Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’SMIRLIK DAVRIDAGI HISSIY-EMOTSIONAL HOLATLAR VA ULARNI BOSHQARISHNING PSIXOLOGIK TALQINI
BOSHQARISHNINGPSIXOLOGIK TALQINI · Xo'jamova NurshodaBaxodir qizi
Научный информационный бюллетень · 7 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar, ularning psixologik xususiyatlari hamda bu holatlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. O‘smirlik — inson psixikasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ladigan, shaxs shakllanishining muhim bosqichi sifatida e’tirof etiladi. Maqolada ayni davrda uchraydigan stress, xavotir, g‘azab, tushkunlik, o‘zini qadrlash muammolari singari emotsional holatlarning kelib chiqish sabablari va ularni yengib o‘tish yo‘llari psixologik nuqtai nazardan yoritilgan. Shuningdek, hissiy barqarorlikni ta’minlashda oilaning, maktab muhitining va psixologik yondashuvlarning o‘rni alohidako‘rsatib o‘tilgan. Kalit so’zlar: o’smirlik davri, muhit, hissiyotlar, emotsional holat, yosh davri muammolari, kechinmalar, tarbiya. O’smirlik yoshida, taxminan 13—14 yoshlarda, bolalarni hissiy-emotsional kechinmalarida katta o’zgarishlar boshlanadi. Shu yoshdagi bolalarda ta’lim ta’siri ostida abstrakt-mantiqiy va tanqidiy tafakkur ancha o’sadi. O’smirlar dunyoqarashqarashlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar bilan qiziqa boshlaydilar. Mana shularing hammasi xilma-xil intellektual va axloqiy hislari o’sishi uchun manba bo’lib qoladi. O’smirlarda xayol kuchli ravishda o’sadi. Hislarning o’zi xayolning o’sishiga yordam beradi va xayolning o’zi ham xilma-xil chuqur emotsional kechinmalarning manbai bo’lib qoladi. Kelajak to’g’risidagi orzular, qahramonlik, romantika shularing hammasi emotsional kechinmalarning manbaidir. Bu yoshda o’z-o’ziga baho berish hissi kuchli ravishda o’sadi. O’smir yoshidagi bolalarning aloqa doirasining kengayishi va ularda ijtimoiy siyosiy masalalarga qiziqish o’sishi tufayli axloqiy hislar o’smirlar hayotida katta o’rin oladigan bo’lib qoladi, ularda vatanparvarlik hissi yorqin namoyon bo’ladi. Shu yoshda organizmda fiziologik o’zgarishlar sodir bo’lishi sababli emotsional qo’zg’alishlaming xarakteridaham o’zgarish ro’yberadi. Hislar kuchli ravishda namoyon bo’laveradi, lekin ko’pincha bu hislar barqaror bo’lmaydi. Boshqa yoshdagi bolalarga qaraganda o’smirlarda injiqlik va arazlash ko’p bo’ladi. O’smirlik davrining xarakterli xususiyatlaridan yana biri - bu davrda o’smirlarda kuzatiladigan o’smirlik avtonomiyasi holatidir. O’smirlik avtonomiyasining xuquqiy avtonomiya, iqtisodiy avtonomiya, emotsional avtonomiya, makoniy avtonomiya kabi turlari farqlanadi. Ma‘lumki, bola dunyoga kelgan boshlab kimningdir qaramog’iga muxtoj bo’ladi. Ota-onasi va boshqa yaqinlari uni oziqlantiradi, kiyintiradi, tarbiyalaydi va uni muntazam nazorat ostida tutadi. Ular bolani xar tomonlama qo’llab-quvvatlashi bois bola bunday e‘tiborga,daldalarga muxtojlik xis etib turadi. O’smirlik davrida esa bola o’z hayotini, xavfsizligini taminlash borasida mustaqillikka erishadi. Endi u o’zini o’zi himoya qila olishi, lozim bo’lsa o’zi o’z imkoniyatlari darajasida mexnat qilib, yetarli darajada daromad qilishi, o’z ehtiyojlarini mustaqil ravishda o’zi qondira olishi mumkin bo’ladi. Yuqorida keltirib o’tilgan xuquqiy avtonomiya ayni vaqtda bola o’smirlik yoshiga 594 yetishi bilan unga qator xuquqiy imkoniyatlar berilishi bilan xarakterlanadi.Bu davrda bola yuridik shaxs hisoblanib, ovoz berish xuquqiga ham ega bo’ladi. Mabodo, bu davrda o’smirning ota-onasi ajralib ketgudek bo’lsa, o’smirning qayerda va kim bilan qolishi uning xohishiga qarab xal etiladi. Shuningdek, bola bu davrda o’z imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiy ravishda Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. jismoniy mexnat bilan shug’ullanishi ham mumkin. Lozim bo’lsa, ulardan uz xatti- xarakati,qiliklari uchun javob berishi ham talab qilinadi. Shu kabi xuquqiy imkoniyatlarga ega bo’lish va bundan o’smirning xabardorligi uning xuquqiy avtonomiyasining yuzaga kelishini ta‘minlaydi. Bunday avtonomiyaga ega bo’lish o’smirda o’z xatti-xarakati uchun javobgarlik, ma‘suliyatlilik xissini yuzaga keltiradi. Iqtisodiy avtonomiya ham ma‘lum darajada xuquqiy avtonomiyaga bog’liq holda yuzaga kelib, bevosita o’smirning o’z moddiy extiyojlarini boshqalar, ota-ona yordamisiz qondira olishi mumkinligi bilan bog’liq. O’smir endi o’z extiyojlarini qondirish uchun ota-onasiga to’la tobe bo’lmaydi. Ayniqsa, xozirgi bozor iqtisodiyotiga o’tish davri bilan bog’liq ravishda o’smirlar o’rtasida tijorat ishlari bilan, turli daromadli ishlar bilan shug’ullanish va ular orqali o’zlarining kundalik extiyojlarini qondira olish, xatto o’z ehtiyojlaridan ortiqroq mablag’ga ega bo’lishi ham mumkin. Bunday holatlar o’smirlarda iqtisodiy avtonomiyaning yuzaga kelishini ta‘minlaydi. O’smirlik avtonomiyalaridan yana biri - emotsional avtonomiyadir. Ma‘lumki, bola dunyoga kelgan ondan boshlab u onasi va atrofdagilarning emotsional, xissiy qo’llab-quvvatlash, mexr-muxabbatini namoyon qilishiga, erkalashiga extiyoj xis qiladi. Shuning
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar, ularning psixologik xususiyatlari hamda bu holatlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan hissiy-emotsional holatlar, ularning psixologik xususiyatlari hamda bu holatlarni boshqarish mexanizmlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- emotsional holat, o’smirlik davri, kechinmalar, tarbiya., muhit, yosh davri muammolari, hissiyotlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025