQ-5 gaz datchigini Arduino bilan ulash sxemasi MQ-5 gaz datchigining asosiy xususiyatlari: Aniqlanadigan tabiiy gaz, suyultirilgan gaz (LPG) va metan. Konsentratsiya diapazoni 200 ppm dan 10 000 ppm gacha, bu esa gazning past va 426 yuqori konsentratsiyalarini qayd etish imkonini beradi [6]. Ta’minot kuchlanishi 5 V, bu modulni aksariyat mikrokontroller platformalari bilan moslashtiradi. Chiqish signali

Доказательный фрагмент

«Tabiiy gaz analizatori gaz sizib chiqishining oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xonalardagi gaz konsentratsiyasini kuzatish uchun mo‘ljallangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tabiiy gaz analizatori gaz sizib chiqishining oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida xonalardagi gaz konsentratsiyasini kuzatish uchun mo‘ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Gaz analizatori, gaz konsentratsiyasi, tabiiy gaz, xavfsizlik, datchik, detektor, metan (CH4), signalizatsiya, gaz sizib chiqishi, monitoring., havoni nazorat qilish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники