К содержанию
РецензированоUZ2025

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KREATIV QOBILYATINI RIVOJLANISHDA XALQ PEDAGOGIKASINING OʻRNI

MAKTABGACHAYOSHDAGI BOLALARNINGKREATIV QOBILYATINI · RIVOJLANISHDAXALQ PEDAGOGIKASINING OʻRNI · Payzullayeva OltinoyMadiyor qizi

Научный информационный бюллетень · 7 · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirishda xalq pedagogikasining oʻrni tahlil qilinadi. Xalq ertaklari, maqollar, oʻyinlar, musiqa va hunarmandchilik bolalarning ijodiy tafakkurini shakllantirishga qanday ta’sir etishi ilmiy asosda ochib beriladi. Tadqiqot natijalari xalq pedagogikasi metodlarining bolalar ta’limida qoʻllanilishi muhimekanligini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: Maktabgacha ta’lim, xalq pedagogikasi, kreativ qobiliyat, ijodiy tafakkur, xalq ertaklari, ogʻzaki ijod,milliy oʻyinlar, musiqiy tarbiya, hunarmandchilik. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirishda xalq pedagogikasining oʻrni beqiyosdir. Chunki xalq pedagogikasi bolalarni tabiiy tarbiya muhiti orqali oʻqitish va tarbiyalashga asoslangan boʻlib, ularning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Xalq ogʻzaki ijodi, milliy oʻyinlar, maqollar, ertaklar va qoʻshiqlar bolalar dunyoqarashini kengaytiradi hamda ularda mustaqil fikrlash va ijodiy tafakkur shakllanishiga zaminyaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirish uchun xalq pedagogikasida foydalaniladigan usullar juda xilma-xildir. Jumladan, ertak aytish va ularni sahnalashtirish bolalarni fantaziya qilishga undaydi, xalq qoʻshiqlari va ritmik oʻyinlar esa ularning musiqiy va ritmik sezgirligini oshiradi. Shuningdek, xalq oʻyinlari orqali bolalar oʻz qobiliyatlarini namoyon qilishi va ijtimoiy koʻnikmalarni rivojlantirishi mumkin. Masalan, “Oq terakmi, koʻk terak” kabi oʻyinlar bolalarda tez fikrlash vaijodiy muammolarni hal qilishqobiliyatini shakllantiradi. Xalq pedagogikasining asosiy prinsiplari bolalarni real hayotga tayyorlash, ularni mustaqil qaror qabul qilishga oʻrgatish va hayotiy tajribalar asosida tarbiyalashdan iboratdir. Bu jarayonda kattalar bolalarga nafaqat tayyor bilim berishadi, balki ularga mustaqil oʻrganish va tadqiq qilish imkoniyatini ham yaratishadi. Bu esa bolalarning ijodiy salohiyatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Xalq pedagogikasi bolalarning tabiiy rivojlanishiga mos kelganligi sababli, ularning qiziqishlari va ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim jarayoni tashkil etiladi. Masalan, bolalarga xalq hunarmandchiligi elementlari oʻrgatilsa, bu ularning san’at va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Shu tariqa, xalq pedagogikasining an’anaviy vositalari maktabgacha yoshdagi bolalarning nafaqat kreativ fikrlash qobiliyatini, balki ularda estetik did, hayotiytajriba vamadaniy merosga hurmat kabi fazilatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. 722 Xalq pedagogikasining bolalar kreativ qobiliyatini rivojlantirishdagi oʻrni asosan an’anaviy oʻyinlar, ertaklar, maqollar va qoʻshiqlar orqali namoyon boʻladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar oʻyin orqali oʻz atrof-muhitini oʻrganadi, muammolarni hal qilish yoʻllarini izlaydi va ijodiy Originalarticle ISSN:3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 7,issue1,Aprel 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAKIndex bazalari : research gate, research bib. Qo’shimchaindex bazalari:zenodo,open aire. googlescholar. yondashuv shakllantiradi. Shu nuqtayi nazardan, xalq oʻyinlari bolaning tafakkurini, idrokini va tasavvurini rivojlantirishdamuhimvositaboʻlibxizmat qiladi. Oʻyinlar orqali kreativ qobiliyatni shakllantirishning eng samarali usullaridan biri rolli oʻyinlardir. Masalan, "Boy va kambagʻal", "Zumrad va Qimmat" kabi ertaklarning sahnalashtirilishi bolalarning ijodiy tasavvurini rivojlantiribgina qolmay, balki ularning nutqini, harakatini va hissiy ifodalash qobiliyatini ham oshiradi. Bu jarayonda bolalar oʻzlarining mustaqil fikr yuritishlariga, rollarni ijodkorona talqin qilishlariga va hatto ertak davomida yangi syujet yoʻnalishlariniyaratishga harakat qilishadi. Bundan tashqari, xalq pedagogikasida ogʻzaki ijodning turli shakllari ham bolalar kreativligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ertaklar orqali bolalar hayotiy haqiqatlarni tushunishadi, turli xarakterdagi qahramonlar taqdiri orqali ezgulik va yovuzlik, mehnatsevarlik va dangasalik kabi tushunchalarni anglaydilar. Oʻzbek xalq ertaklari aksariyat hollarda yaxshilikning yomonlik ustidan gʻalaba qozonishini, zukkolik, aql-idrok va mehnatsevarlik insonni muvaffaqiyatga yetaklashini ta’kidlaydi. Bu esa bolalarni ijobiy fazilatlarni shakllantirish bilan birga, ularga ijodiyvamustaqil fikrlash imkoniyatini ham beradi. Xalq maqollari va topishmoqlari bolalarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. "Bilimli bilan tillash, bilimsiz bilan tillashma" kabi maqollar orqali bolalar bilim va tafakkurga bo‘lgan hurmatni o‘rganadilar. Topishmoqlar esa ularning muammolarni hal qilish qobiliyatini oshirib, noan’anaviy fikrlashga undaydi. Misol uchun, "Uzi qizil, ichi sariq, bog‘da yetishar har yil" kabi topishmoqlar bola tafakkurini faol ishlashga majbur qiladi va unga hayotiy kuzatuvchanliknio‘rgatadi. Musiqa va xalq qoʻshiqlari ham bolalar ijodiy qobiliyatini shakllantirishning muhim qismi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirishda xalq pedagogikasining oʻrni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kreativ qobiliyatini rivojlantirishda xalq pedagogikasining oʻrni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Maktabgacha ta’lim, kreativ qobiliyat, xalq pedagogikasi, xalq ertaklari, hunarmandchilik., musiqiy tarbiya, ijodiy tafakkur, ogʻzaki ijod, milliy oʻyinlar
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники