К содержанию
РецензированоUZ2025

ERKIN VOHIDOV SHE’RIYATIDA TASHBEH SAN’ATI TALQINI

Fayizova Zargul Baxtiyor qizi · Ilmiyrahbar:Ortiqova Hamida Maxmud qizi

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Bu maqolada Erkin Vohidovning she’riy asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ijodkor she’rlarida ishlatilgan o‘xshatish (tahsbeh)lar, undagi muallif individual uslubi xususiyatlari, o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangiligi o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: tasviriy vositalar, tashbeh, mushabbah, mushabbahun bih, afti tashbeh, vajhi tashbeh, ko’chim. O‘zbek she’riyati deganda bir necha shoirlar bilan birga Erkin Vohidov ham ko‘z oldimizga keladi. Biz Erkin Vohidovni nafaqat shoir, dramaturg, tarjimon, jamoat arbobi sifatida ham yaxshi taniymiz. Shoir asarlari shunchalar ta’sirli va haqqoniyki, uni o‘qigan kitobxon o‘ziga albatta, ma’naviy ozuqa oladi. Shior sarlaridan hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Qisqacha qilib aytganda, shoir asarlari insonlarni komillikka chorlaydi. Erkin Vohidov she’riyati o‘ziga xos ohangi, jozibasi bilan ajralib turadi. Ularda samimiyat, pok sevgi, insonning ruhiy holatlari, xayoliyot, orzu, yoshlik, do‘stlik va shu kabi kundalik hayotdagi holat va kechinmalar aks etadi. Shoir bunday she’rlarni yozishda she’riy san’at turlaridan foydalanadi. Nutqning tasviriyligi, ifodaviyligi va ta’sirchanligini ta’minlashga ko‘maklashadigan vositalardan muhimi so‘zlarning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi hisoblanadi. So‘zlarni ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, ya’ni turli ma’no ko‘chimlari nutqqa yoqimlilik, go‘zallik, ulug‘vorlik baxsh etadi. So‘z ma’nolarini taraqqiyot usullari tilshunoslikda metonimiya, metafora, sinekdoxa o‘laroq tafovutlanadi. Bu kabi usullar, shuningdek, ko‘chimlar yoki troplar nomibilan umumiylashtiriladi. Tasviriy vositalar orasidagi o‘xshatish san’atiga shoirlarimiz ko‘p murojaat qiladi. Mumtoz adabiyotimizga tashbeh deb yurutiladigan bu san’atning tashbehi sapeh (ochiq o‘xshatish), tashbehi mashrut (shartli o‘xshatish), tashbehi tafsil (chekinish yo‘li bilan o‘xshatish), tashbehi aks (teskari o‘xshatish), tashbehi muzmar (yashiringan o‘xshatish), tashbehi tasviya (barobar o‘xshatish), tashbehi musalsal (ketma-ket o‘xshatish), tashbehi kinoya (kinoya yo‘li bilan o‘xshatish), tashbehi mu’kad (ta’kidbilan o‘xshatish)kabi birnecha xil ko‘rinishlari mavjud. 461 O‘xshatish yoki tashbeh san’ati ikki narsa yoki voqea-hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanib, ularning biri orqali ikkinchisining belgisini, mohiyatini to‘laroq, aniqroq, bo‘rttiribroq ko‘rsatib berishdir. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. O‘xshatish san’ati eng qadimgi tasviriy vositalardan bo‘lishi bilan birga, eng sodda va ko‘p qo‘llaniladigan hodisa hamdir. Ayni paytda, bir shoir yoki yozuvchi asarlari tilida, masalan, Erkin Vohidov she’rlarida ishlatilgan o‘xshatishlar, undagi muallif individual uslubi xususiyatlari, o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangiligi, ijodining dastlabki va keyingi davrlarda o‘xshatishlardan foydalanish masalalari, muayyan shoir yoki yozuvchining o‘xshatishdan foydalanishdagi uslubi kabi muammolaro‘zbek tilshunosligida o‘z tadqiqinikutmoqda. O‘xshatish asosan nutqiy hodisadir. Chunki bir o‘rinda ma’lum predmet biror predmetga o‘xshatilsa, xuddi shu predmet boshqa o‘rinda ikkinchi narsaga o‘xshatiladi. Shu bilan berga, ta`kidlash joizki, ayrim shablonga aylangan o‘xshatishlar, masalan, qizning gulga, yuzning oyga, qoshning hilolga, kiprikning o‘qqa, qoshning kamonga o‘xshatilishi kabilar emotsionallik, tasviriylik baxsh etish xususiyatini yo‘qotgan. Bunday o‘xshatilishlar o‘quvchini zeriktirib qo‘yadi. Shu bois E.Vohidov ijodida o‘xshatishlarni yangicha usulini uchratish mumkin. Bu esa asarning badiiy qiymatini oshiradi. O‘xshatilish san’atining tarkibi quyidagichadir: 1. Mushabbah (o‘xshatiladigan narsa), 2. Mushabbahun bih(o‘xshatilgan narsa), 3. Afti tashbeh (o‘xshatish)vositalari, 4. Vajhi tashbeh (o‘xshatishsababi). Masalan: Durbo‘libtomgaymi so‘z Kiprikka yosh inmayturib. Bu misoldaso‘z –mushabbah, ya’ni o‘xshatiladigan narsa, dur o‘xshatilgan narsa hisoblanadi. Mazkursan’atda predmet biron –bir narsaga o‘xshatilganda, o‘xshatish obyekti bir leksema bilan ifodalangan tushunchani bildirishimumkin: Men bor, sengabir haqgo‘y – Devona kerak bo‘lsa, Yo‘qman tili qandnodo‘st Parvona kerakbo‘lsa. O‘xshatilishivositalari so‘zbirikmasi shaklidabo‘lishimumkin: Sen,ey umrimnahoridan Aziz-u oshinomenga, 462 Sahar cho‘lponidekjozib Sochibdursan ziyo menga. Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. Shoirbusan’atdabutun birgapni, gapga ham o‘xshatishiniko`rishini mumkin: Qalb buohangr o‘chog‘i, Undaso‘zso‘zonadir, Qayda keskir bo‘ldi shamshir, o‘tga solinmayturib. O‘xshatish -dek, -day shakllari orqali ham ifodalanishi mumkin:

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada Erkin Vohidovning she’riy asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ijodkor she’rlarida ishlatilgan o‘xshatish (tahsbeh)lar, undagi muallif individual uslubi xususiyatlari, o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangil…»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada Erkin Vohidovning she’riy asarlari tahlilga tortilgan bo‘lib, ijodkor she’rlarida ishlatilgan o‘xshatish (tahsbeh)lar, undagi muallif individual uslubi xususiyatlari, o‘xshatishlarni ishlatilishdagi yangil… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tasviriy vositalar, vajhi tashbeh, ko’chim., mushabbah, tashbeh, afti tashbeh, mushabbahun bih
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники