Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KITOBXONLIK - BUYUK KELAJAK KAFOLATI
Latipova Shahriniso To’raqulovna
Научный информационный бюллетень · 7 · 57-60 · 2025
Аннотация
В современном мире основой развития являются знания и мысль. В этой связи книга является одним из важнейших достижений человеческой культуры, фундаментом развития нации. Основой каждого развитого общества является любовь широких масс к книге, деятельность, направленная на повышение интеллектуального потенциала. Благородная идея о том, что «книга — источник духовности, книга — источник мысли», стала актуальной реальностью сегодня. Особенно в эпоху глобализации и цифровой революции развитие культуры чтения — залог великого будущего. В данной статье освещаются роль и значение чтения в обществе в обеспечении великого и славного будущего. Ключевые слова: Книга,духовность,мысль,общество,знание,культура чтения. Kirish. Yangi O‘zbekistonda ham yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashda, ijtimoiy-ma’naviy muhitni yuksaltirishda kitobxonlik madaniyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi davlat siyosati, Prezident farmon va qarorlari, kitobxonlikni targ‘ib qilishga qaratilgan ko‘plab dasturlar bu mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada kitobxonlikning shaxs, jamiyat va davlat taraqqiyotidagi o‘rni, uni targ‘ib qilishning samarali yo‘llari, mavjud muammo va 490 yechimlarilmiy-nazariy jihatdan yoritiladi. Asosiy qism. Kitob inson tafakkurining eng yuksak mahsulidir. U nafaqat axborot, balki ma’naviy qadriyat, estetik tuyg‘ular, milliy o‘zlikni anglash va tarixiy xotirani uzviy saqlovchi Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. vosita sifatida qaraladi. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Ulug‘bek kabi mutafakkirlar asarlari nafaqat o‘z davri, balki butunbashariyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Zamonaviy insonda tanqidiy tafakkur, ijodiy fikrlash, axloqiy yetuklikni shakllantirishda kitobning ahamiyati beqiyosdir. Bugungi yoshlar uchun raqamli axborot oqimi fonida bu rol yanada muhim tus olmoqda. Kitob orqali inson o‘z hayotini, dunyoqarashini, qadriyatlarini anglaydi va rivojlantiradi. Ayniqsa, o‘zbek adabiyoti durdonalari – Alisher Navoiy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek, G‘afur G‘ulom, Abdulla Oripov kabi ijodkorlarning asarlari yoshlardavatanparvarlik, iymon-e’tiqod, jasorat va mehnatsevarlik tuyg‘ularini mustahkamlaydi. Jamiyatda kitobxonlik madaniyati qancha yuqori bo‘lsa, ma’naviyat darajasi shuncha yuksak bo‘ladi. Kitobxonlik faqat bilimolish vositasi emas, balki ijtimoiy ongni shakllantirish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash omilidir. Aynan shuning uchun rivojlangan davlatlarda (Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Shvetsiya) kitobxonlik madaniyati maktabgacha yoshdan boshlab tarbiyalanadi. O‘zbekistonda ham maktab, litsey va kollejlar, oliy ta’lim muassasalari, kutubxonalar orqali kitobxonliknikeng yoyish ishlariamalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini yanada rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori bu borada muhim qadam bo‘ldi. Bundan tashqari, “Kitobxonlik haftaligi”, “Eng yaxshi kitobxon” kabi tadbirlar orqaliyoshlar o‘rtasida kitobo‘qishga qiziqishortmoqda. Axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda kitobxonlik tushunchasi ham o‘zgarib, yangi format va imkoniyatlarni o‘z ichiga olmoqda. Elektron kitoblar, audiokitoblar, onlayn kutubxonalar kitobga bo‘lgan qiziqishni boshqa bosqichga olib chiqmoqda. Bu esa yangi avlodningkitobga bo‘lgan munosabatini shakllantirishdamuhimrol o‘ynaydi. Ammo bu bilan birga, raqamli texnologiyalar noto‘g‘ri foydalanilganda diqqatni chalg‘itish, yuzaki o‘qish, fikrni chuqur tahlil qilmaslikka olib kelishi mumkin. Shu bois, zamonaviy texnologiyalarni kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishda vosita sifatida to‘g‘ri yo‘naltirish zarur. Kitobxonliknirivojlantirishdaquyidagistrategik yo‘nalishlardolzarb hisoblanadi: Oilada kitobxonlik an’analarini shakllantirish: Bolalikdan boshlab ota-ona o‘rnak bo‘lishi orqali farzandlarda kitobga mehr uyg‘otish; Maktablarda ijodiy o‘qish madaniyatini rivojlantirish: Darsliklar bilan birga badiiy adabiyotlar, motivatsionasarlarni o‘qitish,muhokamalar tashkil etish. Kutubxonalarni modernizatsiya qilish: Kutubxonalarni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, elektron bazayaratish. Kitob nashriyotlariga qo‘llab-quvvatlov: Mahalliy va xorijiy adabiyotlarni keng tarqatishgayordam berish. Yosh ijodkor va mualliflarni rag‘batlantirish: Yangi asarlarning yaratilishini qo‘llab- quvvatlash orqali adabiyot rivojigahissaqo‘shish. Xulosa. Kitobxonlik – bu nafaqat madaniy, balki siyosiy va strategik ahamiyatga ega jarayondir. U har bir insonning fikrlash darajasini, ijtimoiy faolligini, ma’naviy salohiyatini oshiradi. Bugungi kunda jamiyatning har bir a’zosi – o‘qituvchi, ota-ona, siyosatchi, jurnalist, ijodkor – kitobxonlikni targ‘ib etishda o‘z hissasini qo‘shishi zarur. Chunki bil
Доказательный фрагмент
«В современном мире основой развития являются знания и мысль.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ современном мире основой развития являются знания и мысль. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Book, spirituality, thought, society, knowledge, reading culture, tafakkur, Kitob, bilim, ma’naviyat, jamiyat, kitobxonlik madaniyati
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025