К содержанию
РецензированоRU2025

ESHITISHDA NUQSONI BO‘LGAN O’QUVCHILARNI IJTIMOIY HAYOTGA MOSLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Saidakbarova Gulnora Botirovna

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы социальной адаптации учащихся с нарушением слуха. Проанализированы педагогические, психологические и информационно-коммуникационные технологии, применяемые в условиях инклюзивного образования. Особое внимание уделяется методам и передовому опыту, направленным на успешную интеграциютакихдетей вобщество. Ключевые слова: нарушение слуха, социальная адаптация, инклюзивное образование, технологии,специальная педагогика. Annotation: This article discusses the issues of social adaptation of students with hearing impairments. It analyzes pedagogical, psychological, and information-communication technologies applied in inclusive education settings. Special attention is given to practical methods and advanced practices that enhance the successful integration of such children into society. Keywords: hearing impairment, social adaptation, inclusive education, technology, special pedagogy. Kirish qismi: Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida ta’lim tizimi doimiy rivojlanib bormoqda. Har bir bola, ayniqsa, nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning ijtimoiy hayotga to‘laqonli integratsiyasini ta’minlash – zamonaviy ta’limning asosiy maqsadlaridan biriga aylangan. Shu jumladan, eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda alohida yondashuv va zamonaviy texnologiyalardan 574 foydalanish talab etiladi. Eshitishida nuqson bo‘lgan bolalar axborotni qabul qilish, nutqni rivojlantirish va ijtimoiy muloqotda qatnashishda ma’lum darajada qiyinchiliklarga duch keladilar. Bu esa ularning nafaqat ta’lim olish jarayoniga, balki jamiyatda faol ishtirok etishiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, bunday o‘quvchilar uchun yaratiladigan ta’lim muhitining Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. qulayligi, maxsus pedagogik va psixologik yordam ko‘rsatish tizimi muhim omil sanaladi. Bugungi kunda inkluziv ta’lim konsepsiyasi asosida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashning turli shakl va metodlari taklif etilmoqda. Axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish, interaktiv o‘quv dasturlarining joriy etilishi, individual ta’lim yo‘nalishlarining ishlab chiqilishi va maxsus pedagoglar hamkorligida olib borilayotgan ishlar — bu yo‘nalishdagi yutuqlarning muhim ko‘rsatkichlaridir. Mazkur maqolada eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, bu jarayonda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar va metodlarning samaradorligi tahlil qilinadi. Shu bilan birga, pedagogik amaliyotda duch kelinayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Asosiy qism: Eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning ijtimoiy hayotga moslashuvi – ta’lim va tarbiya jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bunday o‘quvchilar nafaqat axborotni to‘g‘ri qabul qilishda, balki atrof-muhit bilan muloqotda, emotsional holatni boshqarishda va o‘zini jamiyatda tutishda ham ma’lum muammolarga duch keladilar. Shu sababli, ularga ta’lim berish jarayonida nafaqat didaktik yondashuv, balki pedagogik-psixologik yordam, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ham zarur. Inkluziv ta’lim texnologiyalari: O‘zbekiston Respublikasi ta’lim siyosatida inkluziv ta’lim konsepsiyasiga alohida e’tibor qaratilgan. Bu yondashuv asosida nogironligi bo‘lgan bolalar salomat bolalar bilan birgalikda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Inkluziv muhit yaratishda maxsus pedagoglar, surdopedagoglar, logopedlar hamdapsixologlar ishtiroki muhimsanaladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish: Multimedia resurslari, mobil ilovalar, virtual platformalar va interaktiv darsliklar orqali eshitishda nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar uchun individual yondashuvni ta’minlash mumkin. Vizual materiallar, audiovizual moslamalar, ekran orqali yozuvli ifodalar–bularning barchasi bilimlarni samarali o‘zlashtirishga xizmat qiladi. Maxsus metodik yondashuvlar: Surdopedagogika fanida eshitishida nuqson bo‘lgan bolalar bilan ishlash uchun maxsus metodikalar ishlab chiqilgan: dactil nutq (barmoqlar yordamida), mimika va pantomima, yozma muloqot, nutq apparatini stimullovchi mashqlar va boshqalar. Bu uslublar bolaningkommunikativ faoliyatini kuchaytiradi. Ijtimoiy-psixologik moslashtirish: Bunday o‘quvchilarning psixologik moslashuvi ularning oilasi, o‘qituvchilari va tengdoshlariga ham bog‘liq. Do‘stona, quvnoq va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish orqali bola o‘zini ishonchli his qiladi, ijtimoiy faol bo‘lishga intiladi. Psixologik treninglar, rolli o‘yinlar, teatr terapiyasi kabi uslublarbujarayonda judasamarali hisoblanadi. Hamkorlik va integratsiya: Oila – maktab – jamiyat uchligi bu jarayonda asosiy rolni o‘ynaydi. Har tomonlama rivojlangan bola tarbiyasi uchun barcha ishtirokchilar bir yo‘nalishda harakat qilishi kerak. O‘quvchilarning turli

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются вопросы социальной адаптации учащихся с нарушением слуха.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются вопросы социальной адаптации учащихся с нарушением слуха. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
hearing impairment, social adaptation, inclusive education, technology, special, maxsus pedagogika., ijtimoiy moslashuv, eshitishda nuqson, texnologiya, inkluziv ta’lim
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники